Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani 193-Davlat Maktabgacha Ta`lim Tashkiloti tavsifnoma


Download 54 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi54 Kb.
#1578337
Bog'liq
sultonova


Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani 193-Davlat Maktabgacha Ta`lim Tashkiloti
TAVSIFNOMA
193-sonli DMTT ga 17.10.2022 yilda Nizomiy nomidagi TDPU
2-kurs talabasi Sultonova Sevara amaliyot shartnomasini o’tadi.. Talaba har hafta dushanba kuni amaliyotda bo’lgan. Dastlab kichik guruhga keyinroq tayyorlov guruhga biriktirilgan. Talaba tashkilotlarning tartib – qoidalari, tarkibi, me`yoriy hujjatlari, turli yosh guruhlari haqida yaqindan tanishdi. Bu davr mobaynida o’zining ma`suliyatliligi, tirishqoqligi, ishga o`z vaqtida kelishi, bolalar va tarbiyachilar bilan yaxshi til topisha olishi bilan jamoada yaxshi taassurot uyg’otti. O’ziga biriktirilgan tarbiyachining mashg’ulotlarini kuzatdi, talaba mashg’ulotlarni tahlil qildi.
Mashg’ulotlarni o’tishda tadbirlar yuritishda va ommaviy tadbirlarda o’zini ko’rsata oldi. Universitetda ta`lim olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llab, mashg’ulotlarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etdi. O’z o’rnida ko’rgazmali qurollardan maqsadli foydalana oldi.
Talaba o’zining na`munaviy xulqi, odobi va intizomi bilan pedagog xodimlar orasida obro’ qozondi. Talaba turli tarbiyachilarning bolalar bilan aloqalarini, natijalarini o’rganib borish orqali, u ham bolalar bilan qanday muomala qilishni o’rgandi.
Yuqorida fikrlardan kelib chiqib, men talaba Sultonova Sevara Maktabgacha ta`lim sohasini yanada rivojlantirishida o’z xissasini qo’sha olishiga kelajakda yetuk mutaxassis bo’lishiga ishonch bildiraman.


193 -sonli DMTT direktori: Usmonova Farog’at.N



Download 54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling