Avlotlar birdamligiga asoslangan qayta taqsimlovchi model
-bob. Pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni taqdim etish tartibi
Download 24.78 Kb.
|
oybek pensiya tayyor
2-bob. Pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni taqdim etish tartibi
l) o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomasining asli yoki dublikati. Mazkur bandda nazarda tutilgan ma’lumotlar “YaMMT” IDAKda mavjud bo‘lgan hollarda ma’lumotnomalar ilova qilinmaydi. 13. Nogironlik pensiyasini tayinlashni so‘rab murojaat qilgan shaxsning arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi kerak: ish stajini, shu jumladan, maxsus ish stajini tasdiqlaydigan hujjat; ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma; Bundan tashqari, zarur hollarda ushbu Nizomning 12-bandi “a” — “i” va “l” kichik bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlar Urush qatnashchilariga tenglashtiriladigan shaxslar doirasi ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan. Mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi), tashkilotlar va arxiv ma’lumotnomalari, shuningdek, mudofaa ishlari bo‘yicha organlarning ma’lumotnomalari ariza beruvchining 1941 — 1945-yillardagi urush davrida ishlaganligi va harbiy majburiyatlarni bajarganligini tasdiqlaydigan hujjat sifatida qabul qilinadi. Ariza beruvchining urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxs ekanligini tasdiqlovchi hujjat sifatida harbiy gospital tomonidan beriladigan kasallik tarixidan ko‘chirma qabul qilinadi. Urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslarga tenglashtiriladigan shaxslar doirasi ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan. 19. Familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgartirilganligini tasdiqlaydigan hujjatlar sifatida quyidagilar taqdim etiladi: familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgartirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, fuqarolik holati dalolatnomasining tegishli yozuvidan ko‘chirma, xorijiy davlatlarning vakolatli organlari (mansabdor shaxslari) ma’lumotnomasi. Qaramog‘ida mehnatga layoqatsiz oila a’zolari borligini tasdiqlash masalasi sud qarori bilan hal etiladi. 20. II guruh nogironligi bo‘lgan shaxsning yolg‘iz yashaydigan pensionerligi holati Agentlikdan olinadi. 21. Qonunning 12-moddasi “z” bandiga muvofiq pensiya tayinlanayotganda Agentlikning “TIEK” axborot tizimidan olinadigan shaxsning farzandi 8 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bola deb topilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot asosida belgilanadi. 22. Pensiya tayinlash uchun zarur hujjatlar ham asl nusxada, ham Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan tasdiqlangan nusxalarda taqdim etilishi mumkin, faqat asl nusxalarda taqdim etiladigan ma’lumotnomalar (ish haqi va boshqa ma’lumotnomalar) bundan mustasno. 23. O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan xorijiy fuqarolarning shaxsini, yoshini, yashash joyini, fuqarolikka mansubligini tasdiqlaydigan ma’lumot sifatida “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan olingan ma’lumotlar qabul qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning shaxsini, yoshini, yashash joyini tasdiqlaydigan hujjat sifatida “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan olingan ma’lumotlar qabul qilinadi. 24. Chernobil AESdagi halokat oqibatlarini tugatishda qatnashish mudofaa ishlari bo‘yicha organ tomonidan berilgan belgilangan namunadagi ma’lumotnoma, shuningdek, tugatishda qatnashish uchun o‘z xodimlarini yuborgan tashkilotlarning ma’lumotnomalari bilan tasdiqlanadi. 25. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi hujjatlarni qabul qilishda taqdim etilgan hujjatlarning mazmuni va rasmiylashtirilishining to‘g‘riligini, ularning nusxalari hujjatlarning asl nusxasiga muvofiqligini tekshirishi kerak. Bunda shaxsning pensiya olishga bo‘lgan huquqi, talab etiladigan ish staji mavjudligi, shuningdek, pensiya tayinlash uchun asos hisoblanadigan hujjatlarning mavjudligi ko‘rib chiqiladi. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tashkilotdan yoki shaxsdan qabul qilingan hujjatlarni rasmiylashtirishni oxiriga yetkazishni va qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etishni talab qilish, shuningdek, zarur hollarda ushbu hujjatlarning to‘g‘ri berilganligini tekshirib ko‘rish huquqiga ega. 26. Agar hujjatda (elektron ma’lumotda) tug‘ilgan vaqt to‘g‘risida aniq sana ko‘rsatilmagan holda oy ko‘rsatilgan bo‘lsa, u holda tegishli oyning 15-kuni tug‘ilgan sana hisoblanadi. Agar taqdim etilgan hujjatda (elektron ma’lumotda) oy ko‘rsatilmasdan faqat tug‘ilgan yil ko‘rsatilgan bo‘lsa, ushbu yilning birinchi iyul kuni tug‘ilgan kun sifatida qabul qilinadi. Barcha taqdim etilgan hujjatlar bilan birga pensiya tayinlash to‘g‘risidagi ariza, shuningdek, Pensiya jamg‘armasi bo‘limining pensiya tayinlash to‘g‘risidagi qarori pensiyaga oid hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi va/yoki axborot tizimida elektron ko‘rinishda saqlanadi. Download 24.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling