Avlotlar birdamligiga asoslangan qayta taqsimlovchi model


-bob. Pensiyalar tayinlash uchun ish stajini hisoblab chiqish va tasdiqlash tartibi


Download 24.78 Kb.
bet3/3
Sana05.02.2023
Hajmi24.78 Kb.
#1167278
1   2   3
Bog'liq
oybek pensiya tayyor

3-bob. Pensiyalar tayinlash uchun ish stajini hisoblab chiqish va tasdiqlash tartibi
27. Pensiya olish huquqini beradigan ish stajiga quyidagilar qo‘shib hisoblanadi:
a) faoliyat turi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, xodim davlat tomonidan ijtimoiy sug‘urtalangan holda bajargan har qanday ish, agar u:
2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar hisoblangan bo‘lsa, shuningdek jismoniy shaxsning 2021-yil 1-iyundan keyingi ishlamagan davri uchun uning eri (xotini) mehnatga haq to‘lash tarzidagi o‘z daromadlaridan ixtiyoriy asosda ijtimoiy soliq to‘lagan davr.
1965-yil 1-yanvargacha bo‘lgan davrda jamoa ho‘jaligidagi ish stajini hisoblab chiqishda, ushbu yildagi mehnat bilan qatnashish kunlari sonidan qat’i nazar, har bir ishlab berilgan yil ish stajiga bir kalendar yil sifatida qabul qilinadi.
1965-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun jamoa ho‘jaligidagi ish stajini hisoblab chiqishda, agar jamoa xo‘jaligi a’zosi uzrsiz sabablarga ko‘ra jamoa xo‘jaligida belgilangan mehnatda ishtirok etish minimumini bajarmagan bo‘lsa, ishlangan vaqtning amalda davom etgan davri hisobga olinadi. Agar jamoa xo‘jaligi a’zosi jamoa xo‘jaligida mehnatda ishtirok etishning belgilangan minimumini jamoa xo‘jaligi a’zolari tarkibiga qabul qilish (chiqish) yilida bajargan bo‘lsa, u holda uning ish staji jamoa xo‘jaligi a’zolari tarkibiga qabul qilingan sanadan boshlab (chiqish sanasigacha) qabul qilinadi.
Jamoa xo‘jaligida mehnatda ishtirok etishning belgilangan minimumini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud bo‘lmasa, mehnatning amaldagi davomiyligi bo‘yicha ish vaqti olti kunlik ish haftasidan kelib chiqib hisobga olinadi.
Ijodiy faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lgan ijodiy uyushmalar a’zolariga 1991-yil 1-yanvargacha ish staji agar ana shu muallifning asari birinchi marta e’lon qilingan yoki jamoat oldida ijro etilgan (namoyish etilgan) kundan e’tiboran Pensiya jamg‘armasiga:
2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — sug‘urta badallari;
2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun — to‘langan yagona ijtimoiy to‘lov;
2020-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — ijtimoiy soliq to‘lagan bo‘lsalar, ijodiy uyushmalarning boshqaruvlari tomonidan belgilanadi.
Ish stajiga, o‘tgan davr uchun bir yo‘la qo‘shib hisoblash (to‘lash)dan qat’i nazar, uning uchun:
2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — sug‘urta badallari;
2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun — to‘langan yagona ijtimoiy to‘lov;
2020-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — ijtimoiy soliq to‘langan oylar qabul qilinadi, dehqon ho‘jaliklari a’zolari hamda qoramol yetishtirish hamda shaxsiy yordamchi va dehqon ho‘jaliklarida yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish, shuningdek, shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda qishloq xo‘jalik mahsulotlarining boshqa turlarini (o‘simlikshunoslik, chorvachilik, baliqchilik mahsulotlarini) yetishtirish bilan band bo‘lgan shaxslar bundan mustasno;
b) harbiy xizmat (shu jumladan, safarbarlik chaqirig‘i rezervidagi harbiy xizmat) va partizanlar otryadlari va qo‘shilmalarida bo‘lish, davlat xavfsizligi organlaridagi va ichki ishlar organlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasidagi xizmat;
v) harbiylashtirilgan soqchilikda, maxsus aloqa organlarida va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, kon-qutqaruv qismlaridagi xizmat;
g) Pensiya jamg‘armasiga:
2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — sug‘urta badallari;
2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun — to‘langan yagona ijtimoiy to‘lov;
2020-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun ijtimoiy soliq to‘lagan bo‘lsa, yakka tartibdagi mehnat faoliyati yoki qoramol yetishtirish hamda shaxsiy yordamchi va dehqon ho‘jaliklarida yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish bo‘yicha faoliyat;
d) qarab turish vaqti:
I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga yoki 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolaga qarab turish;
o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan qariyalarga qarab turilgan vaqt — 80 yoshga to‘lgan qariya o‘zganing parvarishiga muhtoj bo‘lgan davr.
Bunda I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsni yoki 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolani, shuningdek, o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan keksaga qarab turish vaqti pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga faqat qarab turgan va qarab turishga muhtoj bo‘lgan shaxs bilan birga yashagan shaxslardan biriga qo‘shib hisoblanadi;
e) oliy ta’lim tashkilotlarida (shu jumladan, ularda o‘qish harbiy xizmatga tenglashtiriladigan harbiy ta’lim tashkilotlarida), aspiranturada (stajorlar-tadqiqotchilar-izlanuvchilar institutida), doktoranturada (katta ilmiy xodimlar — izlanuvchilar institutida) va klinik ordinaturada tayanch doktoranturada va doktoranturada (oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida) kunduzgi o‘qish, shu jumladan, chet elda o‘qish;
j) bola 3 yoshga to‘lgunga qadar, bolani parvarishlash ta’tillarida bo‘lish vaqti, biroq jami ko‘pi bilan 6 yil.
Misol: Agar 30 yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan ishlayotgan ayol ish stajining 8 yili mobaynida jami 3 bolani parvarishlash ta’tillarida bo‘lgan bo‘lsa, u holda pensiya tayinlash uchun ish stajini hisoblashda unga jami 28 yil ish staji hisoblanadi (30 yil — 8 yil + 6 yil = 28 yil).
Bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lish davri (shu jumladan, puli to‘lanadigan ta’tilda bo‘lish) yoshga doir imtiyozli pensiya olish huquqini beradigan maxsus ish stajiga qo‘shilmaydi;
z) ofitserlar tarkibidan bo‘lgan shaxslarning, praporshchiklarning, michmanlarning va muddatdan tashqari xizmat harbiy xizmatchilarining xotinlari, ularni ishga joylashtirish imkoniyati bo‘lmagan joylarda erlari bilan yashagan vaqt, biroq ko‘pi bilan 10 yil;
i) O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning xotini (eri) chet elda bo‘lgan, lekin 10 yildan oshmagan davr.
28. Agar ushbu Nizomning 27-bandi “a” — “g” kichik bandlarida ko‘rsatilgan davrlar bir vaqtning o‘zida bir davrga to‘g‘ri kelsa, u holda pensiyani hisoblab chiqish uchun ish stajiga pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan shaxsning xohishiga ko‘ra ushbu Nizomning 27-bandi “a” — “g” kichik bandlarida ko‘rsatilgan faqat bir davr qo‘shib hisoblanadi. Ish stajini hisobga olishning shunday tartibi ushbu Nizomning 27-bandi “d” — “i” kichik bandlari uchun ham qo‘llaniladi.
Ushbu Nizomning 27-bandi “a” — “g” va “d” — “i” kichik bandlarida ko‘rsatilgan davrlar bir vaqtning o‘zida bir davrga to‘g‘ri kelsa, u holda pensiyani hisoblab chiqish uchun ish stajiga pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan shaxsning xohishiga ko‘ra ushbu Nizomning 27-bandi “a” — “g” va “d” — “i” kichik bandlarida ko‘rsatilgan davrlardan biri qo‘shib hisoblanadi.
Bunda pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan shaxsning xohishiga ko‘ra ushbu Nizomning 27-bandi “a” — “g” kichik bandlarida ko‘rsatilgan davrlar “d” — “i” kichik bandlarida ko‘rsatilgan davrlardan biriga almashtirilgan taqdirda, murojaat qilgan shaxsning ish haqini aniqlashda mehnat faoliyatining oxirgi o‘n yillik davridan chiqarib tashlanmagan xolda “a” — “g” kichik bandlarida ko‘rsatilgan davrlar bo‘yicha aniqlanadi.
29. Ushbu Nizomning 27-bandi “d” — “i” kichik bandlarida nazarda tutilgan davrlar ish stajiga ushbu Nizomning 27-bandi “a” — “g” kichik bandlarida ko‘rsatilgan kamida 7 yil umumiy ish staji mavjud bo‘lganda qo‘shib hisoblanadi.
Nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini tayinlashda ushbu Nizomning 27-bandi “d” — “i” kichik bandlarida nazarda tutilgan davrlar ushbu Nizomning 27-bandi “a” — “g” kichik bandlarida ko‘rsatilgan ish staji mavjud bo‘lganda, uning qancha davom etganligidan qat’i nazar, qo‘shib hisoblanadi.
Mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida I va II guruh nogironlikda bo‘lish vaqti yoshga doir va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlashda stajga qo‘shib hisoblanadi.
Misol. Chet el fuqarosining umumiy ish staji 40 yilni tashkil etadi, shundan 21 yili O‘zbekiston Respublikasi hududiga, 19 yili esa xorijiy davlat hududiga to‘g‘ri keladi. Ushbu holatda chet el fuqarosining xorijiy davlatdagi ish staji pensiyani hisoblash uchun 7 yil (21 yil/3) doirasida qabul qilinadi va umumiy ish staji 28 yilni (21 + 7) tashkil etadi.
48. Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida nogironlik pensiyasi, ish stajidan qat’i nazar, tayinlanadi.
Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida nogironlik pensiyasidan umumiy kasallik oqibatida nogironlik pensiyasiga o‘tkazishda zarur staj nogironlikning dastlabki belgilanishi vaqtiga nisbatan yosh bo‘yicha belgilanadi.
49. Umumiy kasallik oqibatida nogironlik pensiyasi nogironlik boshlangan vaqtda nisbatan quyidagi ish staji mavjud bo‘lganda tayinlanadi:

Yosh

Ish staji (yillarda)

20 yoshdan 23 yoshga yetgunga qadar

2

23 yoshdan 26 yoshga yetgunga qadar

3

26 yoshdan 31 yoshga yetgunga qadar

5

31 yoshdan 36 yoshga yetgunga qadar

7

36 yoshdan 41 yoshga yetgunga qadar

9

41 yoshdan 46 yoshga yetgunga qadar

11

46 yoshdan 51 yoshga yetgunga qadar

14

51 yoshdan 56 yoshga yetgunga qadar

17

56 yosh va undan katta yosh

20

50. Ish davrida yoki ish to‘xtatilgandan keyin 20 yoshga to‘lgungacha umumiy kasallik oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxsga pensiya, ish staji davridan qat’i nazar, tayinlanadi.
Download 24.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling