Davlat ko’magi ostidagi imtiyozli ipoteka kreditlari
Ushbu imtiyozli ipoteka "Uzshahar qurilish invest" IK MChJ ishtirokida shaharlarda va "Qishloq qurilish invest" IK MChJ ishtirokida qishloq joylarda barpo etiladigan uylardagi kvartiralarni (uy-joylar) sotib olish uchun tadbiq etiladi.
Kredit summasi – kvartiraning joylashgan qavatiga qarab, lekin oldi-sotdi shartnomasida ko'rsatilgan miqdorning 90% dan oshmasligi kerak;
*Foiz stavkasi: - yillik 7% dan;
*dastlabki 5 yil davomida har yili foiz stavkasi qat’iy belgilangan 7 foizdan O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir me’yorda oshib boradigan stavkada va keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida belgilanadi;
**Boshlang`ich to'lov - 10%dan;
** - 4 qavatli ko'p kvartirali (2 va 3 xonali) turar-joy binolari uchun - 10%;
- ayrim toifadagi fuqarolar uchun qurilayotgan 5 qavatli arzon ko'p qavatli (2 va 3 xonali) uylar uchun - 25%;
Kredit muddati - 20 yilgacha;
Imtiyozli davri - 1 yil.
Bozor tamoyillari asosida ipoteka kreditlari
Ushbu ipoteka kreditlari shaharlar va qishloq joylarda xususiy pudratchilar tomonidan qurilayotgan (barpo etiladigan) uylardagi kvartiralarni (uy-joylar) sotib olish uchun tadbiq etiladi.
Kredit summasi – uy-joy qiymatining (uy-joyning hisoblangan qiymati) 90 %dan oshmaydigan miqdorda;
* Uy-joyning hisoblangan qiymati har yili Moliya vazirligi tomonidan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’alnikni qisqartirish vazirligi hamda Qurilish vazirligi bilan birgalikda kvartira 1 kvadrat metrining tegishli hududdagi o'rtacha bozor qiymati hamda ikki va uch xonali kvartiralar maydonining eng kam me’yorlarini inobatga olgan holda belgilanadi.
Foiz stavkasi - bozor tamoyilllari asosida. (Bugungi kunda: "Asaka" bank kredit mablag'lari hisobidan qurilgan va qurilayotgan xonadonlar uchun, qishloq hududlarida - yillik 16%, shahar hududlarida - yillik 17%, Toshkent shahri uchun - yillik 19%. Boshqa xonadonlar uchun qishloq hududlarida - yillik 18%, shahar hududlarida - yillik 19% , Toshkent shahri uchun - yillik 19% miqdorida);
Do'stlaringiz bilan baham: |