Avtomatik boshqarish tizimlaridagi tipik elektr sxemalarini ishlashini urganishi va ularni tekshirish
Download 467.61 Kb.
|
2 LABORATORIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Bajarilayotgan ish to
- 3. Ishga tushirish tugmasini blokirovka qilish yordamida boshqarish
- 4.Tajriba qurilmasining qisqacha ta`rifi.
- 5. Ishni bajarish tartibi
- Xisobot tarkibi 1.Ishning nomi, nomeri va ishni bajarishdan maqsad. 2.Qisqacha nazariy ma’lumot. 3.Tekshirilayotgan sxemalarni tahlil qilish. Nazorat savollari
AVTOMATIK BOSHQARISH TIZIMLARIDAGI TIPIK ELEKTR SXEMALARINI ISHLASHINI URGANISHI VA ULARNI TEKSHIRISH 1.Ishni bajarishdan maqsad - ishga tushirish tugmalarini ulash va tekshirish. -ishga tushirish tugmasi («Pusk») o‘z-o‘zini blokirovka qilish holatini tekshirish. -ishga tushirish tugmasi yordamida vaqt relesi ulangan sxemasi ishini tekshirish va sinash. 2. Bajarilayotgan ish to‘g‘risida umumiy ma’lumot Avtomatika soxasidagi qo‘llanadigan elektrik sxemalar bajarilayotgan ishga qarab turli variantlarda yig‘ilishi mumkin. Lekin ish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, amalda qo‘llanadigan ish sxemalari oddiy va boshqarish uchun qulay bo‘lishi kerak. Sxemaning aloxida qismlari yoki ma’lum bir element buzilib qolishi natijasida sxema ishdan to‘xtasa bu holatlarda avtomatik ravishda ulanadigan tipik sxemalardan foydalanish lozim. Shuning uchun bu aloxida qo‘llash mumkin bo‘lgan tipik sxemalar keltiriladi. 3. Ishga tushirish tugmasini blokirovka qilish yordamida boshqarish Ushbu sxema (3.4-rasm) KMI relesi kontaktlari yordamida asinxron dvigatel elektromagnit va boshqa elementlarni ishga tushirish uchun xizmat qiladi. Sxema KMI relesi, SB1 va SB2 boshqarish tugmalari (ishdan to‘xtatish va ishga tushirish kalitlaridan) tashkil topgan. Bu elementlar qo‘l harakati yordamida ishga tushirilganligi sababli tashqi ta‘sir to‘xtatilganda tugmaning kaliti avvalgi o‘z holatiga qaytadi. Misol uchun SB2 kalitini bosish bilan 3-4 zanjir qo‘shiladi, qo‘yib yuborilganda 3-4 ajraladi…. Shunday qilib, KM1 relesining ishga tushirish uchun SB2 kalitini bosib ushlab turishimiz kerak. Amalda ishga tushirish knopkasi SB2 ga parallel holda relesining qo‘shiluvchi kaliti ulanadi. Bu kalit g‘altakdan SB2 kalitiga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘tishini ta‘minlaydi. Bu holatda relening o‘z-o‘zini ta‘minlash holati deb yuritiladi. Shu yerda nima oddiy o‘tkazgichdan foydalanasa nima bo‘ladi, degan savol tug‘ilishi mumkin. Umuman amalda blokirovka qilish qurilmasi operatorni va ta’minlovchi sxema manbaidagi kuchlanish o‘zgarganda himoya qilish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Masalan manbadagi kuchlanish uzilib qoladi deb faraz qilaylik. Xamma qurilma va mexanizmlar ishdan to‘xtadi. Sxemaning blokirovka qilingan KM1 rele g‘altagining kaliti uzilib ishdan to‘xtaydi. Yana sxemada kuchlanish paydo bo‘lsa xech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi, chunki bu holda 3-4 zanjiri uzilgan bo‘lib, uni qayta ishga tushirish uchun operatorning o‘zi SB2 ishga tushirish kalitni (Pusk) bosish lozim. Bunday blokirovka qilinmagan holatlarda kuchlanish berilganda elektr qurilmalar va mexanizmlarr o‘z-o‘zidan ishga tushib, ulanib qoladi. Boshqarish tugmasi orqali ikkita dvigatelni ishga tushirish va ishdan to‘xtatish sxemasi (3.5-rasm) keltirilgan. Sxema KM1 relelesi va P1, P2 elementlardan tashkil topgan. Sxema SB1 va SB2 kalitlari orqali KM1 relesini ishga tushirganda birinchi P1 dvigateli ishga tushadi, P2 dvigatel esa ishdan to‘xtaydi. Manba zanjiriga blokirovka kiritish sxemasi (3.5-rasm) keltirilgan. Vaqt relesi yordamida tuzilgan boshqarish sxemasi (3.6-rasm) ko‘rsatilgan, bu sxema ma‘lum vaqt oralig‘ida ishlaydigan rele apparatini boshqarish uchun xizmat qiladi. Sxema quyidagicha ishlaydi: SB1, SB2 kalitlari yordamida KT1 vaqt relesi ishga tushiriladi. Ishga tushirish kaliti SB2 vaqt relesining KT1 – kaliti orasidan blokirovka qilinadi. Ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng KT-2 kaliti qo‘shilib, KM magnitli ishga tushirgich zanjirni ulaydi. 4.Tajriba qurilmasining qisqacha ta`rifi. Tajriba qurilmasi ta’minlash bloki (3.1-rasm), SB1.SB2. SB3. SB4 boshqarish tugmalari, indikatsiya lampalari o‘rnatilgan doska (3.2-rasm), KM1, KM2, KM3 relelari, KT1 vaqt relesi joylashtirilgam montaj doskadan iborat. 3.1-rasm. Tajriba stendini ta’minlash bloki 3.2-rasm. Boshqarish tugmalari o‘rnatilgan doska 3.3-rasm. Tajriba stendining ko‘rinishi 5. Ishni bajarish tartibi 1.Stendni tarmoqdan ajratishni tekshirish. (O‘chiruvchi element stolning o‘ng tarafida pastga qaratib o‘rnatilgan.). 2.O‘qituvchining ko‘rsatmasi bo‘yicha boshqarish sxemasini yig‘ish va tekshirish. 3.4-rasm. Ishqa tushirish tugmasini blokirovkalash orqali boshqarish sxemasi 3.5-rasm.Ishga tushirish va ishdan to‘xtatish 3.6-rasm. Mаnba zanjiriga blokirovka kiritish sxemasi sxemasi 3 Xisobot tarkibi 1.Ishning nomi, nomeri va ishni bajarishdan maqsad. 2.Qisqacha nazariy ma’lumot. 3.Tekshirilayotgan sxemalarni tahlil qilish. Nazorat savollari 1. Blokirovka kiritilmagan sxema qanday ishlaydi? 2. Blokirovka kiritilgan sxemaning ishlash prinsipi? 3. Vaqt relesi qo‘llanilgan sxemasini tushuntiring. Download 467.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling