Avtobuslarda tashishning nozimlik boshqaruvi
Download 119 Kb.
|
Avtomobil
- Bu sahifa navigatsiya:
- Guruh Shahar aholisi
AVTOBUS VA TAKSILAR HARAKATINING NOZIMLIK BOSHQARUVI 4.1. AVTOBUSLARDA TASHISHNING NOZIMLIK BOSHQARUVI Avtobus ishining nozimlik boshqaruvi Avtobus harakatini samarali boshqarishga yo‘nalish- larda nozimlik boshqaruvi talablariga rioya qilish orqali erishiladi. Nozimlashtirish - bu avtobuslar harakatini bir mar- kazdan boshqarish demakdir. Nozimlik xizmati quyidagilami o‘z ichiga oladi: -. avtobusning harakat yo‘nalishi jadvalida belgilan- gan tartibga to‘g‘ri kelishini nazorat qilish; avtobus yo‘nalishlarida yo‘lovchilarga xizmat qilish sifati va holatini nazorat qilish; avtobusning harakat yo‘nalish jadvalida belgilan- gandan farq qilgan holatida harakat yo‘nalishni qayta tik- lash; yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va avtobuslardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida avtobuslar harakatiga rahbarlik qilish. Nozimlik xizmatining asosiy vazifalaridan biri shahar avtobus yo‘nalishlarida harakat doimiyligini ta’minlash- dan iborat. Tashish rejasining o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash uchun yo‘nalishda avtobuslar harakatini muntazam kuza- tish va rahbarlik qilish kerak. Avtobuslar harakatini kuzatish va nazorat qilish yo‘nalishlar bo‘yicha alohida amalga oshiriladi. Avtobuslar harakatini markazdan boshqarilganda qa- bul qilingan qarorlar yo‘lovchilarga yaxshi xizmat ko‘r- satish umumiy vazifalaridan kelib chiqqan holda samarali va texnik asoslangan bo‘ladi. Nozimlik boshqaruvining muhim masalalaridan biri avtobuslar harakatini nazorat qilish va muntazamligini ta’minlash hisoblanadi. 2. Avtobuslar harakatining nozimlik boshqaruvi tizimi Nozimlik xizmati mahalliy sharoitning, transport tar- mog‘i va yo‘nalish tizimining rivojlanganligini hisobga olib belgilanadi. Nozimlik xizmati tizimi transport turlari bir kun safarga chiqadigan avtobuslar soni va transport turlari bo‘yicha tashish hajmini ham hisobga oladi. Nozimlik xizmati tizimida ishlovchilar soni aloqa vo- sitalarining rivojlanganligiga, qabul qilinadigan ma’lu- motlar hajmiga va ulami qayta ishlash va tahlil qilish usu- liga bog‘liq bo‘ladi. Avtobus transportida nozimlik boshqaruvi tizimi avto- bus saroyi tarkibi, avtobus harakatining jadalligi va yo‘lovchi tashish hajmiga bog‘liq bo‘lmasdan, barcha shaharlar uchun yagonadir. Avtobus saroyining quwati va yo‘lovchi tashish hajmiga qarab nozimlik tizimining tashkiliy tarkibigina o‘z- garadi, xolos. Yo‘lovchi avtomobil transportida harakatning nozimlik boshqaruvi quyidagi qonunlar asosida amalga oshiri- ladi: Nozimlashtirish markazlashgan boshqaruvni inkor qiladi. U faqat markazlashgan boshqaruv tizimidan ibo- ratdir. Nozimlik tizimi oldindan ishlab chiqilgan va tasdiq- langan harakat rejasi asosida boshqariladi va u o‘z ichiga faqat harakatni nazorat qilishni, sozlashni va boshqarishni oladi. Nozimlik boshqaruvi yuqori transport tashkiloti to- monidan amalga oshiriladi. Nozimlik xizmati transport boshqarmasi tarkibida tashkil qilinadi. Nozimlik boshqaruvi tashkil qilish zaruriyatiga asos- lanadi va markaziy nozimlik bosh bekati tamoyili asosida tashkil qilinadi. Nozimlik boshqaruv apparati ma’lumotlami oraliq bekatlardan qabul qiladi va avtobus harakatini boshqa- radi. Avtobuslar harakatiga nozimlik orqali boshqaruv tizimining muhim tashkiliy qismlari quyidagilar: Nozimlik xizmati tarkibi barcha bo‘g‘inlarda yagona rahbarlikni mustahkamlashi, ishdagi tezkorlikni, aniqlikni, tashabbuskorlikni, nozimlik apparati huquqlari va xizmat vazifalarini qattiq chegaralanishini ta’minlashi kerak. Nozimlik xizmati ijro va boshqaruv apparatlaridan tashkil topadi. Boshqaruv apparati markaziy nozimlik bosh bekati xodimlarini o‘z ichiga oladi va bosh katta navbatchi nozirlari, navbatchi yo‘nalish nozirlaridan tashkil topadi. Ijro nozimlik apparati o‘z tarkibiga oxirgi (oraliq) be- katlardagi va harakatdagi postlar yo‘nalishi nozimlarini oladi. Nozimlik boshqaruv apparatiga navbatchi yo‘nalish nozimlik apparati va avtosaroy nozimlari bo‘ysu- nadi. Nozimlik xizmati ishiga umumiy rahbarlik nozimlik bo ‘ limi boshlig‘i (markaziy nozimlik bosh bekati boshlig‘ i) tomonidan amalga oshiriladi. Bevosita rahbarlikni harakatga mas’ul bo‘lgan bosh yoki katta nozim bajaradi. Nozimlik xizmati tashkiliy tarkibi shahardagi avtobus saroylari soniga, harakatlanayotgan avtobuslar soniga, yo‘lovchi tashish hajmiga, yo‘nalishlar soniga va avtobuslar harakati chastotasiga qarab 5 ta guruhga ajratiladi: Guruh Shahar aholisi 50 ming kishigacha. 50-100 ming kishigacha. 100-250 ming kishigacha. 250-500 ming kishigacha. 500-1 mln kishigacha. Nozimlik xizmati viloyat, avtonom respublika va res- publika markazida yo‘lovchi avtotransport korxonalari so- niga bog‘liq bo‘lmasdan, transport uyushmalari tarkibida tashkil qilinadi. 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining transport sohasida boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 2001-yil 5-iyun 245-sonli hamda Toshkent shahar va viloyat hokimlarining qarorlari bilan Toshkent shahridagi va viloyatlardagi transport aksionerlik jamiyatlari birlash- malari «Avtomobillarda yuk va yo‘lovchi tashish uyush- malari»ga aylantirildi. Ular bevosita Toshkent shahar va viloyat hokimligi qoshidagi qurilish transport bo‘limlari boshqaruviga o‘tkazildi. Avtobuslar harakatini bevosita smena katta nozimi boshqaradi. U o‘z smenasidagi yo‘nalish nozimlari guruhi bilan birgalikda yo‘lovchi tashish holati va sifatiga, avtobuslar harakatining muntazamligiga hamda avtobuslardan yo‘nalishlarda samarali foydalanilishiga javobgardir. Yo‘nalish nozimlari yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini va avtobuslar harakatining muntazamligini nazorat qiladi. Avtobuslar harakati jadvaldagidan farq qilgan holat- larda yo‘nalish nozimlari harakatni sozlash choralarini ko‘radilar. 3. Saroy ichi va yo‘nalish nozimligi Nozimlik tizimi avtobuslami safarga chiqarishga tay- yorlash va chiqarishni tashkil qilish, yo‘nalishlarda hara- katni boshqarish va o‘z vaqtida saroyga kelishini ta’min- 11-jadval 28-rasm. Avtotransport navbatchi nozimi. 131 lash bilan bog‘liq bo‘lgan barcha faoliyatlar majmuasini o‘z ichiga oladi. Avtobuslar harakatini nozimlik boshqaruvi saroy ichi va yo‘nalishi nozimligiga ajratiladi. Nozimlik hisoboti tahlili ma’lumotlari asosida nozimlik xizmati harakatini tashkil qilish rejasini takomillash- tirish bo‘yicha kerakli tavsiyalami kiritadi. Ushbu tav- siyalar nozimlik yig‘ilishlarida muhokama qilinadi.ds Download 119 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling