Avstraliya xalqlari etnologiyasstrrepla: Avstraliyaning uziga xos geografik joylanishi. Etnogenezi tili va irki


Download 65.5 Kb.
bet1/2
Sana09.06.2023
Hajmi65.5 Kb.
#1471225
  1   2
Bog'liq
Avstraliya xalqlari etnologiyasi




Avstraliya xalqlari etnologiyasi
R e j a:
1.Avstraliyaning uziga xos geografik joylanishi.
2.Etnogenezi. tili va irki.
3.Xujaligi va ijtimoiy tuzumi.
4.Moddiy va ma'naviy madaniyati.
Avstraliya va tasmaniya tub axolisining mustamlakachilikkacha bulgan davrdagi joylashuvi va ularning mustamlakachilik davrdagi takdirlari.Etnogenez muammosi. Turmush tarzi va yillik xujalik faoliyati. Ishlab chikarish asboblari va kurollari. Manzilgoxlari va turar joylari, kiyim-kechak va turmush anjomlari.
Oila nikox munosabatlari. Juft nikox va juft oila. Oila nikox an'analari, marosimlari va urf-odatlari. Gerontakratiya va uning moxiyati.
Ijtimoiy tuzumi. Lokal guruxlar, uruglar va ularning muammosi. Fratriya bulinishi, ekzogamiya va nikox sinflari. Matrilokal va patrilokal kurinishlari. Voyaga yetganlar sinfiy va inisiasiya tartiblari. Kabilalararo munosabatlar va ayriboshlash.
Ma'naviy madaniyati. Diniy tasavvurlari, xalk ogzaki ijodi, musika, tasviriy san'at, oddiy bilimlar.
Yevropaliklar mustamlakachiligi va xozirgi zamon.
“Yashil kit'a” Tinch okeanining janubida joylashgan orollari bilan dunyo chekkasidagi uziga xos ulkadir. Uning iklimi xam, tabiati xam, etnik tuzilishi xam ancha farklidir. Kit'a 7,7 mln. kv.km. xududga eag bulib, 5g'2 kismi tropik iklimli, kolgani subtropik va mu'tadil issik iklimlidir. Ichki ulkalari ancha kirgokchil, urtacha kattalikdagi daryolari materikning sharkida joylashgan. Yozgi jaziramada kurib, takirga aylanadigan bir necha yuz katta-kichik kullar mavjud. Artizan kuduklardan maxalliy axoli kadimdan foydalanadi.
Usimlik va xayavonot dunyosi xam iklimi singari xilma-xil, u yerda usadigan usimliklarning 85 % boshka yerda uchramaydi.Ekvalipt daraxtlari (150 tur) kit'aga guzal manzara kasb etadi. Yirtkichlar kam, fakat yovvoyilashib ketgan Dingo nomli itlar ancha xavflidir. Foydali kazilmalarga ancha boy lekin maxalliy axoli undan foydalana bilmagan.
Xozirda Avstraliya axolisi turli kurama elatlardan tashkil topgan. Kit'ada 20 mln.dan ortik axoli yashaydi. Ammo u notekis joylashgan. Axolining kupchiligi Yevropa, ayniksa Angliya va Irlandiyadan kelgindilaridan iborat. Tub axoli (aborigen) suvsiz chul va saxrolarda nochor axvolda daydilikda kun kechirmokda.
Sunggi tadkikotlarga kura 5 kit'a axolisining kadimiy ajdodlar kelgindilar bulgan degan xulosaga kelish mumkin. Rus tadkikotchisi Ivan Simonov 1825 yilda olib borgan dastlabki tadkikotlariga kura Avstariliyaliklarni Janubiy Xindistonliklarning avlodlari, deb xisoblaydi. 1870 yilda rus tadkikotchisi va sayyoxi N.N.Mikluxo-Maklay uzining jiddiy kuzatishlari asosida avstraliyaliklar mustakil irk degan xulosaga keladi. Mazkur fikrni keyingi kuzatishlar xam tasdiklaydi.
Avstraliyaliklar uziga xos antropologik tipni tashkil etadi. Ularning sochlari kora, tulkinsimon, sokol muylovlari kalin, terisining rangi tuk jigar rang, kalla suyagi chuzinchokrok, peshonasi yotik, kosh usti suyagi chikkan, labi kalin va burni kengrok, buyi urtacha va balandrokdir. Xozirgi tasniflashga binoan katta avstroloid irkiga Avstraliyaning tub axolisi, papuaslar va melaneziyaliklar, negrotoslar va veddoidlar kiradi.
Tasmaniyaliklarning kelib chikishi xali tulik aniklanmagan. Ular sochining jingalakligi, badanining tuk jigar rangda ekanligi, past buyligi bilan Avstraliyaliklardan fark kiladi. Ular antropologik tuzilishi bilan melaniziyaliklarga ayniksa, Yangi Kaledoniyadagi tub axoliga uxshab ketadi. Olimlarning fikricha, Tasmaniyaliklar kadim davrlarda avstraliyadan sikib chikarilgan tub axolining avlodlaridir.
5 kit'aga axolining kuchib kelishi paleolit davriga tugri keladi. 18-19 ming yillar oldin Avstraliya materigi Osiyo bilan kushilgan bulib, eng kadimgi Avstraliyaliklar Janubiy sharkiy Osiyodan kuruklik orkali kuchib kelganlar. Keyinchalik, 12-13 ming yillar ilgari okean suvlarining kutarilishi natijasida 5 kit'a paydo bulgan. Natijada avstraliyaliklar usha davr ijtimoiy tuzumi va madaniyatini to X1X asrga kadar mustaxkam saklab kolgan.
Mustamlakachilar kelgunga kadar Avstraliyaliklar butun materik buylab kuchib yurgan. Ularning soni 250-300 ming kishi bulib, 500 ga yakin urug kabilalarga birikkan. Tillari xam boshka tillarga uxshamaydi. Tub axoli tillarini lingvist A.Kepella 6 yirik turkumga buladi:
1.Janubiy Sharkiy Avstraliya tillari.
2.Yangi Janubiy Uels tili.
3.Shimoliy va Markaziy Kvinsland tili.
4.Markaziy va Janubi-garbiy avstraliya tili.
5.Arixemlend tili.
6.Shimoliy va Shimoliy garbiy xududdagi tillar.
Tilshunos V.Shmilt esa Avstraliya tillarini bir-biriga yakin bulgan ikki - Janubiy va Shimoliy guruxlarga buladi.
Xar bir kabila uz tili va shevasiga ega. 500 dan ortik tillari anik tuzilishi va ravshanligi, grammatik tillarning boyligi bilan ajralib turadi. Masalan. aranda tilida 10 mingdan ortik suz, 450 dan ortik imo belgilari bulib, ulardan keng foydalanishgan. Shuningdek “signallar tili” xam mavjud bulgan, biron narsani anik belgilar yordamida ifodalashgan. Misol, kabiladoshlar uz joylarini tashlab ketayotganlarida oyoklari bilan kumga chizik chizganlar va chizikning uchiga xivich tikib kuyganlar. Chizikning yunalishi va uning uzunligi shu guruxning kaysi tomonga va kancha masofaga ketganligini bildirgan. Bu belgi uz guruxlarining kechikib kolgan a'zolari va shuningdek mexmonlar uchun kilingan. Xavf yoki motam signallari xam keng tarkalgan.
Xujaligi xakida tuxtalsak, yakin davrlargacha avstraliyaliklar va kirilib ketgan Tasmaniyaliklar daydi ovchilik va terib-termachilik bilan shugullanishgan. Ular na dexkonchilik, na chorvachilikni bilganlar. Ovchilik tirikchilik manbai bulganligi uchun bolalarni yoshlikdan ov kilish, kurol ishlatish, xayvon izlarini aniklash va gov tiklash kabi ovchilik sirlarini bilishga urgatishgan. Ular xayvonot dunyosi ancha kambagal bulgan Avstraliyada yirik xaltali xayvonlar(kenguru) va tuyakush (emu) dan tortib to mayda chuvalchang va kurt-kumurskalargacha ovlagan. Ovchilikda katta maxorat va tajribaga ega avstraliyaliklar baland evkalipt daraxtlariga tirmashib chikishda tengsizdirlar.
Kushlarni ovlashda eng asosiy kurol – bumerang bulgan. Kushlarni xar xil turlar va tuzoklar bilan xam ovlaganlar. Ovchilik va balikchilik bilan erkaklar, terib-termachlash bilan esa asosan ayollar shugullanganlar. Gushtni, kush yoki balikni yaxlit xolda olovda yoki chugda pishirib yeganlar.
Avstraliyaliklar chorvachilik, kulolchilik va metallni bilmaganlar. Ammo, tosh, suyak, chiganok, yogoch, usimlik tolasi, xayvon terisidan turli kurol, buyum va idishlar yasashni bilishgan. Yigilgan usimlik va xayvon maxsulotlarini usimlik tolasidan tukilgan xalta yoki yogoch idishlarga saklagan. Donni maxsus tosh yorgichlarda va sukirlarda yanchishgan.
Kiyim-kechaklari ixoyatda kambagal bulgan. Kupchilik kabilalar mutloka kiyimsiz yurishgan. Janubiy sharkiy xududlarda yashovchi kabilalar opossum terisidan kamzul tikib yopinib yurganlar. Bayram – marosimlar vaktida turli bezaklar, takinchoklar takishgan. Badanlarini buyab, patlar yopishtirishgan, terisini jaroxatlab, yul-yul nakshlar tilganlar.
Mukim yashaydigan kishloklari bulmagani bois axoli asosan yuklarini kulda kutarib, piyoda kuchib yurganlar. Daryolar va dengiz soxillarida daraxt kobigidan va katta guladan uyib yasalgan sodda kayik va sollarda, balansirli va yelkanli kemalarda suzib yurganlar.
Avstraliyaliklarning ijtimoiy tuzumi nixoyatda primitiv, ibtidoiy darajada bulgan. Tasmaniyaliklar boshlangich xoldagi urugchilik tuzumi darajasida turganlar. Uruglar kabilalarga birlashib, muayyan xududda bir-biridan ajralgan xolda kuchib yurganlar. Xar bir kabilaning chegarasi uziga yaxshi ma'lum bulgan va uning daxlsizligiga katta e'tibor berilgan. Tasmaniyaliklarda 20 ga yakin kabila bulib, ular 12-50 odamdan iborat lokal guruxlarga bulingan. Bunday guruxlar odatda muayyan munosabatlar asosida uzaro boglangan bulib, bitta juft kabilani tashkil etgan. Aslida Avstraliya kabilasining ikki pallaga yoki ikki nikox sinfiga bulinishi ibtidoiy jamiyatga xos dual tashkiloti bilan boglikdir. Uz navbatida xar “palla” ikki bulak urugdan iborat. Ilk kabila tuzilishining keyingi bu ikki shakli fratriy tuzumi deb ataladi. Fratriya (grekcha birodarlik) nikox tartibiga binoan bir “palla”ga mansub bulgan odamlar uzaro nikoxlana olmaydilar. Balki ular boshka karama-karshi “palla”ning odamlari bilan nikoxdlana olishi mumkin, er va xotin doimo kabilaning xar xil “palla”siga mansub bulishi kerak. Xar bir fratriya (yoki undagi uruglardan biri) boshka fratriyaga nisbatan ( yoki undagi boshka urugga) “ona fratriyasi” (yoki urugi), ikkinchisi esa “ota fratriyasi” (yoki urugi) xisoblanadi. Xar bir fratriya uzining nomiga ega bulib. asosan uning ajdodi xisoblangan xayvon nomi bilan boglik bulgan.
Ular orasida iktisodiy tabakalanish bulmagan. Xar bir lokal gurux bir avlod sifatida yoshiga va jinsiga karab bulingan va mexnat taksim kilingan. Erkaklar ishlab chikarish kurollari yasashgan, ov kilganlar, oilasini kuriklaganlar. Ayollar esa terimchilik kilganlar, bola bokkanlar, ov va terim maxsulotlariga ishlov berib ovkat tayyorlaganlar. Ijtimoiy maxsulotlar teng bulingan, shaxsiy mulkni bilmaganlar.
Voyaga yetgan uspirinlarni kattalar guruxiga utkazishda maxsus inisiasiya marosimi utkazilgan. Masalan, ugil bolalarni ovchilar guruxiga utkazish uchun bolani yoshligidan tayyorlashgan.Dastlab ular voyaga yetgach boshkalardan ajratib kuyilgan va ba'zi taomlarni iste'mol kilish man kilingan, tishlarini urib sindirish, badanini jaroxatlash, utda toblash kabi jismoniy sinovlardan utkazgan. Bir necha yilga chuzilgan inisiasiya marosimlarida yoshlarni kabila urf-odatlari, afsona va rivoyatlari bilan tanishtirganlar. Kariyalarni xurmatlash va tartib koidalarga kattik rioya kilishni, ovchilik va boshka kasb sirlarini egallash maxoratini urgatganlar. Inisiasiya davri voyaga yetgan ugil bolalarni sunnat kilish bilan tugaydi.
Sunnat marosimini Dik Rafsi ma'lumotlariga karaganda, kabila a'zolari maxsus marosim maydoniga tuplanib uyerga beliga kildan tukilgan belbog boglangan bolani olib kelib erkaklar orasiga utkazadilar. Ikki kun davomida erkak va ayollar ashula aytib raksga tushadilar. Uchinchi kun ertalab bolaning karindoshlaridan uch kishi yerga chuzilib yotadi, ularning ustiga bolani yotkizib, balik suyagidan ishlangan maxsus pichok bilan sunnat kilishadi va kesilgan joyga kul sepishadi.
Kesib olingan kismini choy daraxti kopigiga urab kuyadilar va 6 oydan keyin uni bolaning uziga sovga kiladilar. Sunnat kilingan bola urnidan turib ut yokilgan uchok oldida tiz chukadi va kesilgan joyini kuritadi.
Marosim tugagach uspirin biroz vakt yolgiz yashaydi, belgilangan ovkatni yeydi, boshkalar bilan fakat imo – ishora bilan gaplashadi. U amakisining tarbiyasida yarim yil davomida jamoadan ajralgan xolda yashaydi. Amakisi unga ov sirlarini, kabila konunlarini, nayza va boshka kurolardan foydalanish usullarini urgatadi.
Shu muddat tugagach bolani dengiz soxiliga olib borib chumiltiradilar. Turli sovgalar in'om kiladilar, ayollardan biri uning boshiga tur soladi. Demak, bola endi ovchilar katoriga utgan xisoblanadi. Usha kecha yana bazm boshlanadi, ashula aytilib, mukaddas uyinlar ijro etiladi.
Ashulachi oldiga utkazilgan uspiringa yana sovgalar beriladi. Keyin nayza, bumerang, tur va boshka anjomlar beriladi. Oxirida kaysi kiz unga kelin etib atalganligi e'lon kilinadi.Shuning bilan sunnat marosimi tugaydi. Uspirin endi ovchi erkaklar guruxining tulik xukukli a'zosi xisoblanadi. Kizlarni xam ma'lum yoshga yetganda muayyan marosimlar utkazib oilaviy xayotga tayyorlaganlar.
Barcha bayram va marosimlarni utkazishda tajribali va xurmatli, yoshi katta muysafidlarga tayanganlar. Ular raxbarlik vazifasini bajarganlar.
Avstraliyaliklarning ma'naviy madaniyati, diniy e'tikodi ishlab chikarish kuchlarining saviyasi va ijtimoiy tuzumiga mos kelgan. Ularning tasavvurida tevarak-atrof gayri-tabiiy kuchlar, turli maxluk va arvoxlarga bilan tula. Avstraliyani odatda totemizmning vatani deydilar.
Markaziy Avstraliyada afsonaviy ajdodlarning arvoxlari mukaddas buyumlarga kuchirilgan. Bunday buyumlar odatda sexrli belgilar chizilgan taxtacha – churingidan iborat bulib, uni maxsus joyga yashirganlar. Xar bir gurux uzining churingisi yashiringan mukaddas joyga ega bulgan. Usha yerda yilda bir marta maxsus marosim (intichiuma) utkazilgan.
Avstraliyaliklar orasida turli sexrgarlik, duoguylik, ziyon yetkazish magiyasi juda keng tarkalgan. Dushman kabilalar turli duolar bilan ziyon yetakaza bilish kobiliyatiga ega deb xisoblaganlar.Sexrgarlik bilan birovni sovutish yoki maftun kilish, yomgir yogdirish, davolash kasbini egallagan maxsus folbin va duoxonlar shugullangan.Ular jonning narigi dunyoda yashashiga ishonganlar. Ularning diniy e'tikodida xukmron yoki karam bulish tushunchalari yuk. Uz totemlariga itoat kilib tiz chukmaganlar. Chunki totem yakin karindosh va teng xukukli xisoblaganlar.
Avstraliyada xalk ogzaki ijodi dastlab rivoyatlar, afsona va ertaklar, ashula va rakslarda namoyon bulgan. Kuylari juda oddiy, musika asboblari esa nixoyatda kam bulgan.Musika kuylari odatda rakslarga jur buladi. Ularning rakslari kupincha jamoa mazmunida bulib, turli ma'noni tasvirlaydi. Ayrimlari totem bilan boglik drammatik afsonalarni ifodalaydi. Barcha uzaro uchrashuvlar, bayram va marosimlarda raks ijro etilgan.
Uziga xos tasviriy san'at xam turli ijtimoiy va diniy extiyojlarga buysindirilgan. Unda ayrim oddiy, realistik tasavvurlar bilan birgalikda, xar xil shartli belgilar – chizik, nukta, doira kabilar totemistik tasavvurlarni ifodalagan. Turli nakshlar va ornamentlar kurollarga, marosimlarda kishi badaniga, sirli belgilar esa churingi va boshka diniy belgilarga, koya va toshlarga yasalgan. Tasmaniyaliklar xam bezaklarni va badan buyashni bilganlar. Ular ayrim kasallik va yaralarni davolash yullarini bilgan. Maxsus tayyorlangan dorilarni xam, usimlikdan kaynatilgan va kuritilgan xoldagi dorilarni xam ishlatganlar. Kon okishni tuxtatish, singan joyni tuzatish kabi xirurgiya usullarini bilganlar.
Avstraliyaliklar uz vatanining botanika va zoologiyasini yetarli ravishda egallab, xar bir xayvon va usimlikka nom berganlar. Utkir kuzatuvchilik va tevarak atrofni, tabiatni chukur urganish natijasida avstraliyalik va tasmaniyaliklar ishlab chikarishga, odam sogligi va rivojiga zarur bulgan dastlabki oddiy ijobiy bilimlarni egallagnalar.
5 kit'aga to XVII1 asrning oxirlarigacha yevropaliklar oyok bosmagan. Kit'a aslida XU1 asrda ma'lum bulsada, uni mustamlaka kilish 1770 yillardan boshlanadi. Mashxur ingliz sayyoxi Jeyms Kuk kit'ani ikkinchi marta kashf kilgan. Bu yer dastlab Angliya josuslarini surgun kiladigan joyga aylangan. X1X asrning urtalarida kit'ada oltin topilgandan keyin erkin “ok tanlilar” kuplab kela boshlaydilar. Tasmaniyada yevropaliklar birinchi marta 1803 yilda paydo bula boshlaganlar. Kelgindi mustamlakachilar bilan tub axoli orasida jiddiy tuknashuvlar bulgan. Chunki yevropaliklar ovga boy yerlarni egallab maxalliy axolini xaydab chikara boshlaganlar. Karshilik kilganlarni kirganlar. Shunday kilib, kiska muddat ichida asosan Britaniya va Irlandiyadan kelgan mustamlakachilar tub axolining eng serunum, tirikchiligi uchun zarur bulgan yerlarni tortib olib, uzlarini ulkaning suvsiz va changalzor ichki kismiga sikib chikarib, ularni tabiiy kirginga xukm kilganlar. Tasmaniyaning tub axolisi 1870 yillarga kelib butunlay kirilib ketgan. Xozir Avstraliyada aborigenlar soni 150 mingga xam yetmaydi.
Xozirgi axoli Angliya, shotlandiya va Irlandiyadan kelganlarning avlodlaridir. Mamlakatning iktisodiy mavkei yirik industrial – agrar mazmunga ega. Unda zamonaviy sanoatning barcha muxim soxalari, jumladan, elektro texnika, ximiya, metallurgiya, mashinasozlik, rivojlangan kishlok xujaligi, ayniksa chorvachilik va x.k.lar mavjud.
5 kit'a xar xil kazilma boyliklarga ega. Eng yukori sifatli jun ishlab chikarishda va eksport kilishda Avstraliya dunyoda birinchi urinni egallaydi.

Download 65.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling