Август 2020 8-қисм


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/87
Sana06.11.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1752123
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   87
Bog'liq
8.Adabiyot 1 qism

Август 2020 8-қисм
Тошкент
holda «Yakka xato» xonasiga chiqqan farqni yozishlarini topshiradi. «Yakka baho» katagidagi 
yuqoridan pastga qarab qo‘shib, umumiy soni keltirilib chiqariladi. Guruh bahosini aniqlash ham 
shu tarzda amalga oshiriladi. O‘qituvchi yakka va guruh xatolarini sharhlaydi. Xatolarga ko‘plab 
yo‘l qo‘ygan o‘quvchilarga asarni qayta mutolaa qilib kelish vazifa sifatida topshiriladi. Xato 
qilmagan yoki kam yanglishgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. T., “O‘zbekiston”, 2002.
2. Jo‘rayev H. “So‘zda kerak dard ila so‘z”. T. “Istiqlol nuri”. 2016. 
3. Karimov N, Mamajonov S. va b. XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi. Darslik. T., “O‘qituvchi”, 
1999.
4. Karimov N. XX asr adabiyoti manzaralari. T., “O‘zbekiston”, 2009.


82
Август 2020 8-қисм
Тошкент
ERKIN SAMANDARNING “QIRON G‘ILDIRAGI” ROMANI G‘OYAVIY-BADIIY 
XUSUSIYATLARI HAQIDA BA’ZI MULOHAZALAR
Sharipova Hulkaroy Umrbekovna
Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti talabasi 
Telefon: +99894 230 21 12
hulkaroysharipova@mail.ru 
Annotatsiya. Mazkur maqolada o‘zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri bo‘lgan Erkin 
Samandarning “Qiron g‘ildiragi” romani haqida so‘z borib, uning shakli va mazmuni haqida 
ba’zi mulohazalar keltiriladi. Asar bosh qahramoni Muhammad Hoji obrazi, uning qiyofasini 
yaqqollashtiruvchi yordamchi obrazlar va 1937-yil voqealarining romanda aks etishi xususida 
fikrlar beriladi. 
Kalit so‘zlar: roman, obraz, sujet, konsentrik sujet, xronikal sujet, tarixiy mavzu
Badiiy adabiyot xazinasiga, xususan, milliy badiiyat durdonalarimizga diqqat qaratadigan 
bo‘lsak, undagi rang-baranglik, o‘ziga xos mazmunga ega asarlar, mahoratli ijodkorlarning ohoriy 
ijod namunalarini ko‘rishimiz mumkin. ulardagi, ayniqsa, mavzuiy turfa xillik asarlarning naqadar 
qimmatli ekanligini anglatib turadi. Ana shunday turfalikni o‘z ijodi yo‘nalishi qilib olgan, badiiy 
adabiyotning har bir turi va har bir janrida har xil mavzuni yoritishga asosiy e’tibor qaratgan 
ijodkorlardan biri Erkin Samandardir. Erkin Samandar ijodini kuzatish davomida shu narsaga 
guvoh bo‘lamizki, uning badiiyati mavzuiy rang-baranglikka intiladi va eng birlamchi o‘rinni 
tarixiylik nuqtayi nazaridan yaratilgan asarlari egallaydi. uning ana shu mavzu, ya’ni tarixiylik 
aks etgan asarlaridan biri “Qiron g‘ildiragi” romanidir. unda tarixning eng chirkin davri - qatag‘on 
siyosati avj olgan 1937-yil voqealari aks etgan. Asar bir necha sujet chizig‘iga ega ekanligi bilan 
ahamiyatlidir. uning birinchisi va eng asosiysi Muhammad hoji bilan bog‘liq voqealarda, boshqasi 
esa Matniyoz, Safo maxsum, Xadicha begim kabi obrazlar vositasida yuzaga chiqadi. Bundan 
tashqari, asarda xronikal sujet yetakchilik qilsa-da, unda konsentrik sujet elementlari uchrashini 
ham e’tirof etish lozim. Bu jihatlarni Muhammad hoji qo‘lga olinganidan keyin Xadicha begim va 
farzandlarining boshiga kulfat yog‘ilishi (ya’ni A voqea yuz berganidan so‘ng B voqeaning yuz 
berishi) tasvirida yoki Muhammad hojining jazoga hukm etilgani hamda Matniyozning aldanganligi 
uchun Safo maxsum va Matniyozning intiqom olishi ( A voqea yuz bergani uchun B voqea 
yuzaga kelgani) kabilarda ko‘rish mumkin. Romanning tuguni qiron mashinasining yaratilishi va 
Muhammad hojining beayb hibs qilinishida namoyon bo‘ladi. Asarning kulminatsion nuqtasini 
Muhammad hojining to‘g‘ri so‘zidan har qanday holatda ham chekinmaganligi va Matniyozning 
Toshev ustidan g‘alabasida ko‘rish mumkin. “Qiron g‘ildiragi” romani tom ma’noda yechimga 
ega emas. Yozuvchi bu jarayonni kitobxonning ixtiyoriga topshirgan. Qisman bo‘lsa-da, asarning 
yechimi sifatida Xadicha begimning tirik qolishi va yovuzlarning halokatini aytish mumkin.
Asarning mazmuni haqida so‘z yuritishdan oldin romanning bosh qahramoni 
hisoblanuvchi Muhammad hoji haqida umumiy ma’lumotga ega bo‘lish lozim. u haqida Xurshid 
Do‘stmuhammad mazkur romanning so‘zboshisida shunday fikrlarni keltiradi: “Muhammad hoji 
haqida aniq ma’lumotlar, hujjatlar saqlanmagan esa-da, u zot o‘z davrining yetuk va ilg‘or kishisi 
bo‘lgani aniq. Ilmi puxta, suv sohasida yetuk mutaxassis bo‘lib, xonlikda bosh miroblik lavozimini 
egallagan, 1894-1898 yillar mobaynida Fransiyada ayni shu mutaxassislik bo‘yicha tahsil olgan. 
Ovrupo mamlakatlarini ko‘rgan, bir muddat Xonqa bekligida hokimlik lavozimini ado etgan”. 
ushbu fikrdan kelib chiqadiki, Muhammad hoji el manfaati yo‘lida yelib-yugurgan, o‘z kasbining 
yetuk mutaxassisi bo‘lgan jonkuyar insondir. Ayni shu o‘rinda, samimiyligi, mehnatsevarligi va, 
ayniqsa, to‘g‘riso‘zligi uchun sho‘ro zulmiga duchor bo‘lgan mazlumdir. Voqealar rivojida ijodkor 
bu inson shaxsiyatiga xos xususiyatlarni ko‘rsatib borar ekan, yordamchi obrazlarni asar syujetiga 
olib kiradi. Bular Muhammad hojining rafiqasi Xadicha, do‘sti Safo maxsum va farzandlari 
Sultonboy, Mahmudbeklardir. Roman tarkibiga singdirib yuborilgan mehr-oqibat, o‘zaro sadoqat 
g‘oyalari esa Saman – Muhammad hojining vafodor oti timsoli orqali beriladi.
Bundan tashqari, asarda qalamga olingan yana bir asosiy g‘oya – bu o‘tgan asrda ming-
minglagan begunoh insonlarning yostig‘ini quritgan sobiq sho‘ro hukumatining kirdikorlarini fosh 
etish va keyingi avlod vakillari qalbida nohaqlik qurboni bo‘lgan insonlarga nisbatan xayrixohlik 
tuyg‘usini shakllantirish, ularni bevosita o‘sha davrda yuz bergan jarayonlarga olib kirishdir. Asar 


83

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling