Vitaminlar. Fermentlarning tuzilishi va spetsefikligi. Allosterik fermentlar


Download 25.61 Kb.
bet1/4
Sana11.03.2023
Hajmi25.61 Kb.
#1259908
  1   2   3   4
Bog'liq
Vitaminlar. Fermentlarning tuzilishi va spetsefikligi. Allosterik fermentlar


Vitaminlar. Fermentlarning tuzilishi va spetsefikligi. Allosterik fermentlar
Reja
Kirish

  1. Vitaminlar

  2. Fermentlar, ularning xossalari

  3. Fermentlarning faol va allosterik markazlari

  4. Fermentlarning spetsefikligi

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

Kirish
Vitaminlar biologik faol moddalar bo’lib, organizmda moddalar almashinuvida qatnashadi. Rus olimi N.I. Lunin (1853-1938) 1880-yilda himoya qilgan doktorlik dissertatsiyasida vitaminlar hayvonlar organizmi uchun muhim modda ekanligini birinchi bo’lib isbotladi. Uning xulosasiga ko’ra, ovqat tarkibida oqsillar, yog’lar, uglevodlar, tuzlar va suvdan tashqari, alohida moddalar ham bo’ladi, bularsiz organizm yashashi mumkin emas, deyilgan edi. Keyinchalik bu noma’lum muhim moddalar 912-yilda K.Funk tomonidan vitaminlar deb nomlandi (vita-hayot degan ma’noni bildiradi). Vitaminlarning 40 dan ortiq turi bo’lib, ularning har biri odam organizmida muhim fiziologik vazifani bajaradi. Organizmda Vitamin sintez qilinmaydi, kishi oʻzi uchun zarur Vitaminni turli ovqat moddalari bilan oladi. Ovqatda Vitamin yetishmaganda gipovitaminoz, mutlaqo boʻlmaganda avitaminoz paydo boʻladi.
Fermentlar oqsil tabiatli biologik katalizatorlardir. “Ferment” atamasi (lat. fermentum – achish) XVII asr boshlarida gollandiya olimi Van Gelmont tomonidan taklif etilgan bo`lib, u spirtli bijg`ish uchun qo`llanilgan edi. Dastlabki davrda ferment so`zi faqat achish jarayoni bilan bog`liq holda qabul qilinib, achitqilarning o`zi achish fermenti deb qaralgan hamda ularning ta’siri tirik organizm bilan bog`liq, degan xulosaga kelingan. Hujayradan tashqarida ta’sir etadigan biokatalizator, ya’ni tashkil topmagan fermentlar 1878 yilda Kyune tomonidan fanga kiritilgan enzim (yunoncha enzym – “achitqi ichida” degan ma’noni bildiradi) nomi bilan yuritila boshlandi.

1. Vitaminlar
Vitaminning asosiy manbai oʻsimliklardir. Vitamin hosil boʻlishida mikroorganizmlar ham katta rol oʻynaydi. Vitaminning biologik ahamiyati moddalar almashinuviga rostlovchi taʼsir etishdan iborat. Vitamin organizmda sodir boʻladigan kimyoviy reaksiyalarni kuchaytiradi, organizmning oziq moddalarni oʻzlashtirishiga taʼsir koʻrsatadi, hujayralarning normal oʻsishiga va butun organizmning rivojlanishiga yordam beradi, organizmda fermentlar tarkibiga kirib, ularning normal funksiyasi va faolligini taʼminlaydi. Vitamin organizmda energiya almashinuvida (B,B2.), aminokislotalar (B6, B12 ) va yog kislotalar (pantotenat kislota) biosintezida, fotoresepsiya jarayonida (A vitamin), qon ivishida (K vitamin) va kalsiyning oʻzlashtirilishida (D vitamin) ishtirok etadi. Shunday qilib, organizmda biror vitamin yetishmasa yoki butunlay boʻlmasa, moddalar almashinuvi buziladi. Oziq-ovqatda Vitamin yetishmaganda kishining mehnat qobiliyati pasayadi, organizmning kasalliklarga hamda tashqi muhitning noqulay taʼsiriga chadami kamayadi. Vitamin yetishmovchiligiga ovqat tarkibida Vitamin kam boʻlishigina emas, balki ularning ichakda soʻrilishi, toʻqimalarga yetkazib berilishi va biologik faol shaklga aylanishi jarayonlarining buzilishi ham sabab boʻladi. Lekin baʼzi Vitaminning fiziologik ehtiyojdan ortiqroq boʻlishi gipervitaminozga olib kelishi ham mumkin. Keyingi yillarla 30 dan ziyod vitaminning kimyoviy tuzilishi toʻla oʻrganilib, koʻplari sintez qilindi.
A vitamini bolaning oʻsishiga taʼsir qiladi. Organizmning infeksiyalarga qarshi chidamligini oshiradi. Terini va shilliq pardalarni normal holatda tutib turadi. Moddalar almashinuvida, xususan, yogʻ almashinuvida qatnashadi. A vitamini organizmga yetarli miqdorda tushib turmasa infeksiyalarga qarshi chidamlilik susayib ketadi. Teri va shilliq pardalar quruq boʻlib qoladi. Koʻzning quvvati pasayadi. Bu vitamin baliq moyida, sariyogʻda, tuxum sarigʻida, sutda koʻp boʻladi. Oʻsimlik mahsulotlari (pomidor, sabzi, apelsin va boshqalar)da karotin bor. U organizmda vitamin A ga aylanadi.
D vitamini (kalsiferol) organizmda kalsiy va fosforning almashinuviga yordam beradi. Shuningdek, suyak toʻqimasining shakllanishiga va ijobiy oʻsishiga taʼsir qiladi. Bu vitamin raxitning oldini olish va davolashda qoʻllaniladi. D vitamini baliq moyi, jigar, goʻsht mahsulotlari, tuxum sarigʻida mavjud.
B1 vitamini (tiamin) markaziy asab tizimi faoliyati va uglevod almashinuvida qatnashadi. U sut, tuxum sariyogʻ, goʻsht, jigar, non, suli yormasi va noʻxat kabi mahsulotlar tarkibida uchraydi.
B2 vitamini oqsil va uglevod almashinuvida muhim rol oʻynaydi. Bu vitamin ovqatning meʼda-ichak tizimida yaxshi hazm boʻlishiga yordam beradi. Organizmning oʻsishi va rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega. Uning organizmga yetarli miqdorda tushib turmasligi natijasida vazn kamayib, behollik kuzatiladi. Koʻz shilliq pardalarida oʻzgarish paydo boʻlishi, teri kasalliklari yuzaga kelishi mumkin. B2 vitamining eng muhim manbalari – sut, pishloq, tvorog, tuxum, goʻsht va non hisoblanadi.
B12 vitamini oqsil almashinuvida qatnashadi. Organizmning oʻsish va rivojlanishiga ijobiy taʼsir etadi. Qon hosil boʻlishida juda katta ahamiyatga ega. B12 vitamini sut, pishloq, goʻsht, jigar, buyrak, tuxum sarigʻi tarkibida mavjud.
S vitamini uglevod, oqsil va minerallar almashinuvida, organizmdagi oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida va qon hosil boʻlishida ishtirok etadi. S vitamini organizmning infeksiyalarga chidamliligini oshiradi va toʻqimalar hamda hujayralarning oʻsishiga yordam beradi. Shuningdek, mayda qon tomir (kapillyar)larning devorini mustahkamlaydi. Bu vitamin meva-sabzavotlar tarkibida koʻp boʻladi. S vitamini yorugʻlik va qaynash jarayonida tez parchalanib ketgani bois mahsulotlarni toʻgʻri saqlash va pishirish muhim ahamiyatga ega. Bolanining rivojlanishida vitaminlarning ahamiyati katta. Vitaminlar moddalar almashinuvi jarayonining nazoratchilaridir. Ayniqsa, ular bolaning oʻsish va rivojlanish jarayoniga bevosita aloqador boʻladi. Kasalliklarga qarshi chidamini oshiradi, yaʼni immunitetni mustahkamlaydi. Oʻsish davrida bolaning vitaminlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish, uning kelajakda sogʻlom boʻlib rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega.


Download 25.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling