Avstraliya materigining relifi


Download 25.42 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi25.42 Kb.
#1627177
Bog'liq
AVSTRALIYA MATERIGINING RELIFI


AVSTRALIYA MATERIGINING RELIFI
Avstraliya (lotincha: australis – janubiy) – Janubiy yarim sharda joylashgan materik.Umumiy maʼlumot. A. shimolidan janubiga 10°4G (York boʻrni) bilan 394 G (Janubiy-Sharqiy burun) j.k.lar oraligʻida 3200 km ga, gʻarbdan sharqqa 4100 km ga 113°05’ shq.u. (Stip-Poynt boʻrni) bilan 153°34’ (Bayron boʻrni) shq.u.lar oraligʻida choʻzilgan. Maydoni 7682 ming km² (Tasmaniya, Kenguru, Melvill va boshqa orollar bilan 7704,5 ming km² ga yaqin). A.– materiklar ichida eng kichigi. Janubiy tropik chizigʻi A.ning deyarli oʻrtasidan kesib oʻtadi. Materikni gʻarb, shimol va janubidan Hind okeani, sharqdan Tinch okean dengizlari oʻrab turadi. Qirgʻoqlari unchalik egribugri emas, shimolida Karpentariya, janubida Katta Avstraliya qoʻltiqlari bor. Katta yarim orollari – shimolida Arnemlend va Keyp-York. Tasmaniya oroli A.dan kengligi 224 km li Base boʻgʻozi orqali ajralib turadi. A. shimolida yirik orollardan Yangi Gvineya joylashgan. A.ning sharqiy sohili boʻylab behisob marjon orollaridan tashkil topgan Katta Toʻsiq rifi 2300 km masofaga choʻzilib yotadi.Tabiati. Orografiyasi. A. relefining aksariyat qismi tekislik. Dengiz sathidan oʻrtacha balandligi (215 m) jihatidan A. materiklar ichida eng past. Yer yuzasi 95% ining mutlaq balandligi 600 m dan oshmaydi. Yirik orografik qismlari: 1) Gʻarbiy Avstraliya yassi togʻligi – oʻrtacha mutlaq balandligi 400–500 m, tizmalar va supa togʻlardan iborat; 2) Markaziy payettekislik – koʻp qismining mutlaq balandligi 100 m ga yetmaydi. A.ning eng past nuqtasi ham (–12 m) oʻsha yerdagi botiqda joylashgan Eyr koʻli yonida; 3) Katta Suvayirgich tizma (materik sharqida) – oʻrtacha balandlikdagi ayrim-ayrim, choʻqqilari yassi tizma togʻlar. A.ning eng baland nuqtasi – Kossyushko togʻi (2230 m) janubidagi Avstraliya Alp togʻlarida. A.ning hozirgi relefi asosan kembriygacha boʻlgan davrda vujudga kelgan va keskin tektonik oʻzgarishlarga uchramagan, yer yuzasi uzoq davrlar ichida yemirilib, natijada qoldiq togʻlar bilan birga keng tekisliklar vujudga kelgan. Katta Suvayirgʻich tizma yemirilgan paleozoy burmali togʻlari oʻrnida vujudga kelgan. Nallarbor tekisligida, Moviy togʻlarda, Barkli va Aterton platolarida karst relef shakllari uchraydi.Geologik tuzilishi va foydali qazilmalari. A.ning aksari qismi Avstraliya platformasi oblastida joylashgan, sharqiy qismi esa Sharqiy Avstraliya burmali geosinklinal mintaqasiga kiradi. Kembriydan avval vujudga kelgan platformaning materik zaminidagi kristall hamda metamorfik jinslari Gʻarbiy plato, Tasman yeri, Gʻarbiy Avstraliya qalqoni va boshqa joylarda yer yuzasiga chiqib qolgan; sharqda (Markaziy pasttekislikning gʻarbida) esa quruqlik va koʻl yotqiziqlari ostida koʻmilib ketgan, shuningdek Sharqiy A. platformasida ham uchraydi. Yuqori paleozoyda va mezozoyning birinchi yarmida Avstraliya platformasi qadimgi Gondvana materigi bilan tutash boʻlgan. Uchlamchi davr oxiri va toʻrtlamchi davrda roʻy bergan tektonik harakatlar A.ni Yangi Gvineya o., Malayya arxipelagining sharqiy orollari va Tasmaniyadan ajratib yuborib, materikni hozirgi qiyofasiga keltirgan.Avstraliya platformasi oltin va polimetallga, temir rudasi va boksitga boy, Flinders tizmasida uran va radiy rudalari uchraydi. A. sharqida toshkoʻmir va qoʻngʻir kumir konlari bor. Katta Artezian havzasi, Viktoriya shtati sohillarida neft va gaz topilgan.Iqlimi. A.ning shimoliy qismi (20° j.k. gacha) ekvatorial mussonli, oʻrta katta qismi (20°–30° j.k.lar oraligʻi) tropik choʻl va janubiy-gʻarbiy chekkasi qishda yogʻin koʻproq yogʻadigan subtropik iqlimli mintaqalarga kiradi. A. Janubiy yarim shardagi eng issiq quruqlik, uning 2/3 qismi choʻl va chala choʻllardan iborat.
Qirgʻoqlardan materik ichkarisiga tomon 103yogʻin miqdori tez kamayib boradi, lekin koʻp yillik yogʻinsiz davrlar boʻlmaydi. Yozda (dekabr–fevral) quruqlik gʻoyat qizib (temperatura 36° dan ortadi) materik ustida past bosim oblasti vujudga keladi, uning janubiy chekkalaridagina baland bosim qaror topadi, shu sababli janubi-gʻarbda va Nallarbor tekisligida yogin tushmaydi. temperaturaning mavsumiy oʻzgarishi asosan tropik va subtropik mintaqalarning ichki rayonlarida koʻproq namoyon boʻladi. Yanvar oyida 40° dan yuqori issiq temperaturalar shimoli-gʻarbda (Marbl-Bar) boʻladi.
Mutlaq maksimum temperatura 53,1° Klonkarrida (Kvinslend) kuzatilgan. Mutlaq minimum temperatura A.ning ichki rayonlarida – 4,6°gacha tushadi. Faqat Avstraliya Alp togʻlarida sovuq barqarorroq boʻlib turadi. U yerda – 22°gacha sovuq qayd qilingan. Tekisliklarda tuproqning yuza qatlami ahyon-ahyondagina muzlaydi. Yil davomida ik-kita mavsum – quruq va yogʻingarchilik mavsumlari kuzatiladi. Murrey tekisli-klarida momaqaldiroqli jalalar, janubi-sharqdagi togʻlarda musson yomgʻirlari yogʻadi. Sharqiy sohilning koʻp qismida iqlim tropik dengiz iqlimi, issiq. Shi-molda yogʻinlarni shimoli-gʻarbiy mussonlar keltiradi. Bu yerda yogʻin sohilda 1500 mm, 10°– 20° j.k.da 400–500 mm. A.da eng koʻp yogʻin (2243 mm) Kernsda yogʻadi. Eng kam yogʻin (300–250 mm) materik gʻarbida yogʻadi. Katta Suvayirgʻich tizmasi Tinch okeandan esuvchi iliq va nam shamollarni toʻsib, A.ning sharqiy sohili va ichki rayonlarida yogʻin taqsimotini murakka-blashtiradi. Qishda (iyun– avgust) A.ning ayniqsa janubiy va janubi-sharqiy qismlari sovib (12°, 5°), yuqori bosim oblasti tarkib topadi.Ichki suvlari. A.ning60% maydoni oqmas ichki havzaga, 7% Tinch okean va 33% Hind okeani havzasiga mansub.
A.da oqar suvlar koʻp emas. Okeanga quyiladigan daryolar qisqa, togʻlardan boshlanadi, suv miqdori doimiy emas. Eng sersuv daryosi Murrey (Marri), yirik irmogʻi – Darling. Ichki berk havzani kesib oʻtuvchi quruq oʻzan (krik)lar koʻp, ularda faqat yogʻingarchilik vaqtlaridagina suv oqadi. A. choʻllaridagi suvlar shoʻr. Yer osti suvlari koʻpincha minerallashgan, zaxirasi katta. Ular bir necha artezian havzada toʻplangan, bunday suv 200 m, ba’zan 500 m gacha chuqurlikdan chiqadi. Shoʻr koʻllar ichida eng yirigi Eyrning yozda maydoni ba’zan 15000 km² ga yetadi. Undan janubida Torrens, Gerdner, Gʻarbiy platoda Amadiyes koʻllari bor. A. yer osti suvlariga boy. Umumiy maydoni 4800 ming km² ni tashkil qilgan 33 ta artezian havzasi mavjud; bulardan eng yiriklari – Katta Artezian, Murrey, Morton-Klarens, Yukla, Offiser, Jorjina. Yer osti suvlaridan qurgʻoqchil rayonlarda sugʻorish, sanoat va transport ehtiyojlari uchun foydalaniladi.Tuproq va oʻsimliklari. A.ning organik dunyosi boʻr davri oʻrtalaridan boshlab boshqa quruqliklardan ajralgan holda rivoj topgan, shuning uchun flora tarkibida endemik turlar koʻp (75%). A. maxsus flora oblastini tashkil qilgan (qarang Avstraliya floristik dunyosi). Ichki A.ning katta qismi qumli va toshloq choʻllar (Katta Qumli choʻl, Viktoriya va Gibson choʻllari) bilan band. Choʻllarni boʻz va jigarrang boʻz tuproqli, asosan evkalipt va akatsiya butalaridan iborat tikanakli qalin chakalakzorlar bilan qoplangan chala choʻllar oʻrab olgan. Bir oz sernamroq chala choʻllar butazor – skreblar bilan band. Chala choʻl va savannalardan tabiiy yaylov sifatida foydalaniladi. Boʻr davriga kadar A.ning Janubiy Amerika va Afrika bilan quruqlik orqali tutash-ganligini proteylar va ba’zi igna bar-glilarning umumiy oilaga mansubligi tasdiqlaydi. Shim., sharq, janubi-sharq va janubi-gʻarbda yogʻin miqdori orta boradi va bu yerlarda qizgʻish-qoʻngʻir va qizil tuproqli savannalar uchraydi. Materikning shimoli-sharqi doimiy yashil tropik oʻrmonlar bilan, janubi-sharqi evkaliptli subtropik oʻrmonlar bilan qoplangan. Chala choʻl va savannalar yaylov ahamiyatiga ega. Tovar mahsulot beruvchi oʻrmonlar A. maydonining qariyb 2%ini tashkil 104qiladi.Hayvonot dunyosi. A. faunasi oʻziga xos boʻlganligidan uni alohida Avstra-liya zoogeografik oblastita ajratil-gan. A. faunasida yuksak sut emizuvchi hayvonlar (odamlar chetdan keltirgan dingo itidan tashkari) deyarli yoʻq. Ma-terikda mezozoy va uchlamchi davr fauna-sining vakillari hozirgacha saqlangan.
Masalan, tuxum qoʻyuvchi sut emizuvchilardan yexidna va oʻrdakburun, baliqlardan ikki xil nafas oluvchi seratod, qopchiqli sut emizuvchilardan kenguru, ayiklar (koala) va boshqa A.ning koʻp yovvoyi hayvonlari odamlarning xoʻjalik faoliyati va tartibsiz ov qilishi natijasida kamayib ketgan. A. uchun tipik qushlar: kakadu toʻtisi, emu tuyaqushi, katta oyokli tovuqlar, qora oqqush, jannatqush, tovusdum va boshqa Yevro-padan xonaki hayvonlar keltirilgan.Tabiat rayonlari. A.ning tekislik qismlaridagi subekvatorial, tropik va subtropik mintaqalarida geografik zonallik yaqqol koʻrinadi. Yillik yogʻin miqdori 200–250 mm boʻlgan choʻl zonasi katta maydonni egallagan. Plato va yassi togʻliklar toshloq choʻllardan iborat. Avstraliya Alp togʻlarida balandlik land-shaft mintaqalari aniq namoyon boʻlgan. A.ning tabiiy landshaftlari odamlar tomonidan juda oʻzgartirib yuborilgan. Tabiatni qoʻriqlash koʻproq Janubiy A.da yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Maunt Buffalo, Kossyushko, Saut-Uest (Tasmaniya o.),
Uayperfild va Uilsons-Promontori, Eungella va boshqa milliy parklari bor.Kashf etilishi va tadqiq qilinish tarixi.A. haqidagi dastlabki noaniq ma’lumotlar yevropaliklarga portugal dengizchilari orqali 16-asrda yetib kelgan. Ammo A.ning shimoliy qismlarini ba’zi bir indonez qabilalari qadimdan bilishgan boʻlsa kerak. A.ni 1606-yilda gollandiyalik V. Yanszon kashf qilgan va Yangi Gollandiya deb atagan. Bir necha oydan soʻng ispaniyalik L. Torres A.ning Keyp-York yarim orol shimolidagi boʻgʻozdan suzib oʻtdi. Bu boʻgʻoz keyinchalik uning nomiga qoʻyilgan. Yava o.ga qatnab turgan golland dengizchilari 1640-yilda materikning gʻarbiy, qisman shimoliy va janubiy sohillarini kashf etgan. 1642-yilda Tasman A. dan janubroqda suzib, Tasmaniya o.ni topdi va materikning Antarkt-dadan uzoqda joylashganligini isbot etdi. J. Kuk 1770-yilda A.ning sharqiy sohillarini kashf etdi va uni Yangi Janubiy Uels deb atadi. M. Flinders va N. Boden tadqiqotlari bilan A. janubiy sohillarining kashf etilishi tugʻallandi. M. Flinders materikni Avstraliya ("Janubiy Yer") deb atadi va 19-asrdan shu nom bilan mashhur boʻlib qoldi. A.ning ichki qismi yevropaliklarning chorva mollari uchun yaylov va suv qidirish maqsadlarida oʻrganiddi. Koʻpdan-koʻp geografik tadqiqotlar natijasida butun A.ning tabiat boyliklari asosan oʻrganib boʻlindi. Bu esa qit’aning xoʻjalik jihatdan tez oʻzlashtirilishiga olib keldi. Keyingi vaqtlarda qazilma boyliklar qidirib topish borasida xususiy tadqiqotlar olib borilmoqda. A.da Avstraliya davla-ti joylashgan.Ad.: Qit’alar tabiiy geografiyasi, T., 1967; Muxin G. I, Avstraliya i Okeaniya, M., 1967; Svet Ya. M., Istoriya otkritiya i issledovaniya Avstralii i Okeanii, M., 1966.[1]
Avstraliya Ittifoqi (Commonwealth of Australia) Avstraliya materigini qoplovchi davlat. Maydoni — 7 million 692 ming 024 km². Aholisi — 25,8 million kishi (2021). Poytaxti — Kanberra shahri. Avstraliyani gʻarbda Hind okeani, sharq, janub va shimoldan esa Tinch okeani suvlari yuvib turadi. Hududi kattaligi boʻyicha Avstraliya jahonda 6-oʻrinda turadi. Davlatni Buyuk Britaniya qirolichasi nomidan general-gubernator idora etadi. Amaldagi general-gubernator - Piter Cosgrouv. Bosh vazir: Scott Morrison Ommabop Poytaxt: Kanberra Hudud: 7 692 000 km² Pul birligi: Avstraliya dollari Qiziqarli joylar: Sidney, Melburn, Brisben, Pert, Adelaida, Gold Coast, Cairns, Byron Bay, Kanberra.
Davlat tuzumi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Avstraliya– Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiruvchi federal davlat. Avstraliyaning amaldagi Konstitutsiyasi 1901-yilda qabul qilingan. Davlat tuzilishi shakli jihatidan – federatsiya. Davlat boshligʻi – Buyuk Britaniya qiroli (qirolichasi), general-gubernator uning vakili hisoblanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat ikki palatali (vakillar palatasi va senat) federal parlament. Vakillar palatasi (quyi pa-lata) 3 yil muddatga, senat (yuqori palata) deputatlari har bir shtatdan 6 yil muddat-105ga saylanadi. Senat tarkibining yarmi har 3 yilda yangilanadi. General-guberna-tor va bosh vazir boshchilik qiladigan hukumat ijroiya hokimiyatni amalga oshiradi. Avstraliyaning har bir shtati oʻz kon-stitutsiyasi, parlamenti va hukumatiga ega; shtatlarning huquqlari cheklangan.
Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Avstraliya hozirgi aholisining aso-siy qismi – Britaniya o.laridan koʻchib kelganlarning avlodlari – inglizlar, irlandlar, shotlandlar boʻlib, ular av-straliyaliklar millatini tashkil etadi (qarang Avstraliyaliklar). Tub joy aholi va duragaylar Avstraliya aholisining 1,5% ni tashkil etadi; ukrainlar, italyanlar, nemislar, greklar, gollandlar va boshqa ham yashaydi. Bir necha yuz oʻzbek bor. Rasmiy tili – ingliz tili. Aholining oʻrtacha zichligi – 1 km² ga salkam 2 kishi. Aholining 80% ga yaqini materikning sharqiy va janubi-sharqiy sohilida istiqomat qiladi; aholining – 2/3 qismi yirik shaharlarda yashaydi. Eng yirik shaharlari: Sidney, Melburn, Brisben, Adelaida, Pert.
18-asrgacha Avstraliya aborigenlari ibtidoiy jamoa tuzumi sharoitida yashagan. Yevropaliklardan birinchi boʻlib mate-rikka golland dengiz sayyohlari V. Yans-zon (1606) va A. Ya. Tasman (1642) kelganlar. Yangi qitʼani oʻrganish uchun Angliya bir necha ekspeditsiya, jumladan J. Kuk rahbarligidagi ekspeditsiyani yubordi (1770). 1788-yilda A. Angliya hududi deb eʼlon qilindi.19-asrning 20-yillaridan boshlab A.da qoʻychilik rivojlandi, 30-yillarda dast-labki sanoat korxonalari paydo boʻldi. 19-asrning 2-yarmidagi "oltin talvasasi" (1851–61) munosabati bilan koʻchib keluvchilar ancha koʻpaydi. Angliya hukumati A.dagi mustamlakalarda boshlangan keng xalq harakati (oltin izlovchilarning 1854-yildagi Evrika qoʻzgʻoloni va boshqa isyonlar) tazyiqi ostida 1855-yilda ularning koʻpchiligiga oʻzini oʻzi boshqarish xuquqini berishga majbur boʻldi. 1901-yil A.dagi mustamlakalar 6 shtatdan ibo-rat federatsiyaga – Avstraliya Ittifoqiga birlashtirildi va u dominion maqomini oddi. 1906-yilda unga Britaniyaning Pa-pua mustamlakasi (Yangi Gvineya o.ning janubi-sharqiy qismi), Birinchi jahon urushidan keyin esa (bu urushda A. qoʻshinlari Bri-taniya armiyasi tarkibida jang qildi) Germaniyaning sobiq Yangi Gvineya mu-stamlakasi (Yangi Gvineya o.ning shimoli-sharqiy qismi) va Nauru orol (Millatlar Ittifoqi mandati ostidagi hudud sifa-tida) berildi. Ikkinchi jahon urushi vaqtida A. gitlerchilarga qarshi koalitsiya tarafida harakat qildi. 1945-yildan Avstraliya– BMT aʼzosi. Urushdan keyin A. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibida qolgan holda mustaqil davlatga aylandi. Urushdan keyin deyarli doimo hokimiyat tepasida burjua partiyalari – liberal va agrar (1975-yildan milliy agrar) partiyalari koalitsiyasi boʻldi. Faqat 1949-yilgacha, 1972-75 yillarda va 1983-yilda hukumatni leyboristlar tuzdi. Bu par-tiya tashki va ichki siyosatda mustaqil yoʻldan borish uchun bir qancha tadbirlarni amalga oshirdi. A. hukumati Nauru (1968) va Papua Yangi Gvineya (1975)ga mustaqillik berishga majbur boʻldi. 1991-yilda A. bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida diploma-tiya munosabatlari oʻrnatilgan. Milliy bayrami – A. kuni (26-yanvar).
Siyosiy partiya va kasaba uyushmalari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Avstraliya milliy partiyasi, 1916-yilda tashkil etilgan; Avstraliya liberal partiyasi, 1944-yilda tuzilgan; A. leyboristlar partiyasi, 1891-yilda tashkil etilgan; A. demokratlari partiyasi, 1977-yilda tashkil etilgan. Avstraliya kasaba uyushmalari kengashi 1927-yilda tuzilgan. Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi.
Xoʻjaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Avstraliya– yuksak darajada rivojlangan industrial agrar mamla-kat. Iqtisodiyotda yirik monopoliyalar hukmron, xorijiy sarmoya, asosan AQSH va Buyuk Britaniya sarmoyasi katta mavqega ega. A. temir ruda, boksit, rutil, qoʻrgʻoshin, jun, shakarqamish mahsuloti eksport qilish sohasida yetakchi oʻrinda, 106koʻmir, rux, mis, marganes, bugʻdoy, goʻsht eksport qilishda oldingi oʻrinlardan birida turadi.
Sanoati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Avstraliya sanoati yalpi milliy mahsulotning 30% ni beradi. Uning aso-siy tarmoqlari: konchilik, metallurgiya, kimyo, mashinasozlik, oziq-ovqat, yengil sanoat. Asosiy energetika resurslari – kumir va tabiiy gaz. Issiklik elektr stansiyalari elektr energiyaning 80% ga yaqinini hosil qilib beradi. 1994–95 yil 155 mlrd. kVt-s elektr energiyasi hosil qilingan. Eng katta temir ruda havzasi – Gʻarbiy A.dagi Pilbara koni, rangli metall rudalari, asosan Broken-Xill (Yangi Janubiy Uels) va Maunt-Ayza (Kvin-slend), boksitlar Ueypa koni (Kvin-slend) va Gov (Shimoliy hudud)dan qazib olinadi. 1994–95 yil Ill mln. tonna temir rudasi, 202 mln. tonna toshkoʻmir, 32,9 mln. tonna neft, 20,7 mlrd. kub-metr tabiiy gaz, 256 t oltin qazib olingan. Sanoatda mashinasozlik, metallurgiya, kimyo, neft kimyosi (oltin-gugurt kislo-tasi, mineral oʻgʻitlar) va neftni qayta ishlash tarmoqlari ustunlik qiladi. 1994–95 yil 6,2 mln. t poʻlat, 237 ming t mis, 211 ming t qalay, 1,2 mln. t alyu-miniy va 360 min-gga yaqin avtomobil ishlab chiqarilgan. Oziq-ovqat sanoati koʻproq eksportga (goʻsht, un, qand-shakar, sariyogʻ-pishloq, pivo, vino) moslangan. Toʻqimachilik, tikuvchilik, poyabzal korxonalari bor. Asosiy sanoat markazlari: Sidney, Melburn, Brisben, Adelaida, Pert. Vullogong – Port-Kembla, Nyukasl, Jilong, Kuinana port-sanoat majmualari shakllangan.
Qishloq xoʻjaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Avstraliya – yirik yer egaligi mamlakati. Foydalaniladigan yerlarning 80% dan ortigʻi yirik yer egalari qoʻlida. Fermalar sertovarligi, mexani-zatsiyalashuvi va ixtisoslashuvi bilan ajra-lib turadi. Avstraliya (davlat) mahsuloti qiymatining 60% dan koʻprogʻini chorvachilik beradi. Qoʻylar 174 mln., qoramol – 24,1 mln. boshni tashkil etadi. Qoʻychilikning asosiy rayonlari – janubi-sharqiy va janubi-gʻarbiy sohil; sut yetishtiruvchi rayon janubi-sharqiy sohil, goʻsht yetishtiruvchi rayon mamlakat sharqi va shimoli.

Salkam 15 mln. gektarga ekin ekiladi, shundan 1,5 mln. gektari sugʻoriladi. Asosiy ekinlar – bugʻdoy (hosili yiliga oʻrtacha 14,3 mln. t) va shakarqamish, shuning-dek arpa, suli, supurgi, joʻxori, sholi, makkajoʻxori, kartoshka, paxta, tama-ki, uzum, mevali daraxtlar. Bir yilda oʻrtacha 3,7 mln. t. shakar xom ashyosi, 3,7 mln. t. goʻsht, 720 ming t. jun yetishtiradi.


Transporti[tahrir | manbasini tahrirlash]
1996-yilda avtomobil yoʻllari 900 ming km, jumladan qattiq qoplamali yoʻllar – 420 ming km, temir yoʻl– 40,6 ming km ni tashkil qildi. Asosiy dengiz portlari – Sidney, Melburn, ixtisoslashtirilgan portlar – Port-Xedlend, Dampir (temir ruda joʻnatish). Xalqaro aeroportlari: Sidney, Mel-burn, Pert, Darvin.
Tashqi savdosi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Eksportda qishloq xoʻjaligi mahsulotining ulushi 30%, mineral xom ashyo 27,8% va tayyor sanoat mahsulotlari 20% ni tashkil etadi. Tayyor isteʼmol mollari, asbob-uskunalar, neft chet eldan keltiriladi. Asosan Yaponiya, AQSH, Buyuk Britaniya bilan savdo-sotiq qiladi. Pul birligi – A. dollari.
Tibbiy xizmati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Davlat kasalxonalaridan tashqari tibbiy xizmat aso-san xususiy shifokorlar tomonidan koʻrsatiladi. Shifokorlar soni 18 ming (721 kishiga 1 shifokor). Shifokorlarni universitetlarning 8 tibbiyot fakulteti tayyorlaydi. Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari. Avstraliyada bolalarga 6 yoshdan 15 yoki 16 yoshgacha (har bir shtatda har xil) majburiy taʼlim beriladi. Tub joy aholining 40% savodsiz. Davlatga va xususiy shaxslarga karashli makta-blar bor. Oliy taʼlim – pulli. Avstraliyada 26 universitet, 35 kollej bor. Eng yirik oliy oʻquv yurtlari: Sidney, Adelaida, Melburn universitetlari, Adelaida, Melburn texnika institutlari. Bir qancha akademiyalar, shu jumladan Avstraliya Fanlar Akademiyasi, institut institutlari va ilmiy jamiyatlar bor. Eng yirik kutubxonalar: Kanberradagi Milliy ku-tubxona, Sidney universiteti kutubxonasi va boshqa 107Muzeylar: Avstraliya muzeyi (Sidney), Viktoriya shtatining Milliy galereyasi (Melburn) va boshqa.
Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Avstraliyada 70 dan koʻproq kun-dalik gaz. (10 asosiy gaz.ning tiraji – 5 mln. nusxadan ziyod) va 592 boshqa davriy nashrlar chiqadi. Kundalik "Gerald-san nyus piktorial" ("Xabar-noma – Quyosh", 1990-yildan), "Sidney morning gerald" ("Sidney tong xabar-nomasi", 1831-yildan) eng salmoqli gaz.lar hisoblanadi. Asosiy axborot agentligi – Ostrelian assoshieyted press (1935-yilda asos solingan). 100 radiostansiya va 85 telemarkaz ishlaydi. "Ey-bisi" va "Ey-bi-es" umummilliy teleradio-eshittirish kompaniyasi mavjud. Radio-eshittirishlar 1923-yil, telekoʻrsatuvlar 1956-yildan yoʻlga qoʻyilgan.
Adabiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
Avstraliya adabiyoti ingliz tilida (aborigenlarning oʻz yozuvi yoʻq). 19-asrning 1-yarmida metropoliya adabi-yoti taʼsirida rivojlandi. Milliy realistik adabiyot 90-yillardagi ijti-moiy-siyosiy yuksalish muhitida yuzaga keldi. Unga T. Kollinz, X. Louson va boshqa asos soldi. Birinchi jahon urushi voqealari A. adabiyotining yanada ravnaq topishiga koʻmaklashdi. Bu davr asarlarida jabr-zulm fosh qilindi, aborigenlarning fojiasi aks ettirildi (K. S. Prichard, X. X. Richardson, E. V. Palmer, K. Tennant, B. Penton va boshqalarlar). A. Marshall, J. Morrison prozasida, B. Adamson, M. Gilmor poeziyasida jamiyat nuqsonlari tanqid qilindi, milliy mustaqillik gʻoyalari tarannum etildi. Irqiy kamsi-tish adiblarning muhim mavzuidir. Bunga F. B. Vikersning "Sarob" (1955), D. Kyuzekning "Quvgʻindagi quyosh" (1955) va "Qora chaqmoq" (1964), G. Keysining "Snoubol" (1958), D. Styuartning "Yen-di" (1959), M. Dyurekning "Uni saqla, ona yurtim" (1955) asarlari va boshqa asarlar misol boʻladi. Dramaturgiyada hozirgi zamon muammolariga murojaat etilgan: A. Terner, S. Lokk-Elliot, K. Dankan, D. Kyuzek, O. Grey, R. Louler, M. Brend pesalari.
Meʼmorligi[tahrir | manbasini tahrirlash]
A.da meʼmorlik 18-asr oxirlarida ingliz klassitsizmi va yangi gotikasi ruhida rivojlana boshladi. 19-asrning 2-yarmidan Sidney, Melburn, Brisben, Adelaida shaharlarida toʻgʻri bur-chakli koʻp qavatli uylar qurildi. 20-asrning 20-yillaridan A. meʼmorligida yangi oqimlar, asosan konstruktivizm yoyi-la boshladi (poytaxt Kanberra, 1913–1927, meʼmor U. Griffin). Zamonaviy inshootlar orasida Sidneydagi opera teatri (meʼmor G. Zaydler), Melburndagi olimpiada stadioni (1956) va boshqa diqqatga sazovor.
Tasviriy sanʼati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Avstraliya badiiy mada-niyati ikki ilk asosga ega. Ularning biri aborigenlar sanʼati (oʻymakorlik, bumeranglarga naqsh solish, gʻorlardagi qoya toshlarda inson qiyofasini tasvir-lash), ikkinchisi – yevropacha madaniyat. 18-asrning oxiri – 19-asrning boshlarida A. tabiatining aynan aniq tasviri (K. Martene, A. L. Byuvelot), hajviy grafika (S.T.Xill) paydo boʻldi. 19-asr oxiri – 20-asr boshlarida hayotiy rangtasvir milliy maktabi rivojlandi (rassomlar J. U. Lambert, F. Mak-Kabin, N. Kuni-xon, haykaltarosh P. Dadsuel). 20-asrning 40-yillarida aborigenlarning yangi sanʼati vujudga keldi (Namatjir va Pa-rerulya oilalari).
Musiqasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Avstraliya tub joy aholisining musiqiy xalq ijodiyoti oddiy usullar joʻrligida raqsga tushib, qoʻshiq aytishdan iborat: cholgʻu asboblari – qayroq, dovul, dijeridu va shahrik. 18-asr oxirlaridan yevropacha musiqa rasm boʻla bosh-ladi. 1847-yilda Sidneyda A. Natanning "Avstriya Don Joni" degan birinchi A. operasi sahnalashtirildi. Adelaida, Melburn, Sidney, Brisben, Kanberra, Xobartda konservatoriyalar bor. A. musiqa arboblari – kompozitorlardan A. Xill, J. Antil, A. Benjamin, dirijyor B. Xeynse, skripkachi B. Kimber, xo-nandalar N. Melba, X. Bleyr va boshqa
Teatri[tahrir | manbasini tahrirlash]
Avstraliyada dastlabki spektakllar 18-asrning 80-yillarida koʻchib kelgan yevro-108paliklar tomonidan qoʻyilgan. 19-asrning 30–40-yillarida Sidney va boshqa shaharlarda doimiy ishlovchi teatrlar barpo etildi. Milliy teatrning shakllanishida 20-asrning 10–30-yillarida adabiy-teatr birlashmalari koʻmak berdi, ular aso-san mamlakatda yaratilgan pesalarni sahnalashtirdilar (K. S. Prichard, L. Esson, U. Mur, K. Uotson). Avstraliyaning "Odd tout", "Independent tietr" yetakchi mil-liy teatrlari tijorat teatrlariga ("Ti-vali" va boshqalar) qarama-qarshi turadi. Yangi teatrlar deb atalgan yarim professional teatrlar ham ishlab turibdi.
Download 25.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling