Август 2020 8-қисм
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
8.Adabiyot 1 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Август 2020 8-қисм Тошкент ZULFIYA IJODIDA HIJRON NAFASI Rahimovna Shaxlo Quramboyevna Xorazm viloyati Bog‘ot tumani 14-maktab
Август 2020 8-қисм
Тошкент udumini, dini va diyonatini har narsadan ustun qo‘yadilar. Adalat uchun, haqiqat uchun kurashadilar. Lekin biror qahramon bu maqsadda hech qachon balandparvozlik qilmaydi, ayyuhannos solmaydi. ular tashqaridan emas, ko‘pincha, ichdan jozibali, istarali, mehr tortar bo‘ladi. Yozuvchinimg «Tabassum», «Omon ovchining o‘limi», «Qish hangomasi», «Qumrilar», «Arosat», «Bitikli tosh» kabi bir qancha hikoyalarida qahramonlarning ismi qahramon xatti- harakati, taqdiri yohud asar sujetiga bog‘liq holda tanlanganining guvohi bo‘lamiz. FOYDALANLGAN ADABIYOTLAR: 1. Бегматов Э, Авлоқулов Я. Ўзбек тили ономастикасининг макрокўлами таркиби. Ўзбек тили ва адабиёти, 2007, 5, 33-39-б. 2. Бегматов Э, Улуқов Н. Ўзбек ономастикаси терминларининг изоҳли луғати, Наманган 2006, 103-бет. 3. Бегматов Э, Нафасов Т. Караев С. Ономастика Узбекистана Т.:1999 4. ВиноградовВ.В. О языке художенственной литературы. М.: 1959. 78 Август 2020 8-қисм Тошкент ZULFIYA IJODIDA HIJRON NAFASI Rahimovna Shaxlo Quramboyevna Xorazm viloyati Bog‘ot tumani 14-maktab ona tili va adabiyot o‘qituvchisi Tel:99-551-52-67 e-mail:rahimovna@mail.ru Annotatsiya: ushbu maqolada o‘zbek adabiyotida vafo va sadoqat timsoli Zulfiyaxonimning lirikasi, she’riyatida shukronalik hissi, sevish, sevilish baxti, ayriliq, hijron mavzularining yoritilishi yuzasidan fikrlar berilgan Kalit so‘zlar: she’riyat, she’r, vafo, ayol, sabr-qanoat O‘zbek adabiyotida shoiralar qatori talaygina. Lekin ularning orasida Zulfiya alohida ajralib turadi. Sababi Zulfiya sharq ayoli timsoli. u vafodor ayol, mushtipar ona, hayotni, sevgi va sadoqatni kuylovchi ijodkor edi. Zulfiya O‘zbekiston xalq shoirasi, Javoharlal Neru nomidagi va Xalqaro‘’Nilufar “ mukofotlarining sovrindori, taniqli jamoat sovrindori, taniqli jamoat arbobi. ’’uylar’’, ,,Shalola” kabi she’riy majmualari uchun davlat mukofoti sovrindori bo‘lgan. Hind mavzuyidagi she’rlari uchun Javoharlal Neru nomidagi xalqaro sovrin, tinchlik va do‘stlikni tarannum etuvchi asarlari hamda taraqqiyparvar Osiyo va Afrika yozuvchilari harakatidagi faol ishtiroki uchun xalqaro ,,Nilufar’’ mukofotiga sazovor bo‘lgan. Mirtemir domla Zulfiyaning she’riyatga kirib kelishi haqida “O‘zbek poeziyasida Zulfiya degan nomning chaqnab paydo bo‘lishi tong yulduzining tug‘ilishiga teng bo‘lgan voqeadir’’ deb baho bergan edi. Shoira o‘z ustozi sifatida davrning, hayotning o‘zini tan oladi. Haqiqatan, shoirani hayot shoira qildi. Butun ijodini Hamid Olimjon yodiga bag‘ishladi. umri davomida hijronni kuyladi. Xuddiki, hijron shoira uchun hijron tasalli, hamdard edi. Mana bir umrni yashadim sensiz, Qaytmas bahorlarning qaytishin kutib, Tobuting boshida cho‘kkaninmda tiz , Farzandlar ko‘tardi qo‘limdan tutib. Zulfiya ayriliqdan yiqilganida farzandlari dalda bo‘ladi. She’riyat qanot bo‘ladi. Hayotda yashashning o‘zi baxt. Shukronalik hissi bilan yashaydi. Sevish, sevilish baxti nasib etganidan, hatto sevgidan keying ayriliqni ham yashash baxti deb biladi. Sevdim, erkalandim, Ayrildim, Kuydim, Izzat nima bildim, Shuda bir yashash. Inson yashar ekan hayot uni baxt bilan, baxtsizlik bilan siylaydi. Shoira hammasiga mardonavor turib butun kuch-quvvatini ijodga bag‘ishlaydi. Va ‘’Iqrorga vaqt yetdi “ she’rida shunday iqror bo‘ladi: Bor bo‘lsa beshmi, o‘n muxlis she’rxonim, Yozmoq – baxt qalamim uchini o‘pib. Nodira, uvaysiy ijodidan farqli Zulfiya ijodida hamisha Hamid Olimjonning qalami hamroh bo‘ladi. Ayriliq, hijron, vafo, sadoqat kuychisi sifatida she’riyat gulshanida gul kabi ufurib turadi. u o‘zbek ayoli timsoli sifatida jahon minbarlarida tirib she’r o‘qidi Se’rlari rus, ingliz, nemis, xitoy, arab, fors va boshqa tillarga tarjima qilingan. O‘zbek shoirasining dunyo bo‘ylab muxlislari bor. O‘zbekning she’rini jahon tan olgan. Zulfiya ana shunday hushbo‘y she’riyati bilan ajralib turadi. Zulfiya ,,Bahor keldi seni so‘roqlab” nomli she’rida Hamid Olimjon bahorni qanchalik sevishini, bahor ham Hamid Olimjonni sog‘inganligini ta’riflab bergan. “Qani men kelganda kulib qarshilab, Qo‘shig‘i mavjlanib bir daryo oqqan. “Baxtim bormi deya , yakkash so‘roqlab ,” Meni she’rga o‘rab suqlanib boqqan. Bu satrlardan nafaqat Hamid Olimjon bahorni, balki bahor uchun Hamid Olimjon ham bahor |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling