Avtomatik rostlash tizimlarining strukturaviy sxemasi. Ochiq va berk konturli tizimlarning uzatish funksiyasi va chastotaviy uzatish funksiyalari


Download 1.19 Mb.
bet3/4
Sana06.05.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1434736
1   2   3   4
Bog'liq
12 maruza

Bu erda dvigatel D dan berilayotgan o’zgarmas tezlik bilan aylanayotgan sinxron generator G BO bo’ladi. BO ning chiqish kattaligi, ya’ni generatordan chiqayotgan kuchlanish – uyg’otish chulg’amiga BQ si tomonidan berilayotgan quvvatning kattaligi bilan aniqlanadi. BQ da berilgan dastur bo’yicha uyg’otish chulg’amiga quvvat beriladi, bu esa generatordan chiqayotgan kuchlanish qiymatining avtomatik o’zgarishiga olib keladi. Bunday tizimda xaqiqiy kuchlanish berilgan, masalan, generator yuklamasining o’zgarishi, dvigatelning aylanish tezligi, generator chulg’amlaridagi haroratda sezilarli darajada farq qilishi mumkin. Yopiq ABT ning ikkinchi turi xalaqit beruvchi tashqi ta’sirlar kuchiga asoslanib ishlaydigan avtomatik boshqaruv tizimi yoki boshqacha aytganda avtomatik kompensatsiyalovchi tizim. Bunday tizimlar chiqish kattaligini bir xil saqlash talab qilinadigan joylarda ishlatiladi. Yuklama o’zgaruvchi bo’lganda generator qisqichlarida kuchlanishini stabillovchi tizim bunga misol bo’ladi. Uchinchi turdagi ochiq tizim, ya’ni ham X, ham F ning qiymatlari bo’yicha ishlaydigan tizim ancha to’liq ABT hisoblanadi. Bunda ob’ektni boshqarish X va F kattaliklarning funksiyalari asosida amalga oshiriladi, ya’ni bu tizim oldingi ikki xil ochiq ABT ni o’zida mujassamlashtirgan

Generator kuchllanishini dasturli boshqarish bunga misol bo’lishi mumkin. Xalaqit beruvchi kuchlarni kompensasiyalash prinsipi ochiq ABT ning aniqqigini sezilarli darajada oshiradi. Lekin bu aniqlikni hali yuqori aniqlik deb bo’lmaydi, chunki, birinchidan, tizim ishiga xalaqit beraetgan barcha faktorlarni kompensasiyalab bo’lmaydi, ikkinchidan, BO va BQ ning parametrlari vaqt o’tishi bilan o’zgarib turadi. Shuningdek bunday o’zgarish kompensasiyalash zanjirida ham bo’ladi. Bu o’zgarishlarning barchasi BO dan chiquvchi qiymatni o’zgartirib yuboradi. Shuning uchun ochiq ABT lardan faqatgina yuqori aniqlik talab qilinmaydigan joylarda foydalaniladi. Yopiq ABT larda BQ siga boshqaruv vazifalari haqidagi signal X va BO dan chiquvchi kattalik Y lar beriladi. Endi BQ berilayotgan X ning qiymatiga ko’ra talab qilinadigan Y qiymatini hisoblaydi va BO ning chiqish yo’lidan olingan Y ning haqiqiy qiymati bilan talab qilinadigan qiymatni taqqoslab, BO ga kerakli qiymat uzatadi. Bunday ABT da BQY chiqish yo’lida hosil bo’layotgan barcha chetga chiqishlarni u qanday yuzaga kelishidan qat’iy nazar bartaraf etishga qodir. Bunda BQ BO ning har ikkala tomonini birlashtirib yopiq tizim hosil qiladi va chiqish yo’lidagi qiymatni doim nazorat qilib turadi. Shuning uchun yopiq ABT larni teskari aloqa tizimli, yokichetga chiqishlarga asoslangan boshqaruv tizimli ham deb yuritiladi.


Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling