Автоматика асослари ва микропроцессор техникаси


,2-rasm. Axborot uzatishni tashkil etish usullari


Download 1.23 Mb.
bet44/63
Sana29.01.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1138202
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   63
Bog'liq
avtomatika maruza matni

7,2-rasm. Axborot uzatishni tashkil etish usullari


a) dasturiy-boshqariluvchi uzatish; b) xotiraga bevosita murojaat (XBM).

Dasturiy boshqariluvchi uzatishda so‘zlarning uzatilishi protsessor registrlari orqali bajariladi va protsessor dasturiga mos keluvchi komandalar bilan amalga oshiriladi.


Ma’lumotlar bloklarini tezkor kiritish-chiqarish va mikroprotsessorlarni kiritish-chiqarish operatsiyalarini boshqarishdan ajratishda xotiraga bevosita murojaat qilishdan foydalaniladi.
Xotiraga bevosita murojaat TXQ va XQ orasidagi ma’lumotlar uzatish va aloqa o‘rnatishning mikroprotsessordan avtonom bo‘lishini ta’minlaydigan ma’lumot almashuv usuli deb ataladi. Xotiraga bevosita murojaat MPT ning umumiy samaradorligi va axborotni kiritish-chiqarish tezligini oshirib ularni real vaqtdagi sistemalarda ishlashga qodirligini bir muncha oshiradi.
Dasturlanuvchi periferiya adapterlarining paydo bo‘lishi periferiya qurilmalarini interfeysga ulanishini ta’minlovchi tizimlarni loyihalashga olib keldi, bunda apparaturani ishlab chiqarish sohasi dasturiy ta’minotni ishlab chiqarish sohasi bilan uyg‘unlashadi.
Umumiy qo‘lllaniladigan unifitsirlangan interfeysli KIS dasturlash hisobiga erishiladigan universal qo‘llanishga ega bo‘ladi.
Dasturlanuvchi periferiya adapterlari qandaydir qo‘shimcha tashqi mantiqiy sxemalarsiz turli periferiya jihozlarining keng to‘plami uchun interfeysli KIS sifatida ishlatilishi mumkin.


Kiritish-chiqarish interfeyslari.


Tizim shinasi – magistralga tashqi qurilmalarning ulanishi kiritish- chiqarish kontrollerlari (KCH interfeyslari) deb ataluvchi elektron sxemalar vositasida amalga oshiriladi. Ular elektr signallari darajasiga mos bo‘ladi, shuningdek mashina ma’lumotlarini qurilma uchun zarur bo‘lgan formatga qayta o‘zgartiradi ѐki teskarisi. Odatda KCH kontrollerlari protsessor bilan birgalikda interfeysli plata ko‘rinishida konstruktiv bajariladi. Kiritish-chiqarish jaraѐnida axborot ikki ko‘rinishda uzatiladi: boshqaruvchi so‘zlar (ma’lumotlar) va xususiy ma’lumotlar ѐki ma’lumot-xabarlar. Protsessorning boshqaruvchi
ma’lumotlari (ular komandali so‘zlar ѐki alomatlar deb ham ataladi), ma’lumotlar uzatish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan harakatlarni amalga oshiradi, masalan qurilmani ishga tushirish, uzish-ajratishni ta’qiqlash va b. Tashqi qurilmalardan uzatiladigan boshqaruvchi ma’lumotlar holat so‘zlari deb ataladi; ularda aniq alomatlar haqidagi axborotlar tashkil topadi, masalan qurilmaning ma’lumotni uzatish uchun tayѐrligi, almashuv jaraѐnida xatolar mavjudligi. Holatlar odatda dekodlangan shaklda namoѐn bo‘ladi – har bir alomat uchun bir bit.
KCH operatsiyalarida protsessor murojaat qiladigan bitlar guruhidan iborat registr KCH portini tashkil etadi. shunga ko‘ra kiritish va chiqarishni amalga oshirishi mumkin bo‘lgan tashqi qurilmaning umumiy dasturiy modeli KCHning to‘rtta registridan iborat bo‘ladi: ma’lumotlarning chiqarish registri (chiqarish porti), ma’lumotlarni kiritish registri (kiritish porti), boshqarish registri va holatlar registri.






Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling