Avqulodda vaziyat


-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari safini to‘ldirish


Download 26.89 Kb.
bet4/7
Sana01.11.2023
Hajmi26.89 Kb.
#1738293
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Favqulodda vaziyatlar hududida qutqaruv ishlarini tashkil etish

9-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari safini to‘ldirish
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining safini to‘ldirish ixtiyoriylik asosida amalga oshiriladi. Davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar, shu jumladan jamoat birlashmalari qutqaruvchi lavozimiga qabul qilish shartlarini belgilaydi.
Qutqaruv xizmatlariga, professional qutqaruv tuzilmalariga qutqaruvchi lavozimiga, shuningdek qutqaruvchilarni tayyorlovchi ta’lim muassasalarida o‘qishga umumiy o‘rta ma’lumotli, tibbiy tekshiruvda qutqaruvchilik ishiga yaroqli deb topilgan hamda kasbiy, jismoniy tayyorgarligi darajasiga va ma’naviy-ruhiy fazilatlariga ko‘ra belgilangan talablarga mos keladigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.
O‘n sakkiz yoshga to‘lgan, qutqaruvchilarni tayyorlash dasturi bo‘yicha ta’lim olgan hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish ishlarini olib borish uchun belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarida qutqaruvchi vazifalarini bajarishga ruxsat beriladi.
10-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini attestatsiyadan o‘tkazish
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda attestatsiyadan o‘tkazilishi kerak.
Attestatsiyadan o‘tmagan yoki tekshiruvlar davomida favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilishga hamda ularni bartaraf etish ishlarini o‘tkazishga shayligini tasdiqlay olmagan qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining obyektlar va hududlarga shartnoma asosida xizmat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmaydi hamda ular qutqaruv ishlarini olib borishga jalb etilmaydi.
11-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini hisobga olish ro‘yxatidan o‘tkazish
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari hisobga olish ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini hisobga olish ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Download 26.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling