Avesto” ezgulik kitobi
Download 20.81 Kb.
|
Avesto ezgulik kitobi
“Avesto” - ezgulik kitobi. “Avesto” so’zining o’zagi “sto” bo’lib, “o’rnatilgan, muqarrar qilingan qonun – qoidalar, hayotning asosiy yo’riqnomasi demakdir. “Avesto” zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo’lib, otashparas ajdodlarimizning ijtimoiy hayoti, ma’naviy dunyosi haqida ma’lumot beradigan eng ishonchli tarixiy manbadir. Zardushtiylik degan nom dinga nisbatan shartli ravishda o’rta hol dinni uning payg’yambari (Zaratushtra) bilan atashdir. Aslida mazkur din Mazda Yasna deb atalgan, ya’ni “Mutlaq oqil zotga” sig’inish degan ma’noni anglatgan. Ushbu kitob millod. avval. VII – VI asrlarga hozirgi O’zbekistonning Xorazm viloyati hududida yaratilgan. Uning yaxlit kitob sifatida dunyo yuzini ko’rganiga 2700 bo’lgan. “Avesto kitobi Zaratushtra va Axura Mazdaning savol javoblaridan. Kitob 21 qismdan iborat bo’lgan Zamonlar osha ulardan faqat to’rt qismi hozirgacha yetib kelgan. Bular: “Videvdot”, “Yasna”,“Visparat”, “Yasht” qismlari. Turli qismlardan olingan kundalik e’tiqod marosimlari uchun eng zarur duolar to’plami – “Xurdak Avesto” (“Kichik Avesto”) kitobi ham mavjud. Unda “Avesto”ning asosiy qismida saqlanmagan matnlarning parchalari ham bor. Yetib kelgan qismlar orasida “Videvdot” qismi 22 bobdan iborat. Qolgan 3 qismning bir qator bob va bandlari saqlanmagan. “Yasht” qismi “Avesto” kitobining Xudo Axura Mazda va uning o’zi yolg’iz yaratuvchi zot sifatida paydo qilgan ma’bud va ma’budalar sha’niga o’qilgan duo va alqov she’rlardan tashkil topgan. “Yasht”ning o’zi 22 bobdan iborat bo’lgan, shulardan bizgacha 10 bobi yetib kelgan. Tarixchi mas’udiyning yozishicha, eronpodshosi Doro ibn Doro xazinasida “Avesto” ning 12 ming oshlangan mol terisiga tilla suvida yozilgan 32 kitobdan iborat nusxasi bo’lgan. Aleksandr Makedonskiy (mill. avv. 334 – 329) Markaziy Osiyoni zabt etgan davrda “Avesto” ning bir qancha bo’limlarini yondirib yubortirgan. Uning tibbiyot, falakiyot, falsafa va adabiyotga doir bo’limlari yunon tiliga tarjima qilingan. XVII asrlarda “Avesto” Yevropa sharqshunos olimlari tomonidan o’rganila boshladi. Oksford universiteti professor Tomas Gand 1700 yilda nashr ettirgan “Qadimgi eronliklar: parfiyan va mideyaliklar dinining tarixi” asarida “Avesto” haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Fransuz sharqshunosi A. Dyuperron 1771 yilda “Avesto”ni fransuz tilidagi tarjimasininashr qiladi. Rus olimi A. O. Маkаvеl’skiy“Avesto” ustida tadqiqotlar olib boradi, 1960 yilda “Avesto”ni ilmiy o’rganish tarixi” monografiyasini nashr ettiradi. “Avesto” kitobi mamlakatimizda mustaqillikdan keyin jiddiy o’rganila boshlandi. O’zR Vazirlar mahkamasi ushbu noyob kitobning xalqimiz va millliy davlatchiligimiz tarixidagi ulkan ahamiyatini hisobga olgan holda, “Avesto” yaratilganligining 2700 yilligini nishonlash to’g’risida 2000 yil 29 mayda 110 sonli qaror qabul qildi. Va bu 2011 yilda keng nishonlandi. tamoyillari bilan yo’g’rilgan ma’naviyati qadimgi davri zardushtiylik ta’limoti negizida rivojlanadi. Mazkur ta’limotning muqaddas kitobi “Avesto”da ilgari surilgan g’oyalar mohiyatan milliy g’oyamizning dastlabki bosqichidagi mazmuni, tamoyillari o’z ifodasini topgan. “Avesto” kitobida Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi davridagi moddiy va ma’naviy hayoti, diniy qarashlari, dastlabki dunyo va unda o’zining o’rni haqidagi tasavvurlari, urf-odatlari haqida ma’lumotlar beradi. Shuningdek qadimgi ajdodlarimizning orzu-istaklari, maqsad va muddaolari ham kitobning asosiy mazmunini tashkil etadi. “Avesto” (“Hayot yo’riqnomasi”) zardushtiylik (otashparastlik) dinining muqaddas kitobidir. Mazkur din mil.avv. XIII-XII asrlarda Markaziy Osiyoda, Amudaryo sohillarida va Marg’iyonada vujudga kelgan yakkaxudolikni targ’ib etgan dindir. “Avesto” bizga eng keyingi rasmiylashtirilgan variantda (340 jildi) ma’lum. Bu davrga kelib undagi ba’zi totemistik va ko’pxudochilik unsurlari boshqacharoq talqin qilinganini va ya’ni ezgulik hudosi- Axuramazda va yovuzlik hudosi Ahriman boshqa hudolar qavmiga kiritilganini ko’ramiz. Zardushtiylikkacha ushbu mintaqada ko’pxudolikka e’tiqod qilish mavjud bo’lganki, bu turli qabilalar o’rtasidagi nizo, qarama-qarshiliklar va buning negizida o’zaro to’qnashuv, urushlar tez-tez sodir bo’lib turgan. Shunga ko’ra bu davrda qabila, elatlar o’rtasida o’zaro hamkorlik, hamjihatlik aloqalarini o’rnatish, barqaror tinchlikka erishish hayotiy ehtiyojga aylangan edi. Mazkur ehtiyojni jumladan ko’p anglab yetgan zardusht bo’ladi. U doimiy bir-biridan xavfsirab yashaydigan urug’-elat, qabilalarni o’zaro birlashtirib, yagona davlatchilikka erishishning asosiy yo’li-bu yakkaxudolikka o’tish ekanligini chuqur anglab yetadi va o’z umrini ana shu g’oyat qiyin ishni ro’yobga chiqarishga bag’ishlaydi va buning uddasidan chiqadi. Manbalarda qayd etilishicha, u ana shu maqsad yo’lida qurbon bo’ladi. Zardushtiylik Markaziy Osiyodan keyinchalik yakkaxudolik dini sifatida boshqa mamlakatlarga, Hindiston, Janubi-G’arbiy Osiyo, xususan Eron, Ozarbayjon, Armanistonga tarqaladi. Taniqli o’zbek olimasi Fozila Sulaymonova zardushtiylikning, shuningdek, Yunonistonda, kichik Osiyo va Ioniya ham keng tarqalganligini ta’kidlaydi va o’zining fikrini yetarli dalillar bilan asoslab beradi. Olimaning ta’kidlashicha, eradan avvalgi VI asrga kelib yunonlar eroniylar bilan yaqindan aloqada bo’la boshlagach, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari dini, Zardusht ta’limoti ioniyalik donishmandlarga o’z ta’sirini o’tkaza boshlagan zardushtiylik dini va uning tarixini jiddiy o’rgangan hamda to’rt tomlik tadqiqot yaratgan ingliz olimasi Meri Boysning aytishicha, “ta’sir faqat bir tomonlama, zardushtiylik tomonidan bo’lgan”. (Fozila Sulaymoova Sharq va G’arb. T., “O’zbekiston”, 1997, 23-bet). Mazkur din, shuningdek, uzoq tarixiy davr mobaynida o’z mavqeyini yo’qotmasdan yashab keladi. Ya’ni eramizdan oldingi VIII asrdan, to Islom dinining Markaziy Osiyo va Janubiy-G’arbiy Osiyo mamlakatlariga kirib kelguncha (eramizdan keyin VIII asr) bo’lgan davrgacha hukmron din mavqeini saqlab keladi. Hindistonning ba’zi hududlarida yashaydigan elatlar hozir ham ana shu dinga e’tiqod qiladilar. Bu o’rinda o’z-o’zidan mantiqiy savol tug’iladi: “Zardushtiylikning ko’plab mamlakatlarga yoyilishi, u yerdagi xalqlarning e’tiqodiga aylanishi va asrlar davomida o’zining mavqeyini yo’qotmasdan yashab kelganligining sababi nimada?” Bu uning asosiy sababi shundaki, zardushtiylikda barcha davrlarda inchinun hozirda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan va hamisha dolzarb bo’lib kelgan ezgulik, yovuzlikni barham toptirish g’oyasi, ma’naviyat ideali ilgari suriladi va g’oya ayni paytda mafkura vazifasini o’taydi. 2. Dunyo olimlarida shuning uchun ham zardushtiylik, uning g’oyalarini o’zida aks ettirgan “Avesto” kitobi katta qiziqish uyg’otgan, va uni o’rganishga kirishadilar. Bu o’rinda akademik S.F. Olberburgning fikrini keltirish mumkin. “Zardushtiylik, -deb yozadi olim,-insonning yer yuzidagi hayotini yengillashtirishga, uni bahtiyor qilishga qaratilgan eng oqilona din”. (Istiboh F.Boynazarovning “O’rta Osiyoning antik davri” nomli kitobi bo’yicha keltiriladi, 202-bet). (“O’qituvchi” 1991). G’arb sharqshunos olimlari XVIII asrlardan boshlab ushbu din, uning muqaddas kitobini o’rganishga kirishadilar. Oksfordlik professor 1700-yilda “Qadimgi eronliklar: parfiyan va mideyaliklar dinining tarixi” asarini nashr ettiradi va bu din haqida qimmatli ma’lumotlarni bayon etadi. Fransiyalik sharqshunos A.Dyuperon 1771- yilda “Avesto”ni tarjimasini nashr qildiradi. Riga universitetining professori Klenker 1778-yolda “Avesto”ni va Dyuperonning u haqda yozgan asarlarini nemis tiliga tarjima qilib, nashr ettiradi. Fransiyalik olim De-Sas 1793- yilda “Avesto”ning tiliga oid kitobini yozib, chop ettiradi. Shundan so’ng “Avesto” tilini o’rganishga oid yangi tadqiqot ishlari boshlanib ketadi. Nemis sharqshunosi E.Raskin 1827-yilda “Zend-Avesto va zend tilining asl nusxasi, uning qadimiyligi” degan asarini chop ettiradi va u o’z kitobida zend tili sanskrit tilidan paydo bo’lmay, balki tovushlarning talaffuzi jihatidan eron tiliga yaqin ekanligini ko’rsatib beradi. XIX asrga kelib zardushtiylik dini “Avesto” dalsafiy jihatdan o’rganila boshlanadi. Nemis faylasufi G.Ritter o’zining “Falsafa tarixi” deb nomlangan 12 jildlik tadqiqotlarining birini “Avesto”ga bag’ishlaydi. U “Avesto”dagi ilgari surilgan g’oyalarga e’tiborini qaratadi va ular o’z mazmuni, mundarijasiga ko’ra oddiy afsona, rivoyatlar emas, balki ular falsafiy mazmunga ega bo’lgan bitiklardir, degan qarashni bildiradi. Zardushtiylik dini “Avesto”ga nemis mumtoz falsafasining yirik namoyandasi Gegel ham o’z vaqtida katta qiziqish bilan qaragan. “Bu din, -deb yozadi faylasuf,-yorug’lik va qorong’ulikka qarshi turadi. Yorug’likning yovuzlik bilan kurashi, hayotning o’lim bilan kurashidir. Zoroastr (zardushtiylikning izoh bizniki) dini rivojlanishini va hayotning barhayot bo’lishi, ekin ekishni, uy hayvonlarini boqishni va yerga qarashni talab qiladi. Bu dinga sig’ingan odam hatto murdani yerga ko’mmay, yoqmay, qushlarga yem bo’lishi uchun tashlashadi”. (Istiboh. F.Boynazarovning yuqorida qayd etilgan kitobi bo’yicha keltirilmoqda, 206-bet.). Nemis sharqshunosi Maks Myuller o’zining 49 tomdan iborat “Sharqning muqaddas kitoblari” (1879-1904) nomli tadqiqotlarida “Avesto”ni hindlarning muqaddas kitobi “Vedalar” bilan qiyoslash asosida talqin qiladi. “Avesto”ni o’rganishning keyingi bosqichi Xristian Bartleme (1855-1926) nomi bilan bog’liqdir. U 1878 yilda “Qadimgi eron lug’ati” nomli kitobini nashr ettiradi va bu kitob “Avesto”ni o’rganishda bu davrda asosiy qo’llanma bo’lib xizmat qiladi. Bartlemening zamondoshi va yurtdoshi faylasuf Fridrix Nitsshe (1844-1900) o’zining “Hayot falsafasi” deb nomlangan qarashlarini bevosita zardushtiylik ta’limoti ta’siri ostida shakllantiradi. Uning mazkur ta’limoti asosida insonning ezgulik yo’lini tutish bilan maxluqlikdan xoliqlik ko’tariladi, ya’ni komillik maqomiga erishadi va bu maqomda u Alo-odamlar sarvariga aylanadi degan g’oya yotadi. Nitsshenning “Zardusht tavallosi” asari ana shu qarash ruhida yozilgan asardir. Nitsshenning tug’ishgan singlisi Elizaveta Fyorster-Nitsshenning yozishicha, akasi Zardushtni bolalik chog’ida tushida korgan. Nitsshen ilk asarlarida yetuk odamni tarbiyalash, buyuk shaxslarni voyaga yetkazish g’oyasini ilgari surgan va keyinchalik bu g’oya uni butunlay band etgan.“Biron bir buyuk odamni yaratish uchun insoniyat tinimsiz mehnat qilishi kerak. Uning vazifasi faqat mana shu, boshqa narsa emas, deb yozgan edi u ilk asarlaridan birida.Zardusht – butun borliqning eng oliy sifatda namoyon bo’ishi, deydi Nitsshe. U (zardusht) – Alo odam, deb e’tirof etadi. Download 20.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling