7-rasm. To‘g‘ridan-to‘g‘ri adreslash
Registrli adreslash (8-rasm). Bunda (kiruvchi ѐki chiquvchi) operand protsessor ichki registrida joylashgan bo‘ladi. Masalan: komanda quyidagicha bo‘lishi mumkin: biron sonni nolli registrdan birinchi registrga jo‘natilsin. Har ikkala (0 va 1) registrlarning raqamlari jo‘natish komandasi kodi tomonidan aniqlanadi.
Aylanma registrli (aylanma) adreslash. (9-rasm) Bunda protsessorning ichki registrida operandning o‘zi emas, xotiradagi uning adresi joylashgan bo‘ladi. Masalan, komanda quyidagicha bo‘lishi mumkin: nolli registrda joylashgan adresli xotira yacheykasi tozalansin. Bu registr raqami (0) tozalash komandasi kodi tomonidan aniqlanadi.
9-rasm. Aylanma registrli adreslash.
Adreslashning juda ham kam uchraydigan yana ikki xil turi mavjud.
Avtoinkrement adreslash aylanma adreslashga juda yaqin, lekin undan shunday farq bilan ajraladiki,komanda bajarilganidan keyin foydalanilgan registr tashkil etuvchisi bir ѐki ikki birlikka oshadi. Adreslashning bu turi xotirada joylashgan ma’lumotlar massividan kodlarni ketma-ket qayta ishlashda juda qulay bo‘lib hisoblanadi.
Avtodekrement adreslash avtoinkrement adreslash ishiga o‘xshaydi, faqat tanlangan registr tashkil etuvchisi komanda bajarilishi oldidan bir ѐki ikki birlikka kamayadi.
Protsessor so‘zi nima ma’noni bildiradi?
Mikroprotsessorli tizim tushunchasiga ta’rif bering.
Mikroprotsessorli tizimlarning rivojlanish tarixi haqida ma’lumot bering.
Mikroprotsessor asosan qanday qurilmalardan iborat bo‘ladi?
Mikroprotsessorlar qanday tartibda ishlaydi?
SHina, adreslash, komanda formatlari, registrlarga ta’rif bering.
MA’RUZA № 7
Do'stlaringiz bilan baham: |