Sidney, Sidni — Avstraliyaning jan.sharqiy qismidagi shahar, PortJekson qoʻltigʻining har ikki sohilida. - Sidney, Sidni — Avstraliyaning jan.sharqiy qismidagi shahar, PortJekson qoʻltigʻining har ikki sohilida.
- Mamlakatning savdomoliya markazi.
- Yangi Janubiy Uels shtatining maʼmuriy markazi.
- Aholisi 7,3 mln. kishi (2017), aholi soni boʻyicha mamlakatda 1-oʻrinda.
- Mamlakatning yirik iqtisodiy markazi, bosh porti.
- Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega.
- Transport, elektrotexnika mashinasozligi, radioelektronika, kora va rangli metallurgiya, neftni qayta ishlash, kimyo, toʻqimachilik, poligrafiya, oziq-ovqat, qogʻoz sanoati korxonalari mavjud.
- Sanoat korxonalari, asosan, qoʻltiqdan shimolida va shahar atroflarida.
- Moliyaviy muassasalar esa janubida joylashgan.
Melburn — Avstraliyaning janubisharqiy qismidagi shahar. - Melburn — Avstraliyaning janubisharqiy qismidagi shahar.
- Viktoriya shtatining maʼmuriy markazi.
- Port-Fillip qoʻltigʻi sohilida.
- Aholisi 4,5 mln. kishi (2017); aholisining soni boʻyicha mamlakatda Sidneydan keyin 2-oʻrinda.
- Shaharga 19-asrning 30-yillarida asos solingan va Buyuk Britaniya bosh vaziri nomi bilan Melburn deb atalgan.
- 1901—27 yillarda Avstraliya Ittifoqi poytaxti.
Adelaida — Avstraliya Ittifoqining janubidagi shahar. - Adelaida — Avstraliya Ittifoqining janubidagi shahar.
- Janubiy Avstraliya shtatining maʼmuriy markazi.
- Aholisi shahar atrofi bilan 2,2 mln. kishi (2017).
- Torrens daryosi kesib oʻtadigan qurgʻoqchil sertepa joyda. 1836-yilda bunyod etilgan.
- Avstraliya - mamlakatning eng yirik sanoat markazi va portlaridan biri.
- Ikkinchi jahon urushigacha Avstraliyada asosan oziq-ovqat sanoati (un tortish, meva kon-servalash, vino sanoati), toʻqimachilik, tikuvchilik va poyabzal sanoati rivoj-langan edi.
- Mashinasozlik, elektroni-ka, elektrotexnika sanoatining yirik markazi.
Do'stlaringiz bilan baham: |