63
Август 2020 8-қисм
Тошкент
XO‘JAKENT QISHLOG‘INING TURIZM SALOHIYATINI OSHIRISHDA
ZIYORATGOHLARNING O‘RNI
Abdurazzoqova Maftuna G‘ayrat qizi.
+998 94 942 55 98.
Annotatsiya: maqolada Bo‘stonliq tumanidagi Xo‘jakent qishlog‘ida mavjud bo‘lgan tarixiy
ziyoratgohlarining turizmni rivojlantirishdagi tutgan o‘rni haqida fikr bildirilgan.
Kalit so‘zlar: tabiiy, arxeologik, tarixiy, ziyoratgohlar, g‘orlar, Xo‘jakent sharsharasi, Oqbuloq
ziyoratgohi,
Duldul bobo ziyoratgohi, Quyi mozor ziyoratgohi.
Bo‘stonliq tumanining sharqiy va shimoli-sharqiy qismlari tog‘ va tog‘
oraliq botiqlarida
joylashganligi bu yerga turistlarning tashrif buyurishiga zamin yaratadi.
Chunki hududning
tabiati,
musaffo havosi, tabiiy obyektlarining mavjudligi turistlarda
yaxshi taassurot qolishiga
imkoniyat beradi. Xo‘jakent qishlog‘iga Respublikamizdan va chet mamlakatlardan turistlar kelib
bu yerning tarixiy obidalari bilan qiziqishib,o‘zlarining fikr va mulohazalarini keltirib o‘tishadi.
Asosiy qism:Maqolaning maqsadi: Xo‘jakent qishlog‘ida joylashgan tabiiy,tarixiy va arxeologik
yodgorliklar va ziyoratgohlarning tabiiy geografik o‘rni va tarixiy kelib chiqish jihatini asoslab
berish.Vazifasi:tabiiy,tarixiy va arxeologik yodgorliklar va ziyoratgohlarning turistlar e’tiborini
o‘ziga jalb etgan tomonlarini ochib berishdan iborat.
Xo‘jakent qishlog‘i o‘zining
xushmanzara tabiati,
serostona daryo va soylari,musaffo
havosi,tabiat yodgorliklari,ziyoratgohlari,tarixiy obyektlarining mavjudligi bilan mamlakatimizga
tashrif buyuradigan turistlarni befarq qoldirmaydi.ushbu obyektlar
turistlarga maroqli dam
olish va sayohat uyushtirishlariga imkoniyat beradi.Ziyoratgohlar-taqvodorlar
muqaddas deb
hisoblanadigan va sig‘inadigan joylar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: