Avtomatik rostlash tizimini hisoblash
Kontrollerlarning tarmoq majmuasi (PLC, NETWORK)
Download 493.19 Kb.
|
obid aka
Kontrollerlarning tarmoq majmuasi (PLC, NETWORK)
Tarmoq DTM lari barcha sanoat tarmoqlaridan ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish uchun juda keng miqyosida qo’llaniladi. Mazkur sinfdagi DTM ning minimal tarkibi quyidagi komponentlarning bo’lishini nazarda tutadi: kontrollerlar to’plash; bir nechta operatorlarning displeyli ishchi stantsiyalari; kontrollerlarni bir-biri bilan va kontrollerlarni ishchi stantsiyalar bilan biriktiruvchi tizimli (sanoat) tarmog’i. Har bir tarmoq majmuidagi kontrollerlar, odatda bir-biridan tez ishlashi, xotira hajmi, zaxiralash bo’yicha imkoniyatlari, atrof muhitning turli xil sharoitlarida ishlash qobiliyati, kirish-chiqish kanallari soni bilan farq qiluvchi bir qator modifikatsiyaga ega. Bu tarmoq majmuasidan turli xil texnologik ob’ektlar uchun foydalanishni yengillashtirishda, chunki kontrollerlarni avtomatlashtirilgan ob’ektning ayrim elementlariga va nazorat xamda boshqarishning turlari vazifalariga moslab yanada aniq tanlab olishga imkon beradi. Displeyli ishchi stantsiyalar (operator pultlari) sifatida deyarli har doim odatdagi yoki sanoatda ishlab chiqarilgan, ko’pincha ikki xildagi klaviaturalar (an’anaviy alfavitli-raqamli va maxsus vazifali) hamda katta ekpanga ega bo’lgan bir yoki bir nechta monitorlar bilan jixozlangan shaxsiy kompyuterlardan foydalaniladi. Sanoat tarmog’i turli xil tuzilishga ega bo’lishi mumkin: umumiy shinali, xalqasmon, yulduzcha, u ko’pincha o’zaro takrorlagich va marshrutizatorlar bilan bog’langan segmentlarga bo’linadi. Xabarlarni uzatishga qat’iy talab qo’yiladi: ular kafolatlangan holda adresatga yetkazib berilishi, yuqori ustuvorlikdagi xabarlar uchun esa, masalan, avariyalar to’g’risida ogohlantiruvchi xabarlar uchun ham xabarlarni uzatishning ko’rsatilgan muddatini ta’minlash lozim. DTM ning bu sinfida fazoning katta sohasida taqsimlangan ob’ektlarni avtomatlashtirish uchun mo’jallangan kontrollerlarning tarmoq majmuasining telemexanik turi ajratib olinadi. O’ziga xos tuzilmaga ega bo’lgan sanoat tarmog’i va alohida fizik (jismoniy) aloqa kanallari (radiokanallar, ajratilgan telefon simlari, tolali kabellar) bir biridan ko’plab o’nlab kilometr masofada turgan ob’ekt uzellarini integratsiyalashga (birlashtirishga) imkon beradi. Kontrollerlar tarmoq majmualarining qurilayotgan sinfi bajarayotgan vazifalarining murakkabligi bo’yicha ham (o’lchashlar, nazorat, hisobga olish, tartibga solish va blokirovka), avtomatlashtirilayotgan ob’ektning hajmi bo’yicha ham (o’lchanayotgan va nazorat qilinayotgan mingta kattalik doirasida) yuqoridan cheklashlarga ega. Ko’pincha tarmoq majmualari mashinasozlik zavodlari tsexlari, neftni qayta ishlovchi, neftkimyosi va kimyo sanoati agregatlari, shuningdek oziq-ovqat sanoati korxonalari tsexlari doirasida qo’llaniladi. Kontrollerlarning telemexanik tarmoq majmualari gaz va neft quvurlarini, elektr tarmoqlarini, transport tizimlarini boshqarish uchun foydalaniladi. Download 493.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling