Bunday tizimlar juda katta aniqlikni ta’minlaydi va ABT larning asosiy qisminitashkil etadi. Shu sifatlariga ko’ra biz faqat yopiqABT larni o’rganamiz. Bundan keyin ABT haqida gap borganda faqat yopiqABT lar nazarda tutiladi. Kombinatsiyalangan ABT lar chetga chiqishlarga asoslangan yopiq ABT va tashqi ta’sirlarni kompensasiyalashga asoalangan ochiq ABT ni o’zida mujassamlashtirgan. Yopiq boshqaruv tizimi bilan kompensasiyalovchi ochiq BT ning birlashtirilishi natijasida yopiq tizimning ishi birmuncha engillashadi, ish jarayoni soddalashadi va aniqlik yanada oshadi. Kombinatsiyalangan ABT larda boshqaruv sifatining oshishi ularda BO va ichki holat haqidagi ma’lumotlardan ko’prok foydalanilishi bilan tushuntiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |