Автоматика асослари ва микропроцессор техникаси
,1-rasm. Ikki shoxchali shoxlanishni amalga oshirish
Download 1.23 Mb.
|
avtomatika maruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Stek xotirasi.
8,1-rasm. Ikki shoxchali shoxlanishni amalga oshirish.O‘tish bajarilgan nuqtaga yana qaytadigan o‘tish komandalari dastur osti dasturlarini ѐki ѐrdamchi dasturlarni bajarishda qo‘llaniladi. Bu komandalar bundan tashqarii dasturosti dasturlarini chaqirish (CALL) komandalari deb ham ataladi. Dastur osti dasturlaridan foydalanish asosiy dastur strukturasini soddalashtirish, uni ѐzish va bajarish uchun birmuncha mantiiqiy, sodda, qulay- engil qilishga imkon beradi. Lekin bir vaqtning o‘zida shuni ham hisobga olish kerakki, tagdasturlarning keng qo‘llanilishi, qoidaga ko‘ra, dastur bajarilish vaqtini oshiradi. Qaytishga ega bo‘lgan hamma o‘tish komandalari shartsiz o‘tishni ko‘zda tutadi (ular hech qanday bayroqchalarni tekshirmaydi). Bunda ular bitta kiritish operandini talab etadi. Bu operandlar yangi adresning absolyut qiymatini va yana adresning joriy qiymati qatorlanadigan aralashishni ham ko‘rsatishi mumkin. Komanda schetchigining joriy qiymati (joriy adres) o‘tish bajarilishi oldidan stekda saqlanadi. Dastur osti dasturini chaqirish nuqtasiga qayta qaytishda maxsus qaytish komandasi qo‘llaniladi. Bu komanda o‘tishlar komandasi adresi qiymatini stekdan bo‘shatadi va uni komanda registr schetchigiga ѐzadi. Stek xotirasi.Stek xotiraning tashkil etilishi operandlarni adressiz berish bilan bajariladi. Stek – avtomatik ѐzish va hisoblashda oxirgi band yacheyka adresi (stek cho‘qqisi) o‘rnatiladigan stek ko‘rsatkichi bilan ta’minlangan ketma-ket raqamlangan xotira yacheykalari va registrlar guruhini o‘zida namoѐn etadi. Steka so‘zni kiritish operatsiyasida so‘z stekning tartib bo‘yicha keyingi bo‘sh yacheykasiga joylashadi, hisoblashda esa oxirgisi bo‘shatiladi. Unga kelgan so‘z «oxirgisi keldi-birinchisi ketdi» (Last In – First Out) tipidagi xizmat ko‘rsatish qoidasini amalga oshiradi. Bu qoida steka murojaat qilishda avtomatik tashkil etiladi, chunki stek bilan operatsiya operandlarni adressiz berish bilan tashkil etiladi. Komanda stek yacheyka adresiga ega bo‘lmaydi, lekin so‘z steka qaerdan uzatilaѐtganligi ѐki qaerga yuklanaѐtganligining xotira yacheykasi adresiga ega bo‘ladi. Stek asosiy xotirada tashkil etiladi. Stek xotiraning so‘nggi baytlarini egallaydi. Stek – bu chiziqli ro‘yxat bo‘lib, unda ѐzuvlar stek cho‘qqisi deb ataladigan stekning bir uchidan tanlanadi, o‘rnatiladi va o‘chiriladi. Bu ѐzuvlarga ruxsat olishni «magazin» prinsipini ta’minlanish amalga oshiradi: «oxirgisi kirdi-birinchisi chiqdi». Stek xotirasining ishlash tartibi quyidagicha (8,2-rasm): A harfi stekka joylashganda, u xotira yacheykasining birinchi bo‘sh yacheykasiga o‘rnashadi. Keyingi ѐziladigan harf oldingisini bir yacheyka tepaga ko‘chiradi va uning o‘rnini egallaydi va hokazo. N kodidan boshlangan 8-kodni ѐzilishi stekni to‘lib ketishiga va A kodi yo‘qolishiga olib keladi. Stekdan so‘zlarning hisoblanishi teskari tartibda ro‘y beradi, ya’ni oxirgi bo‘lib ѐzilgan N kodidan boshlab. Stek to‘lib ketishini qayd etish uchun ixtiѐriy ravishda to‘lib ketish alomatini shakllantirish kerak bo‘ladi. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling