Avtomatik rostlagichlar xaqida tushuncha


Avtomatik rostlagichlar turlari


Download 201 Kb.
bet2/4
Sana08.11.2023
Hajmi201 Kb.
#1755687
1   2   3   4
Bog'liq
8-mavzu

Avtomatik rostlagichlar turlari


Proporsional rostlagichlar
Proporsional rostlagichlar deganda rostlovchi organning rostlanuvchi parametri va topshirilgan miqdor orasidagi farqqa nisbatan proporsional siljishi tushuniladi. Rostlanuvchi parametrning vaqt bо‗yicha о‗zgarishi va rostlovchi organning siljishi bir qonun bо‗yicha amalga oshadi. Rostlanuvchi parametrning har bir miqdoriga rostlovchi organning ma‘lum bir holatiga mos keladi.
PR 2.5 proporsional rostlagich. PR 2.5 rostlagich rostlanuvchi parametrni berilgan kattalikda ushlab turish maqsadida chiqishda ijro etuvchi mexanizmga ta‘sir etuvchi uzluksiz signal olish uchun mо‗ljallangan. Asbob ikkilamchi asbobning qо‗l bilan topshiriq bergichi yoki standart pnevmatik signalli boshqa qurilmadan masofadan turib topshiriq oluvchi rostlagichdan iborat (8.1-rasm).
Rostlagich ikkita taqqoslash elementlari 1va 3, drosselli summator 2, quvvat kuchaytirgichi 4, uchiruvchi rele 5, qо‗l bilan topshiriq bergich 6 lardan iborat. Topshiriq bergich va о‗lchov asbobolaridan kelgan Rt va R3 signallar taqqoslash elementi 1 ning membranalariga ta‘sir etadi (manfiy kamera V, musbat kamera B) va teskari aloqa membranalarida havo bosimi hosil qilgan kuch (kamera A) bilan muvozanatlashadi.

11.1-rasm. PR 2.5 proporsional rostlagichning prinsipial sxemasi.


  1. 2-rasm. Proporsional-integral rostlagichning prinsipial sxemasi.


11.3. –rasm. Avvaldan ta‘sir rostlagichi sxemasi – PF-2.1
Taqqoslash elementi 1 ning R1 chiqish bosim о‗tkazuvchanligi  bо‗lgan drosselli summator 2 ning rostlanuvchi drosseli orqali taqqoslash elementi 3 ning a kamerasi-ga boradi, xuddi shu kameraga о‗tkazuvchanligi  bо‗lgan drosselli summator 2 ning о‗zgarmas drosseli orqali Rchiq=RIV chiqish bosimi ham keladi. Taqqoslash elementi 3 ning chiqish bosimi quvvat kuchaytirgichi yordamida kuchaytiriladi hamda ikkinchi taqqoslash elementi bilan manfiy teskari aloqada bо‗ladi. Sistemada hosil bо‗ladigan avtotebranishlarni yо‗qotish maqsadida taqqoslash elementi 3 ga ikkita teskari aloqa kiritilgan: V kameraga manfiy va B kameraga musbat. Sistema muvozanati buzilgan hollarda rо‗y beradigan avtotebranishlar musbat teskari aloqa yо‗liga о‗rnatilgan о‗zgarmas drossel bilan tо‗xtatiladi. Qо‗l bilan boshqarishga о‗tish maqsadida rostlagichni uzish uchun о‗chiruvchi rele 5 dan foydalaniladi. PR2.5 rostlagich PV10.1E, PV10.1P, PV10.2E, PV.2P, PV3.2 tipidagi ikkilamchi asboblar bilan birgalikda ishlaydi.

Download 201 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling