Avtomatik rostlagichlar xaqida tushuncha
Download 201 Kb.
|
8-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avtomatik rostlagichlar xaqida tushuncha
- bevosita ta‟sir qiluvchi rostlagich
- Uzlukli ishlovchi
Avtomatik rostlagichlar xaqida tushuncha va ularning turlari Reja: Avtomatik rostlagichlar xaqida tushuncha. Avtomatik rostlagichlar turlari. Proporsional-differinsial rostlagichlar Avtomatik rostlagichlar xaqida tushuncha Avtomatik rostlagichlar sanoatning turli soxalarida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda keng ishlatiladigan texnikaviy vositalar hisoblanadi. Rostlagichlarni klassifikatsiyalash rostlanuvchi miqdorning turi, rostlagichning ish usuli, ishlatiladigan energiya turi, ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organiga kо‗rsatiladigan ta‘sirning xarakteri, rostlagich ishining tavsifnomasi (rostlash qonuni) kabi xususiyatlarga asoslanadi. Rostlanuvchi miqdorning turiga kо‗ra rostlagichlar quyidagilarga bо‗linadi: bosim, sarf, satx, namlik va kabi rostlagichlar. Ishlash usuliga kо‗ra bevosita va bilvosita ta‘sir qiluvchi rostlagichlar mavjud. Ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organini ishga tushirish uchun rostlanuvchi obyektdan olingan energiyaning о‗zi bilan ishlovchi rostlagichlar bevosita ta‟sir qiluvchi rostlagich deb ataladi. Agar ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organini ishga tushirish uchun qо‗shimcha energiya kerak bо‗lsa, bilvosita ta‟sir qiluvchi rostlagichlar ishlatiladi. Foydalaniladigan energiya turiga kо‗ra rostlagichlar elektr, pnevmatik, gidravlik va aralash (elektr-pnevmatik, pnevmogidravlik va xokazo) rostlagichlarga bо‗linadi. Ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organiga kо‗rsatiladigan ta‘sirning xarakteri jihatidan rostlagichlar uzlukli va uzluksiz ishlovchi bо‗ladi. Uzlukli ishlovchi rostlagichlarda ijro etuvchi mexanizmning faqat rostlovchi organi rostlanuvchi miqdorning uzluksiz muayyan qiymatida xarakat qiladi. Rostlanuvchi miqdorning о‗zgarishi va rostlovchi ta‘sir о‗rtasidagi bog‗lanish ( yoki ijro etuvchi mexanizm rostlovchi organining xarakati), ya‘ni rostlash qonuni nazarda tutilgan ish tavsifnomasiga kо‗ra rostlagichlar pozitsion, integral (astatik), proporsional (statik), izodrom (proporsional-integral), proporsionaldifferitsial (oldindan ta‘sir etuvchi statik), proporsional-integral-differinsial (oldindan ta‘sir etuvchi izodrom) bо‗ladi.Rostlanuvchi miqdorni vaqt davomida talab qilingan chegarada saqlab turish jihatidan rostlagichlar stabillovchi, programmali va kuzatuvchi rostlagichlarga bо‗linadi. Stabillovchi rostlagichlar rostlanuvchi miqdorning berilgan qiymatga (ma‘lum darajadagi xato bilan) tenglashishini ta‘minlaydi. Programmali rostlagichlar maxsus programmali topshiriq bergich yordamida rostlanuvchi miqdorning vaqt bо‗yicha avvaldan ma‘lum bо‗lgan programma (qonun) bо‗yicha о‗zgarishini ta‘minlaydi. Bu programma texnologik reglament talablariga muvofiq tuzilgan bо‗ladi. Kuzatuvchi rostlagichlarda rostlanuvchi miqdorning vaqt bо‗yicha о‗zgarishi rostlagich topshiriq bergichga bilvosita ta‘sir qiluvchi boshqa kattalikning о‗zgarishiga mos bо‗ladi. Download 201 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling