Avqulodda vaziyat


-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini boshqa joyga ko‘chirish, qayta ixtisoslashtirish, qayta tashkil etish yoki tugatish


Download 26.89 Kb.
bet6/7
Sana01.11.2023
Hajmi26.89 Kb.
#1738293
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Favqulodda vaziyatlar hududida qutqaruv ishlarini tashkil etish

14-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini boshqa joyga ko‘chirish, qayta ixtisoslashtirish, qayta tashkil etish yoki tugatish
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini boshqa joyga ko‘chirish, qayta ixtisoslashtirish, qayta tashkil etish yoki tugatish uchun ular xizmat ko‘rsatayotgan tashkilotlar faoliyatining tugatilganligi yoxud mazkur xizmatlar va tuzilmalar tomonidan oldi olinishi hamda bartaraf etilishi mo‘ljallangan favqulodda vaziyatlarning ro‘y berishi xavfi yo‘qotilganligi asos bo‘ladi.
Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarini, shuningdek tashkil etilishi shartligi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan shtatdan tashqari qutqaruv tuzilmalarini boshqa joyga ko‘chirish, qayta ixtisoslashtirish, qayta tashkil etish yoki tugatish ularni tashkil etgan mansabdor shaxslar, organlar yoxud tashkilotlarning qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari boshqa joyga ko‘chirilgan, qayta ixtisoslashtirilgan, qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat boshqaruv organiga yozma bildirish yuborilishi kerak.
15-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari faoliyatini moliyalashtirish
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari faoliyatini moliyalashtirish quyidagilar hisobidan amalga oshiriladi:
respublika budjeti va mahalliy budjetlar mablag‘lari;
qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalariga ega bo‘lgan tashkilotlarning moliyaviy mablag‘lari;
aholi va tashkilotlarga ko‘rsatiladigan xizmatlardan olinadigan daromadlar;
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun belgilangan tartibda tashkil etilgan moliyaviy mablag‘lar zaxiralari;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar.
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishdagi ishtiroki
16-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilish
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilish:
xizmat ko‘rsatilayotgan obyektlar va hududlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etishga doir harakatlar rejasiga muvofiq;
favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan va ularning ko‘lami kengaya boshlagan taqdirda belgilangan tartibda;
mazkur qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari faoliyatiga rahbarlik qilayotgan yoki buning uchun qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlarga ega bo‘lgan davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar, shu jumladan jamoat birlashmalari mansabdor shaxslarining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar, shu jumladan jamoat birlashmalarining shunga vakolatli mansabdor shaxslari qaroriga binoan jalb qilish bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan obyektlar va hududlarning favqulodda vaziyatlardan himoyalanganlik darajasini ta’minlaydigan chora-tadbirlar ko‘rilishi shart.
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarini O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan amalga oshiriladi.

Download 26.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling