Registrlar – bu protsessorning ichki xotirasi bo‘lib, maxsus xotira yacheykalari qatori, shuningdek, MPning ichki axborot tashuvchilari sifatida namoѐn bo‘ladi.
Registr ma’lumotlar, sonlar va komandalarni vaqtinchalik saqlovchi qurilma bo‘lib hisoblanadi va arifmetik, mantiiqiy va o‘tish operatsiyalarini engillashtirish mAqsadida qo‘llaniladi. Registrning asosiy elementi bitta ikkilik raqamni (razryadni) saqlashga qodir trigger deb ataluvchi elektron sxemadan iborat bo‘ladi.
Registr boshqarishning umumiy tizimiga belgilangan tartibda bir-biri bilan bog‘langan triggerlar to‘plamidan iborat bo‘ladi.
Bajariladigan operatsiyalar turi bilan farqlanadigan registrlarning bir qancha turi mavjud. Bir qancha muhim registrlar o‘z nomiga ega, masalan:
Summator- har bir operatsiya bajarilishida ishtirok etadigan AMQ registri,
Komanda schetchigi – boshqarish qurilmasi registri tashkil etuvchisi, navbatdagi bajariladigan komanda adresiga mos keluvchi ketma-ket xotira yacheykasidan dasturlarni avtomatik tanlash uchun xizmat qiladi.
Komandalar registri – komandani bajarish uchun zarur bo‘ladigan komanda kodini ma’lum vaqt davomida saqlash uchun boshqarish qurilmasi registri. Uning razryadining bir qismi operatsiya kodini saqlash uchun, qolgan qismi operandlar adreslari kodlarini saqlash uchun ishlatiladi.
Interfeys nima?
Kiritish-chiqarish operatsiyalari jaraѐnini tushuntiring.
Kiritish-chiqarish kontrolleri nima vazifani bajaradi?
Axborot uzatishning qanday rejimlari mavjud?
Xotiraga bevosita murojaatni tushuntiring.
Registr nima?
Registrlarning qanday turlarini bilasiz. Ularga ta’rif bering.
Ma’ruza № 8.
Do'stlaringiz bilan baham: |