Vitaminlar Vitamin a (Retinol)


Download 176.62 Kb.
Sana06.08.2023
Hajmi176.62 Kb.
#1665499
Bog'liq
Vitaminlar-WPS Office


Vitaminlar
Vitamin A (Retinol) bolaning oʻsishiga taʼsir qiladi. Organizmning infeksiyalarga qarshi chidamligini oshiradi. Terini va shilliq pardalarni normal holatda tutib turadi. Moddalar almashinuvida, xususan, yogʻ almashinuvida qatnashadi hamda ko‘zlarga o‘z ijobiy ta’sirini o‘tkazadi. A vitamini organizmda normadan kamayib ketsa infeksiyalarga qarshi chidamlilik susayib ketadi. Teri va shilliq pardalar quruq boʻlib qoladi. Koʻzning quvvati pasayadi. Bu vitamin baliq moyida, sariyogʻda, tuxum sarigʻida, sutda koʻp boʻladi. Oʻsimlik mahsulotlari (pomidor, sabzi, apelsin va boshqalar)da karotin bor. U organizmda vitamin A ga aylanadi.
D vitamini (kalsiferol) organizmda kalsiy va fosforning almashinuviga yordam beradi. Shuningdek, suyak toʻqimasining shakllanishiga va ijobiy oʻsishiga taʼsir qiladi. Organizmda D vitamin yetishmasa raxit kasalligi paydo bo‘ladi. Tishlar yemirilishi va suyaklarni yumshoqlashishi oqibatida bola suyaklarining nomutanosib rivojlanishi. Bu vitamin raxitning oldini olish va davolashda qoʻllaniladi. D vitamini baliq moyi, jigar, goʻsht mahsulotlari, tuxum sarigʻida
Vitamin B1 yoki tiamin Asab tizimi faoliyati va uglevod almashinuvida qatnashadi va oshqozon-ichak trakti faoliyati uchun zarur. Uning yetishmovchiligi eng avvalo nerv tizimi faoliyatining o‘zgarishiga olib keladi, xotiraning susayishi, undan tashqari oshqozon-ichak va qon tomirlar tizimining yaxshi faoliyat ko‘rsatmasligiga olib keladi. U sut, tuxum sariyogʻ, goʻsht, jigar, non, suli yormasi va noʻxat kabi mahsulotlar tarkibida uchraydi.
Vitamin B2 (riboflavin) oqsil va uglevod almashinuvida muhim rol oʻynaydi. Bu vitamin ovqatning meʼda-ichak tizimida yaxshi hazm boʻlishiga yordam beradi. Organizmning oʻsishi va rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega. Bu vitamin yetishmasa, yuzda husnbuzar paydo bo‘ladi hamda og‘iz burchagi, lab yoriladi, soch to‘kiladi, kon’yunktivit kuzatiladi, shilliq qatlamlarning yallig‘lanishiga, sochlarning to‘kilishiga, bosh aylanishiga olib kelishi mumkin. Ushbu vitaminning uzoq vaqt davomida etishmovchiligida teri silliqlikni yo‘qotib, qari teri ko‘rinishini egallay boshlaydi. Bu vitamining eng muhim manbalari – sut, pishloq, tvorog, tuxum, goʻsht va non hisoblanadi.
Vitamin B6 (piridoksin) B guruhidagi boshqa vitaminlar bilan bir qatorda oqsil almashinuvida qatnashadi. Asab tizimi faoliyatiga va qon yaratilishiga ijobiy taʼsir qiladi. Organizmda ushbu vitamin yetishmasa bolalar o‘smay qoladi, me’da-ichak ishi buziladi, kamqonlik ro‘y beradi. Homiladorlarda stomatit, terining yallig‘lanishi, qo‘zg‘aluvchanlik, uyqusizlik, jahldorlik, holsizlik, terining zararlanishi kuzatiladi. Bu vitamin ko‘pgina o‘simlik va hayvon mahsulotlari: achitqi, bug‘doy murtagi, jigar, baliq, mol go‘shti va dukkakli donda bo‘ladi. Bu vitamin jigar, sut, kartoshka, sabzi, tuxum, sariyog‘, guruch, bug‘doy va karamda ko'p bo'ladi.
Vitamin B12 (Sianokobalamin) oqsil almashinuvida qatnashadi. Organizmning oʻsish va rivojlanishiga ijobiy taʼsir etadi. Qon hosil boʻlishida juda katta ahamiyatga ega. Bu vitamin sut, pishloq, goʻsht, jigar, buyrak, tuxum sarigʻi tarkibida bo'ladi.
Askorbin kislota (C vitamin) organizmni allergik holatlarni kuchini kamaytiradi, qon tomirlarini baquvvatlashtiradi, organizmning qarshilik kuchini oshiradi, uglevod, oqsil va minerallar almashinuvida, qon hosil boʻlishida ishtirok etadi. Organizmning infeksiyalarga chidamliligini oshiradi va toʻqimalar hamda hujayralarning oʻsishiga yordam beradi. C vitamini barcha mevalarda va yam-yashil ko‘katlarda mavjuddir. Shipovnik, qora smorodina, oblepixa, shirin bulg‘or qalampiri, ukrop, petrushka, gulkaram va karamda, apelsin, qulupnay, olmalar, gilos, shavel, shpinat, kartoshka va boshqa mahsulotlarda mavjuddir. Uning miqdori ayniqsa, petrushka, na’matak, oblepixa, qora smorodinalarda ko‘pdir.
Vitamin E (tokoferol) ushbu vitamin mushaklarning baquvvatligini ta’minlaydi, undan tashqari yallig‘lanishning oldini oladi, jinsiy bezlar faoliyatini kuchaytiradi. Kuygan va kesilgan joylarning o‘rni tezroq va chandiqsiz bitishini ta’minlaydi. E vitamini yetishmasa, qon hujayralari buzilishi, kamqonlik. Mushak tolalarining bo‘shashishi (ajin). Bu vitamin sut , tuxum sarig‘i va sabzavotlarda ko‘p bo‘ladi. o‘simlik yog‘lari, jigar, yormalar va dukkaklik o‘simliklar.

Download 176.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling