Og‘ish prinsipi (yopiq sistemalar)
Yopiq sistemalarda boshqarish qurilmasi kirishiga berilgan ta’sir Uo va chiqish kattaligi u bo‘yicha ta'sirlar beriladi. Bu sistema teskari bogManishga ega bo‘lib, u .=y0 - y farq asosida ishlaydi. Bu prinsip og'ishprinsipi deyiladi.
o'zgarmas tok generatori kuchlanishini stabil ushlab turishga mo'Ijallangan, og'ish prinsipi asosida ishlovchi yopiq sistema ko‘rsatilgan. Chiqish kattaligi Ug bo'yicha signal p-Ug kuchlanish bo‘lgichdan olinadi va berilgan kuchlanish Uber bilan taqqoslanib, boshqarish kuchlanishi Ub ko'rinishida K kuchaytirgichga uzatiladi. Kuchaytirgich chiqishidagi kuchlanish Uq orqali generator kuchlanishi boshqariladi. Og‘ish kattaligi % sistemaning kuchaytirish koeffitsiyentiga bog‘liq va astatik sistema muvozanat rejimida bo'lganda bu kattalik nolga teng bo‘ladi.
Sistemada chiqish kattaligi (boshqariladigan kattalik) doimiy nazorat qilib turiladi va barcha toydiruvchi ta'sirlar bartaraf qilinadi. (3 koeffitsiyenti kuchlanish boigichga ulangan qarshiliklar nisbati sifatida topiladi.
Og‘ish prinsipi avtomatik boshqarish nazariyasida eng ko‘p ishlatiladigan prinsipdir. Hozirgi paytda deyarli barcha avtomatik boshqarish sistemalari yopiq hisoblanadi.
Ochiq va yopiq sistemalami o‘zaro taqqoslash maqsadida generator kuchlanishini doimiy ushlab turish bo'yicha ishlovchi ochiq va yopiq avtomatik boshqarish sistemalarida yuzaga keluvchi kuchlanish tushuvlarini (AUochjq va AUy0pjq) ko‘rib chiqamiz.
grafiklardan ko‘rinadiki, sistema yopiq bo‘lgan holdagi kuchlanish tushuvi
AUyopiq ochiq holdagiga qaraganda (AUochiq) ancha kichik va bu yopiq sistemaning afzalligidan dalolat beradi.
Umumiy holda yopiq sistemalar quyidagi afzalliklarga ega:
• sistema elementlari matematik tavsifiga o‘ta yuqori aniqlik talab qilinmaydi;
• sistema barcha toydiruvchi ta’sirlarga nisbatan sezgir.
Sistemaning kamchiligi katta bo‘lmagan og‘ishni mavjudligi bilan bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |