Автоматика асослари ва микропроцессор техникаси


Download 1.23 Mb.
bet26/63
Sana29.01.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1138202
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   63
Bog'liq
avtomatika maruza matni

MA’RUZA № 5




Avtomatikaning raqamli qurilmalari

Reja




  1. Mantiqli signallar va ular ustida bajariladigan asosiy oddiy amallar.

  2. Murakkab mantiqli qurilmalar: SHifrator va deshifrator, kodlarni o‘zgartiruvchi qurilma, sanoqli qurilma, impuls chastotasini bo‘luvchi va impulslarni taqsimlovchi qurilma.

  3. Triggerlar va ularning turlari.

  4. Ketma-ket va parallel ishlovchi registrlar.

  5. Qo‘shuvchi qurilmalar.

  6. Xotira qurilmalari.

Avtomatikaning raqamli qurilmalari


YArimo‘tkazgichli elektronika rivojlanishining zamonaviy bosqichi bir kristall EHM, RISC protsessor, mikroprotsessorli tizimlar, xotira qurilmalari, integral sxemalarning katta to‘plamda ishlab chiqarilishi va keng nomenklaturasi yaratilishi bilan xarakterlanadi. Mantiqiy matritsalar bilan dasturlanadigan matritsali kristallar bazasidagi katta integral sxemalar (KIS) ning buyurtmali bozori sezilarli darajada rivojlanmoqda.


Avtomatika va avtomatlashtirishda raqamli qurilmalarning ahamiyati juda
katta.
Raqamli qurilma – raqamli ma’lumotni qabul qilish, qayta ishlash va
uzatish uchun xizmat qiladigan qurilma hisoblanadi. EHM, kompyuterlar va boshqa avtomatlashtirish qurilmalarining asosiy qurilmalari raqamli qurilmalar hisoblanadi.
Raqamli qurilma elementlari - qurilmani mantiqiy loyihalash va texnik ishlatishda bo‘linadigan kichik vazifaviy qismlaridir. Ushbu kichik vazifaviy qismlar oddiy mantiqiy ѐki ѐrdamchi vazifani bajaradi.
Integral sxemalar, turli xil tranzistorlar va diodlar, rezistorlar, kondensatorlar va induktorlar raqamli qurilma elementlarining komponentlari bo‘lib hisoblanadi.
Raqamli qurilma elementlari qo‘llanilish tartibiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi: mantiqiy, eslab qoluvchi, kuchaytiruvchi-shakllantiruvchi, ѐrdamchi, maxsus qurilmalar.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling