Avstraliya va Okeaniyaning siyosiy xaritasi. Jahonning yetakchi siyosiy, iqtisodiy tashkilotlari


Download 162 Kb.
bet2/4
Sana16.04.2023
Hajmi162 Kb.
#1358648
1   2   3   4
Bog'liq
Jalolova Zilola. Amaliy mashg\'ulot-9

Okeaniyaning tarkibiy qismlari

Asosan ekvatorial, subekvatorial, tropik, subtropik va mo‘tadil mintaqalar hududida joylashgan. Yog‘in miqdori 1500–4000 mmni, o‘rtacha harorat esa +24° C; +28° C ni tashkil etadi. Yirik tog‘li orollarda qizil, tog‘ laterit, tog‘ o‘tloq, jigarrang qo‘ng‘ir, jigarrang tuproq turlari tarqalgan. Atollarda esa nisbatan past unumli, g‘ovaksimon, suvni o‘zida saqlash imkoniyatiga ega bo‘lmagan tuproqlar mavjud. Suv resurslari bilan yaxshi ta’minlangan. Sepik (1126 km), Flay (1050 km), Uaikato (425 km) Okeaniyaning eng yirik daryolari hisoblanadi. Orollarda mineral resurslardan nikel (Yangi Kaledoniya), neft va gaz (Papua-Yangi Gvineya, Yangi Zelandiya), mis (Papua-Yangi Gvineya), oltin (Papua-Yangi Gvineya, Fidji), fosfat (Nauru), dengiz hudularidagi iqtisodiy zonalarda temir-marganes qotishmalari, kobalt kabilar qazib olinadi.


Okeaniya orollari davlatlarining asosiy qismi aholi soni kam bo‘lgan davlatlar hisoblanadi. Aholisi, asosan, avstraloid kichik irqiga mansub polinez, melanez, mikronez va papuaslardan tashkil topgan. Milliy tarkibida turli qabila va urug‘ vakillarining salmog‘i yuqori. Ular papuas va avstronez oilalariga mansub. Lekin, mahalliy tillar deyarli muomalada emas. Asosan, muloqotda ingliz va fransuz tillaridan foydalaniladi. Xristian diniga e’tiqod qiluvchilar salmog‘i yuqori, bundan tashqari, qabilalarda an’anaviy dinlarga e’tiqod qiluvchilar ham bor.
Tabiiy resurslarga kambag‘alligi, orollararo aloqalarda qiyinchiliklarning mavjudligi, mineral resurslar miqdorining chegaralanganligi, asosiy eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish jarayoni xalqaro monopoliyalar qo‘l ostida to‘planganligi Okeaniya davlatlari iqtisodiyoti rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Aholining asosiy faoliyat sohasi qishloq xo‘jaligi hisoblanadi. Unda eksportbop monokul’tura ekinlari yetishtirish (kokos pal’masi, shakarqamish, ananas, banan, kofe, kakao) asosiy o‘rin tutadi. Okeaniya davlatlari jahon bo‘yicha kopra (quritilgan kokos) eksportining 10%, ananas hosilining 90% ini beradi. Chorvachilik, asosan, yirik orollar hududida rivojlangan. Chorva mollari soni bo‘yicha mintaqa davlatlari orasida Yangi Zelandiya yetakchilik qiladi.
Dengiz biologik resurslariga ega bo‘lgan mintaqa davlatlari qishloq xo‘jaligida baliqchilik sohasi so‘nggi yillarda rivojlanib bormoqda. Sanoatida asosan eksportbop qishloq xo‘jalik mahsulotlarga birlamchi qay ta ishlov berish, o‘rmon va konchilik sanoati korxonalari faoliyat olib boradi. Tabiiy rekreatsion resurslar ta’sirida xalqaro turizm rivojlanmoqda. Ayniqsa, Fidji, Solomon orollari sayyohlar eng ko‘p tashrif buyuradigan hududlar bo‘lib hisoblanadi.
Okeaniya davlatlari orasida Yangi Zelandiya ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasiga ko‘ra oldingi o‘rinda turadi. Rivojlanish xususiyatiga ko‘ra “ko‘chirilgan kapitalizm” davlati hisoblangan ushbu davlat ikkita yirik (Shimoliy va Janubiy orollar) va 700 dan ortiq kichik orollardan tashkil topgan. Hududining 75% i dengiz sathidan 2000 m balandda joylashgan bo‘lib, hududida mineral resurslardan oltin, kumush, tabiiy neft, ko‘mir, turli rangli metallar tarqalgan. Suv resurslariga bilan yetarlicha ta’minlangan bo‘lib, bu yerda 40 dan ortiq daryo va 3280 ta ko‘llar mavjud. Iqtisodiyoti rivojlanishida bu yerda tarqalgan to‘q qo‘ng‘ir, sariq-qo‘ng‘ir, tog‘ tipli tuproqlar katta ahamiyatga ega. 2 mln gektarga yaqin o‘rmon hududlari ham bor. Shu bilan birga tabiiy rekreatsion resurs imkoniyatlari yuqori. Iqtisodiyoti industrial tipda bo‘lgan Yangi Zelandiya sanoatida konchilik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va oziq-ovqat tarmoqlari yaxshi rivojlangan. Chorvachilikda sut chorvachiligi va qo‘ychilik, dehqonchilikda esa bog‘dorchilik va uzumchilik asosiy qishloq xo‘jalik sohasi hisoblanadi. Transportida quruqlik transport turlari bilan birga dengiz transportining ahamiyati katta. Oklend (Yangi Zelandiyaning yagona millioner shahri), Gamilton, Vellington shaharlarini davlatning eng yirik iqtisodiy markazlari sifatida ko‘rish mumkin.
Okeaniya davlatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga erishish muammosidan tashqari, aholi orasida ishsizlik darajasining yuqoriligi, dav-latlarning mintaqa hududidagi orollar nazorati ustidan yuzaga keladigan nizoli holatlar uning asosiy muammolaridan bo‘lib hisoblanadi.



Download 162 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling