Mikoprotsessor quyidagilar bilan harakterlanadi.
Takt chastotasi. CHastota qanchalik katta bo‘lsa mikroprotsessor tezkorligi shuncha yuqori bo‘ladi. Takt chastotasi impulslari tizimli platada joylashgan generatordan beriladi. Mikroprotsessor takt chastotasi - generatorning 1 sekundda hosil qiladigan impulslar soni.
Razryadlilik, ya’ni bir vaqtda qayta ishlanadigan ikkilik razryadning maksimal soni.
Mikoprotsessor razryadliligi
m / n / k
bilan belgilanadi.
Masalan, i 8088 mikoprotsessor tavsiflanadi.
m / n / k =16|8|20 qiymatlari bilan
Arxitektura mikroprotsessorda arxitektura tushunchasi komandalar tizimi va adreslari usullari, komandalarni berilgan vaqtda bajarilishga mos kelishi, mikroprotsessor tarkibida qo‘shimcha qurilmalarning mavjudligi, uning sxemasi, prinsipi va rejimlari kabi parametrlarni o‘z ichiga oladi.
Mikro va maro arxitektura tushunchalari ajratiladi.
Mikoprotsessorning mikro arxitekturasi – bu mikroprotsessorning apparatli tashkil etilish va mantiqiy qurilmasi, registrlar, boshqaruvchi sxemalar, arifmetik-mantiqiy qurilmalar, xotira qurilmalari va ularni bog‘lab turuvchi axborot magistrallaridir.
Makroarxitektura – bu mikoprotsessorning ish prinsipi va adreslash rejimlari, ma’lumotlarni qayta ishlovchi komanda tizimlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |