Август 2020 8-қисм
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
8.Adabiyot 1 qism
Август 2020 8-қисм
Тошкент Chin tepaga qo‘ndi qushim, Tumshug‘ini yerga berib, Xalqqa salom berdi qushim. (Topishmoq) * Yaxshi bilan yursang, Yetarsan murodga. Yomon bilan yursang, Qolarsan uyatga. (Maqol) “So‘z ohanrabosi” usuli o‘quvchilarni badiiy adabiyotga qiziqtirib, ularda ifodali o‘qish ko‘nikmasini shakllantiradi, o‘quvchini izlanishga, badiiy asar o‘qishga undaydi. “Mazmun va mohiyat”usuli. Bu usulni ona tili va adabiyot fanlarida o‘tilgan mavzuni nazorat qilishda yoki yangi mavzuni mustahkamlashda qo‘llash mumkin. Bu usulni amalga oshirishning afzalligi shundaki, guruhlardagi har bir o‘quvchining ishtiroki ta’minlanadi. Mazmun, ya’ni tayanch tushuncha o‘qituvchi tomonidan beriladi. Bunda ko‘rgazmadan yoki monitordan foydalanish mumkin. Mohiyat esa guruh o‘quvchilari tomonidanochib beriladi. Adabiyot darslarida ham bu usulni qo‘llash yaxshi samara beradi. Masalan, 7-sinf darsligida berilgan “Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodi”mavzusini o‘tishda bu usuldan foydalanish mumkin .Mazmun beriladi: 1-guruh.Abdulla Qodiriyning yoshlik yillari. 2-guruh.Ijodkorning faoliyati. 3-guruh.Abdulla Qodiriyning ijodi. Mohiyat bosqichida har bir guruh o‘z rejasini izohlab beradi. Bu usulni qo‘llash uchun oldindan o‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan tayyorlanib kelishtopshirig‘i beriladi. Bu usul orqali o‘quvchilarda izlanuvchanlik, mavzuni o‘rganish uchun qiziquvchanlik sifatlari shakllantiriladi. “Mazmun va mohiyat” usulini qo‘llashdan kutiladigan natija: – o‘quvchilarning tashabbuskorligi ortadi; – o‘quvchilar mavzu yuzasidan keng ko‘lamli tushuncha va ma’lumotlarga ega bo‘ladi; – darsda har bir o‘quvchining ishtiroki ta’minlanadi; – yangi mavzuga o‘quvchilar oldindan tayyorlanib, ma’lumotlar yig‘ishga intiladi; Ona tili darslarini ham adabiyot darslarini ham ana shunday ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etgan o‘qituvchi yuksak samaradorlik va yuqori natijalarga erishadi. O‘quvchilarning ham darslarga bo‘lgan qiziqishi ortib, intiluvchanlik, izlanuvchanlik, faollik kabi qobiliyatlari yanada rivojlanadi. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. R. Ishmuhammedov “O‘quv jarayonida interfaol uslublar va pedagogik texnologiyalarni qo‘llash uslu biyati”, Toshkent, RBIMM-2008 yil. 2. A. G‘ulomov, M. Qodirov “Adabiyot o‘qitish metodikasi”, Toshkent., 2001 yil. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling