Август 2020 8-қисм


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/87
Sana13.04.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1352207
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   87
Bog'liq
8.Adabiyot 1 qism

Август 2020 8-қисм
Тошкент
mutolaasiga berilgan kitobxon esa o‘zida aynan shu holat kechayotganini, ya’ni o‘zi ham voqealar 
ishtirokchisiga aylanganini anglab yetadi.
Asarning eng ta’sirchan nuqtalari sifatida qatag‘on mashinasi – qiron g‘ildiragining ishga 
tushirilishi paytidagi holatni aytish mumkin. uning qurboniga aylanayotgan tirik jonlar ruhiyatida 
kechayotgan jarayonlar yozuvchi tomonidan g‘oyatda ta’sirchan ifodalangan: “Daf’atan 
ko‘tarilgan dod-faryod-u gumburlagan vahmdan quyonlar inlariga kirib ketishar, ilonlar seskanar, 
kaltakesaklar yavshanlar orasiga yashirinar… G‘ildirak qochayotgan bandilarni quvib yetar-da, 
epchillik bilan yon tomondan oldinga o‘tib olar. Yo‘li to‘silgan bandilar o‘ng va so‘l tomonlarga 
olarlar o‘zlarini… So‘ng ikki tomonga qochmoq bo‘lganlarni goh o‘ng, goh so‘ldan quvlab yetar-
da, bir-bir qiyratar, qiyrataverar. 
Qoraqum qonga bo‘yalar. Qoramozorga aylanar”. Keltirilgan parchadan ham ma’lum 
bo‘ladiki, sho‘rolar uyushtiradigan yovuzliklarning Xorazmdagi markazi Qoraqum sahrosi edi. 
Xalq tilida Gujumtagi nomi bilan yuritiluvchi mahkamada “aybi” bo‘yniga qo‘yilgan yoki hukumat 
kattalarining joniga teggan mahkumlar ayni shu joyda jazolanar, to‘g‘rirog‘i, jazolovchilarning 
kayfiyatiga qarab yo birma-bir otib o‘ldirilar, yo birvarakayiga qironning oldiga tashlanar edi. 
Romanda Sibirga surgun qilinganlarning manzilga yetib bormasdan Qozoq cho‘llarida chekkan 
dard-alamlari haqidagi voqea ham keltirilib, bo‘rilar hujumi natijasida besh yuz asirdan tirik 
qolgan beshta mazlumni Semurg‘ tomonidan yuborilgan qushlar - beshta to‘tiqush va beshta g‘oz 
arshi a’loga ko‘tarib ketishi tasviri ham beriladiki, bunda ijodkor mumtoz adabiyotga xos motivlar, 
xususan, Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostoniga xos obraz va syujetdan foydalanadi. Bu 
jihatdan “Qiron g‘ildiragi” romanining ba’zi o‘rinlarida fantastika elementlaridan ham qisman 
foydalanilganini ko‘rish mumkin. 
Ijodkor asarda Boltayev, Toshev, O‘qilon, Mels (Faxriddin) kabi personajlar vositasida sotqinlik, 
yovuzlik va nafs bandalarining holatini ko‘rsatib bergan. Ayniqsa, Mels obrazi orqali yozuvchi o‘sha 
davrdagi qo‘rqoq, o‘z jonini asrash uchun ming-minglagan insonlar joniga qasd qila oladigan qabih 
insonlarning tipik obrazini yaratdi. Asl kelib chiqishi jihatidan ziyoli qatlamga mansub bo‘lgan 
bu odam ham zamona to‘foniga uchrab zolimlar qo‘liga asir tushadi. Tabiatidagi beqarorlikni 
yaxshi anglab olgan mahkama tergovchilari uning bu holatidan yaxshigina foydalanadilar va uni 
o‘zlarining sodiq xizmatchisi vazifasiga “tayinlaydilar”. Bu vazifa bilan u bir tomondan ham 
o‘zini, ham xo‘jayinlarini ta’minlab borsa, ikkinchi tomondan O‘rtavul mahkamasini yangi-yangi 
“o‘ljalar” bilan siylab turar edi. Ammo yozuvchi asar so‘ngida bunday riyokor insonni jazoga 
duchor etadi: hayotining so‘nggi lahzalarini xor-zorlikda o‘tkazishga, o‘limi bilan-da oilasini 
zolimlar zulmidan asrab qola olmaslikka mahkum etadi.
Mazkur asar yozuvchi Xurshid Do‘stmuhammad ta’biri bilan aytganda, “qirg‘in saltanatidan 
sog‘lom tafakkur, haqsizlik ustidan hurlik-ozodlik, razolat ustidan adolat tantanasi muqarrar 
ekanligini ko‘rsatuvchi o‘ziga xos yana bir qatag‘onnoma asar bo‘lib qoladi” 
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi. T.:1986
2. Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. T.:2018
3. S.Mirvaliyev.O‘zbek adiblari.T.:1993
4. Эркин Самандар. Қирон ғилдираги. Т.: 2016


84

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling