** Boshlang`ich to'lov - 10% dan;
** - qishloq joylarida – kavrtira qiymatining 10%dan kam bo’lmagan miqdorda;
** - shaharlarda – kavrtira qiymatining 20 %dan kam bo’lmagan miqdordа
Ma'lumot uchun: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini yanada kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" 2020 yil 1 maydagi PQ-4701-sonli qarori asosida:
2020 yilning 1 mayidan 2022 yilning 1 yanvariga qadar jismoniy shaxslarga xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan tayyor holda topshirish shartisiz (pardoz ishlarini amalga oshirmasdan) qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish ipoteka kreditlarini ajratishga ruxsat berildi;
Xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan qurib bitkazilgan kvartiralarni shuningdek, tayyor holda topshirish shartisiz (pardoz ishlarini amalga oshirmasdan) qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun bir qarz oluvchiga ajratilgan ipoteka kreditlarining eng ko’p miqdorlari:
Qishloq va shaharlarda:
ikki xonali kvartiralar uchun - 240 mln.so'mgacha;
uch yoki undan ko’p xonali kvartiralar uchun - 320 mln. so'mgacha;
Toshkent shahrida:
ikki xonali kvartiralar uchun - 264 mln. so'mgacha;
uch yoki undan ko’p xonali kvartiralar uchun - 352 mln.so'mgacha o’rnatildi.
Ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish maqsadi uchunipoteka kreditlari*:
Muddati -10 yilgacha;
Boshlangʼich badal - turar-joy qiymatining 25 foizidan kam boʼlmagan miqdorda;
Foiz stavka - yillik 23 foiz;
Toʼlov shakli - imtiyozli davr qoʼllanilmagan holda, keyingi oydan boshlab har oy differentsial usulda (kamayib borish tartibida);
Do'stlaringiz bilan baham: |