Автоматика асослари ва микропроцессор техникаси


Download 1.23 Mb.
bet39/63
Sana29.01.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1138202
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   63
Bog'liq
avtomatika maruza matni

Operandlarni adreslash


Protsessor komandalarining katta qismi ma’lumotlar kodlari (operandlar) bilan ishlaydi. Ayrim komandalar kiruvchi operandlarni (bir ѐki ikkita) talab qilsa, boshqalari esa chiquvchi operandlarni (asosan bitta) beradi. Kiruvchi operandlarni boshqacha qilib manba operandlar, chiquvchilarini esa qabul qiluvchi operandlar deb ham atash mumkin (1-jadval). Operandlar kodlarining barchachi
qaerdadir joylashishi kerak. Ularni protsessorlarning ichki registrlarigada joylashtirish mumkin (eng qulay va tezkor variant). Ularni xotira tizimida ham joylashtirish mumkin (eng ko‘p tarqalgan variant), ѐki ularni kiritish-chiqarish qurilmalarida joylashtirish mumkin (eng kam uchraydigan holat). Operandlarning joylashishini aniqlash komanda kodi orqali amalga oshiriladi. Komanda kodlari tomonidan kiruvchi operandni qaerdan olish, chiquvchi operandlarni qaerga joylashtirishda foydalaniladigan bir qator usullar mavjud. Bu usullarga adreslash usullari deyiladi. Tanlangan adreslash usullarining samaradorligi protsessor ishining samaradorligini belgilab beradi.


Adreslash turlari


Turli xildagi protsessorlarda adreslash turlicha bo‘lib ular 4 tadan 16 tagacha bo‘lishi mumkin. Quyida hozirgi kunda aksariyat mikroprotsessorlarda qo‘llaniladigan adreslash usullarining bir nechtasiga to‘xtalib o‘tamiz.
Bevosita adreslash. (6-rasm) Bunda operand (kiruvchi) bevosita komanda kodidan keyin xotirada joylashtiriladi. Odatda operand doimiy (konstanta) shaklida bo‘lib uni biror joyga jo‘natish mumkin, biror narsaga qo‘shish mumkin va hokazo. Masalan komanda quyidagicha bo‘lishi mumkin: 6 sonini protsessor ichki registrida mavjud biror bir elementga qo‘shilsin. Bu son mavjud qo‘shish komandasidan keyin joylashgan dasturdagi adres ichidagi xotirada joylashgan bo‘ladi.

6-rasm. Bevosita adreslash




To‘g‘ridan-to‘g‘ri (absolyut) adreslash. (7-rasm). Bunda operand (kiruvchi ѐki chiquvchi) adres bo‘yicha xotirada joylashgan bo‘ladi. Uning kodi dastur ichida komanda kodidan keyin joylashadi. Masalan komanda quyidagicha bo‘lishi mumkin. 1000000 adresli yacheyka tozalansin. Bu 1000000 adres kodi xotirada tozalash komandasi kodidan keyingi adresda dastur ichida joylashgan bo‘ladi.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling