Автоматика асослари ва микропроцессор техникаси


Download 1.23 Mb.
bet28/63
Sana29.01.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1138202
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   63
Bog'liq
avtomatika maruza matni

Murakkab mantiqiy qurilmalarga quyidagilar kiradi: shifrator va deshifrator, kodlarni o‘zgartiruvchi qurilma, sanoqli qurilma, impuls chastotasini bo‘luvchi va impulslarni taqsimlovchi qurilma, triggerlar, registrlar, qo‘shuvchi qurilmalar, xotira qurilmalari.

Triggerlar va ularning turlari


Ko‘pgina raqamli qurilmalar ma’lumotni saqlash va qayta ishlashda bir- birini o‘rnini bosadi ѐki to‘ldiradi. Arifmetik va mantiqiy qurilmalarda ma’lumot saqlashda ko‘proq triggerlardan foydalaniladi.
Trigger – elementar xotira yacheykasi va boshqarish sxemasidan tashkil topgan, elementar xotira yacheykasining kirish qismiga bevosita ta’sir qiluvchi ma’lumotni signallar kombinatsiyasiga o‘zgartiruvchi ikkita barqaror holatli chiqishga ega qurilmadir.
Triggerlar impuls shakllantiruvchilarida, yakka signal generatorlarida, chastota bo‘luvchilarini qurishda, hisoblagichlarda (schetchik), registrlarda, to‘plovchi summatorlarda, boshqarish qurilmalarida keng qo‘llaniladi.
-rasmda triggerning umumiy sxemasi ko‘rsatilgan. x1…xn – ma’lumotlar kiritilishi, s1 …sm – sinxronizatsiya kirishi ѐki taktli kirish, v1 …vk boshqaruvchi kirish, Sy , Ry –o‘rnatilgan kirish, S*R* - elementar xotira yacheykasining ma’lumot kirishi, Q , Q -chiqishlar.

1-rasm


Kommutatsion kirishlar dasturlanadigan universal triggerlarda tashqi birikishlar uchun qo‘llaniladi. 1-rasmda ko‘rsatilgan ba’zi bir kiruvchi signallar triggerlarning real sxealarida mavjud bo‘lmasligi mumkin, oddiy triggerlarda esa boshqarish sxemalari ham bo‘lmasligi mumkin.
Triggerlarning vazifaviy belgilanishi va texnik hujjjatlarda tasvirlanishi qoidaga ko‘ra GOST 2.743.82 ga ko‘ra aniqlanadi.
M’lumotli kirishlar uchun quyidagi belgilanishlar qabul qilingan: S (Set-

moslama) - trigger bo‘linuvchi moslamasini «1» holati uchun kirish ( Q
 1, Q
 0 ), R

(Reset –tashlab yuborish, bekor qilish) trigger bo‘linuvchi moslamasini «0» holati

uchun kirish ( Q
 0 , Q
 1 ), T (Toogle-relaksator)- trigger hisobli kirishi, J (Jerk –

tasodifiy ulanish)
Triggerlar klassifikatsiyasi ularning turli xil aniqlashtiruvchi belgilari bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.
Mantiqiy aloqalarni tashkil etish usuli bo‘yicha bo‘linuvchi moslama holati
«0» ѐki «1» (RS - triggerlar), hisoblovchi kirishli (T - triggerlar), universal bo‘linuvchi moslamaning holati «0» va «1» (JK - trigger), ma’lumotni bitta kirishda qabul qiluvchi (D- trigger), universal moslamali bitta kirishli (DV - trigger), kombinatsiyalashgan (masalan, RST-, JKRS-, DRS- triggerlar va h.k.), murakkab mantiqiy kirishli.
Triggerlar yana quyidagi turlarga bo‘linadi:
Ma’lumotni ѐzib olish usuli bo‘yicha: sinxronlanmaydigan (asinxron, taktlanmaydigan), sinxronlanadigan (sinxron, taktlanadigan),
Sinxronlash usuli bo‘yicha: statik boshqariladigan xotirali, dinamik boshqariladigan xotirali,
Ma’lumotli kirishlar soniga ko‘ra bir kirishli, ikki kirishli va ko‘p kirishli,
Taktli kirishlar soniga ko‘ra: bir taktli, ikki taktli, ko‘p taktli,
CHiqish signali ko‘rinishiga ko‘ra: statik va dinamik (statik triggerlarda chiqish signal barqaro holatlarda vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmaydi),
Ma’lumotni eslab qolish usuli bo‘yicha: xotirani mantiqiy va dinamik tashkil etuvchilari,
Ma’lumotni saqlash usuliga ko‘ra: ma’lumotni aktiv saqlovchi, passsiv saqlovchilarga bo‘linadi.
Triggerlar strukturani tashkil etilishiga ko‘ra to‘g‘ri va dual, o‘zgarmas strukturali va dasturlanuvchi triggerlarga ajratiladi.



Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling