Avtomagistrallar haqida umumiy ma’lumot Avtomagistral
Download 0.96 Mb.
|
Avtomagistrallar haqida umumiy ma’lumot Avtomagistrallarda hara
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avtomagistral
- Avtomagistrallarda harakatlanish qoidalari.
Avtomagistrallar haqida umumiy ma’lumot Avtomagistral (avto... va lot. magistralus – bosh, asosiy) –oʻtkazish qobiliyati yuqori boʻlgan, qarama-qarshi harakat qatorlari oʻrtasida chegara qoʻyilgan, boshqa yoʻllar bilan bevosita kesishmaydigan avtomobil yoʻli. Katta shaharlar, viloyatlararo, shahar doira-sidagi transport qatnoviga moslangan katta yoʻl. Toshkent halqa yoʻli, Toshkent – Samarqand avtomobil yoʻli A. dir (qarang Avtomobil yoʻli). A.larda harakat qatori toʻrttadan kam boʻlmaydi. Kesi-shuvchi A.lar maxsus koʻpriklar va ay-lanma yoʻllar vositasida baland-past qilib oʻtkaziladi. A.larda yonilgʻi quyish stansiyalari, avtomobillarni koʻrikdan oʻtkazadigan va kichik ta’mirlash manzillari boʻladi. Avtomagistral — 5.1. yo‘l belgisi bilan belgilangan, har bir yo‘nalishning qatnov qismlari ajratuvchi bo‘lak bilan ajratilgan (u bo‘lmaganda yo‘l to‘siqlari bilan) hamda boshqa yo‘llar, tramvay va temir yo‘llari, piyoda va velosiped yo‘lkalari bilan bir sathda kesishmaydigan yo‘l. Avtomagistrallarda harakatlanish qoidalari. 121. Avtomagistrallarda quyidagilar taqiqlanadi: piyodalar, uy hayvonlari, ot-aravalar, velosipedlar, mopedlar, traktorlar va o‘zi yurar avtomobillar, texnik tavsifnomasiga yoki holatiga ko‘ra tezligi soatiga 40 kilometrdan kam bo‘lgan transport vositalarining harakatlanishi; ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillariga birinchi va ikkinchi bo‘laklardan boshqa bo‘laklarda harakatlanish; 5.15 yoki 6.11 yo‘l belgilari bilan belgilangan maxsus to‘xtab turish maydonchalaridan boshqa joylarda to‘xtash; ajratuvchi bo‘lakning texnologik uzilish joylariga kirish va qayrilib olish; orqaga harakatlanish; transport vositasini o‘rganish uchun boshqarish. 1 22. Haydovchi qatnov qismida majburiy to‘xtaganda, transport vositasini ushbu Qoidalarning VIII-bobi talablariga muvofiq belgilashi va bunday holatlar uchun mo‘ljallangan bo‘lakka (qatnov qismining chetini bildiruvchi chiziqdan o‘ng tomonga) olib chiqishning barcha choralarini ko‘rishi kerak. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling