Avtokreditlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga mamlakatimizda ishlab chiqarilgan avtotransport vositalarini sotib olish uchun quyidagi shartlar asosida taqdim etiladi


Download 82 Kb.
bet1/6
Sana10.10.2023
Hajmi82 Kb.
#1696966
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Asaka Bank kreditlar


Avtokreditlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga mamlakatimizda ishlab chiqarilgan avtotransport vositalarini sotib olish uchun quyidagi shartlar asosida taqdim etiladi:
• Kredit muddati — muddatini uzaytirish huquqisiz 3 yilgacha bo‘lgan muddatga;
• Kredit summasi — Avtotransport vositasining 100% miqdorida;
• Boshlang‘ich to‘lov – avtomashina qiymatining 30%dan kam bo‘lmagan miqdorda;
• Asosiy qarzni qaytarish tartibi — 3 oylik imtiyozli davr tugagandan so‘ng, har oy teng ulushlarda;
• Foiz stavkasi:
- 23% yillik – avtomashina qiymatining 30%dan kam bo‘lmagan miqdorda boshlang‘ich to‘lov bilan;
• Kreditning garov ta’minoti:
- kredit hisobiga sotib olinayotgan avtotransport vositasi garovi;
- uchinchi shaxs kafilligi;
- avtomashina yetkazib berilib belgilangan tartibda garovga taqdim etilgunga qadar sug‘urta kompaniyasining kredit qaytmasligi hatari sug‘urta polisi;
• Zarur hujjatlar:
- arizachi hamda kafil shaxsning pasporti;
- arizachi hamda kafil shaxsning oxirgi 6 oy uchun daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma. Daromadlar toʼgʼrisidagi maʼlumotnoma qarz oluvchi va kafilning xohishiga koʼra АT “Xalq” bankining jamgʼarib boriladigan pensiya taʼminoti tizimi maʼlumotlar bazasidan Jismoniy shaxslar kreditlari bilan ishlash boʼlimi/sektori xodimi tomonidan shakllantirilishi mumkin.
- avtotransport vositasini sotib olish uchun shartnoma
Iste’mol krediti O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga yashash joyidagi "Asaka" bankining filiallari tomonidan quyidagi shartlar asosida taqdim etiladi:
1. Kredit miqdori — bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravarigacha
2. Kreditning maqsadi — mamlakatimizda ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlar (xizmat)lar xaridi uchun ajratiladi, jumladan:

  • Uy jihozlari, yumshoq va boshqa mebellar;

  • Kompyuter, radio va tele-aparaturalar;

  • To’y va yubiley marosimlarini o’tkazishga;

  • O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan shaxsiy avtomobillarni ta’mirlashga;

  • Mamlakatimizda joylashgan turli dam olish maskanlariga yo’llanmalar olishga.

  • Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan avtoulovlarni ta'mirlash uchun;

  • O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga turizm sohasida faoliyat ko'rsatish bo'yicha litsenziyaga ega bo'lgan sub'ektlardan O'zbekiston Respublikasi bo'ylab sayyohlik turlarini sotib olish

  • Kredit mablag’i- ishlab chiqaruvchi, xizmat ko’rsatuvchi yoki uni sotuvchi tashkilotning bankdagi hisob varag’iga pul mablag’larini o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi.

3. Kreditning muddati 3 yilgacha;
4. Kredit ustama foizi - yillik 23 foiz miqdorida, O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga turizm sayyohlik turlarini sotib olish uchun O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasi doirasida o'rnatiladi;
b) Kredit ta’minoti — 3-shaxs kafilligi yoki mulk garovi.
5. Kredit olish uchun qarz oluvchi quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • pasport, muddatli xizmatni o'tayotgan harbiy xizmatchilar uchun harbiy xizmatchining harbiy bileti yoki guvohnomasi;

  • Ish joyidan oxirgi 6 oy uchun ish haqi ko'rsatilgan ma'lumotnoma yoki o'zga daromad turini tasdiqlovchi boshqa hujjat/ Daromadlar toʼgʼrisidagi maʼlumotnoma qarz oluvchi va kafilning xohishiga koʼra АT “Xalq” bankining jamgʼarib boriladigan pensiya taʼminoti tizimi maʼlumotlar bazasidan Jismoniy shaxslar kreditlari bilan ishlash boʼlimi/sektori xodimi tomonidan shakllantirilishi mumkin.

  • Savdo tashkiloti bilan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi (hisob-shartnoma);

Fuqaro tomonidan isteʼmol krediti hisobiga sotib olinayotgan umumtaʼlim maktablari oʼquvchilari uchun zamonaviy maktab formalari harid qilishga, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari aʼzolariga (koʼp qavatli uylardagi xonadon egalariga) ikki konturli isitish uskunalarini sotib olish va oʼrnatishga, Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolariga turizm sohasida faoliyat koʼrsatish boʼyicha tegishli litsenziyaga ega boʼlgan subʼektlardan Oʼzbekiston Respublikasi boʼylab sayyoxlik turlarini sotib olishga hamda “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloqlardagi aholiga uy-joyini taʼmirlash uchun kredit foizlarini har oyda toʼlab borish sharti bilan - Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasi doirasida oʼrnatiladi.



Download 82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling