Avitaminoz va gipovitaminozlar tayyorladi: muxtorova maftuna
Download 55.88 Kb.
|
vitamin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vitaminlar suvda eriydigan, yog’da eriydigan va vitaminsimon birikmalarga ajratiladi.
- Birinchi marta 1880 – yilda rus vrachi N.I.Lunin avitaminozni tajriba yo’li bilan hosil qilgan.
- Oshko’klarni ko’p xarid qilmang, chunki ular bir kundan ko’p saqlansa tarkibidagi vitamin C ning 40-60 foizi yo’qoladi.
AVITAMINOZ VA GIPOVITAMINOZLARTAYYORLADI: MUXTOROVA MAFTUNAREJA:
Vitamin – lotincha “vita” – “hayot” va inglizcha “amine” – “azotli birikma” so’laridan olingan. Vitaminni o’zbakchasiga “darmondori” deyish mumkin. U tirik organizmlar, jumladan odamning yashashi va tanada moddalar almashinuvi uchun nihoyatda zarur bo’lgan organik birikmadir. Hozirgi kunga kelib 15 ga yaqin vitaminlar turi aniqlangan.Vitaminlar suvda eriydigan, yog’da eriydigan va vitaminsimon birikmalarga ajratiladi.Hayvon yog’lari va o’simlik moylari tarkibida uchraydigan A, D, Ye va K kabi yog’da eriydigan ayrim vitaminlar tanada oylab turishi mumkin.Suvda eruydigan S vitamini va B guruh vitaminlari yashil yaproqlar, mevalar va yormalar tarkibida bo’ladi. Odam ularni har kuni qabul qilishi kerak.Faqatgina D va K vitaminlarini odam tanasi mustaqil ishlab chiqara oladi. D vitamini bolalarda suyak o’sishi uchun juda zarur. Bu darmondorini quyosh tushishi ta’sirida teri ishlab chiqaradi.Avitaminoz – organizmda biron bir vitamin yo’q bo’lishi natijasida paydo bo’ladigan kasallik. Masalan: vitamin B yetishmasligi beriberi, C vitamin yetishmasligi lavsha (singa), vitamin D yetishmasligi raxit, vitamin RR yetishmasligi pellagra kasalligiga sabab bo’ladi. Homiladorlikda, ko’pincha tuqqandan keyin ro’y beradigan chillashir kasalligi ham avitaminoz natijasidir.Birinchi marta 1880 – yilda rus vrachi N.I.Lunin avitaminozni tajriba yo’li bilan hosil qilgan.Barcha turdagi vitamin yetishmasligining umumiy belgilari:
Gipovitaminoz – organizmda biron bir vitamin yetishmasligi. Gipovitaminoz bahor va qishda rivojlanadi.Vitamin yetishmovchiligi har qanday yosh va jinsdagi odamlarga ta’sir qiladi.Vitamin yetishmovchiligini rivojlanishiga yordam beradigan asosiy omil bu muvozanatsiz ovqatlanishdir. Bu bizning menyuda yangi o’tlar, mevalar va sabzavotlar yetarli bo’lmagan qish – bahor davriga tegishli.Gipovitaminozning shakli ( yengil, o’rtacha, og’ir ) va bemorning yoshi patologiyaning kilinik ko’rinishiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi.Qish bo’yi va bahorning ilk kunlarida na’matak qoqisi qaynatib, ichib yurilsa, organizmda askorbat kislota tanqisligi ro’y bermaydi.Oshko’klarni ko’p xarid qilmang, chunki ular bir kundan ko’p saqlansa tarkibidagi vitamin C ning 40-60 foizi yo’qoladi.Kartoshka va sabzovatlar sovuq suvga solib pishirilsa, tarkibidagi vitaminlarning 30 foizi nobud bo’ladi. Agar qaynab turgan suvga solinsa vitaminlari to’la saqlanadi.Bargli o’simliklarni qaynatib yoki qovursangiz idish qopqog’ini albatta yoping. Aks holda tarkibidagi 70 foiz vitamin yo’qolib ketadi.Yalpiz, ismaloq, jag’-jag’, otquloq, beda vitaminlarga juda boy bo’lib, ko’klamda odam quvvatini oshirib, tetiklashtiradi. Qandli diabeti bor, semirib ketgan va zaif kishilarga ko’katlarni sariyog’da qovurib berish maqsadga muvofiq.Download 55.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling