Avitaminoz va gipovitaminoz
Download 13.2 Kb.
|
Avitaminoz va gipovitaminoz-www.hozir.org
Avitaminoz va gipovitaminoz Avitaminoz va gipovitaminoz Vitaminlar (lot. vita - hayot),darmon dori — tirik organizmning hayot faoliyati va normal moddalar almashinuvi uchun zarur boʻlgan organik birikmalar. Ular turli xil kimyoviy tuzilishga ega Vitaminlar organizmda sodir boʻladigan kimyoviy reaksiyalarni kuchaytiradi, organizmning oziq moddalarni oʻzlashtirishiga taʼsir koʻrsatadi, hujayralarning normal oʻsishiga va butun organizmning rivojlanishiga yordam beradi, organizmda fermentlar tarkibiga kirib, ularning normal funksiyasi va faolligini taʼminlaydi. Organizmda vitamin sintez qilinmaydi, kishi oʻzi uchun zarur vitaminni turli ovqat moddalari bilan oladi. Ovqatda vitamin yetishmaganda gipovitaminoz, mutlaqo boʻlmaganda avitaminoz paydo boʻladi. Vitaminning asosiy manbai oʻsimliklardir. Vitaminlarning hosil boʻlishida mikroorganizmlar ham katta rol oʻynaydi. Organizmda biror vitamin yetishmasa yoki butunlay boʻlmasa, moddalar almashinuvi buziladi. Oziq-ovqatda vitamin yetishmaganda kishining mehnat qobiliyati pasayadi, organizmning kasalliklarga hamda tashqi muhitning noqulay taʼsiriga chadami kamayadi. Vitamin yetishmovchiligiga ovqat tarkibida vitamin kam boʻlishigina emas, balki ularning ichakda soʻrilishi, toʻqimalarga yetkazib berilishi va biologik faol shaklga aylanishi jarayonlarining buzilishi ham sabab boʻladi. A vitamini bolaning o‘sishiga ta’sir qiladi. Organizmning infeksiyalarga qarshi chidamligini oshiradi. Terini va shilliq pardalarni normal holatda tutib turadi. Moddalar almashinuvida, xususan, yog‘ almashinuvida qatnashadi. A vitamini organizmga yetarli miqdorda tushib turmasa infeksiyalarga qarshi chidamlilik susayib ketadi. Teri va shilliq pardalar quruq bo‘lib qoladi. Ko‘zning quvvati pasayadi. Bu vitamin baliq moyida, sariyog‘da, tuxum sarig‘ida, sutda ko‘p bo‘ladi. O‘simlik mahsulotlari (pomidor, sabzi, apelsin va boshqalar)da karotin bor. U organizmda vitamin A ga aylanadi. D vitamini (kalsiferol) organizmda kalsiy va fosforning almashinuviga yordam beradi. Shuningdek, suyak to‘qimasining shakllanishiga va ijobiy o‘sishiga ta’sir qiladi. Bu vitamin raxitning oldini olish va davolashda qo‘llaniladi. D vitamini baliq moyi, jigar, go‘sht mahsulotlari, tuxum sarig‘ida mavjud. Download 13.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling