Автоматика асослари ва микропроцессор техникаси


Download 1.23 Mb.
bet49/63
Sana29.01.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1138202
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   63
Bog'liq
avtomatika maruza matni

Arifmetik komandalar:


Arifmetik komandalar operandlar kodini ikkilik sonlar ѐki ikkilik- o‘nlik kodlar ko‘rinishida qarab chiqadi. Bu komandalar 5 asosiy guruhga ajratilishi mumkin:

  • aniq tanlanadigan operatsiya komandalari (qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish, bo‘lish);

  • erkin tanlanadigan operatsiya komandalari (qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish, bo‘lish);

  • tozalash komandalari;

  • inkrement va dekrement komandalari;

  • taqqoslash komandalari.

Aniq tanlanadigan operatsiya komandalari protsessor registrlaridagi ѐki xotiradagi kodlar bilan xudi oddiy ikkilik kodlar bilan ishlanandek ishlaydi. Qo‘shish komandasi (ADD) ikkita kod yig‘indisini hisoblaydi. hisoblaydi. Ayirish komandasi (SUB) ikkita kodning farqini hisoblaydi. Ko‘paytirish komandasi (MUL) ikki kodning oshishini hisoblaydi. Bo‘lish komandasi (DIV) bir kodni ikkinchisiga bo‘lishdagi qismini hisoblaydi, chunki barcha ushbu komandalar belgili sonlar bilan qanday ishlasa, belgisiz sonlar bilan ham shunday ishlaydi.


Erkin tanlanadigan operatsiya komandalari sonlarning tartib bilan va mantissa (odatda bu sonlar xotiraning ikkita ketma-ket yacheykasini egallaydi) bilan ko‘rsatilish formatlaridan foydalaniladi. Zamonaviy protsessorlarda erkin tanlanuvchi komandalar to‘plami faqat to‘rtta arifmetik harakat bilan cheklanib qolmasdan, balki boshqa ko‘pgina murakkab komandalardan ham iborat bo‘ladi (masalan, trigonometrik funksiyalar, logarifmik funksiyalarni hisoblash, shuningdek ovoz va tasvirni qayta ishlashda zarur bo‘lgan murakkab funksiyalar).
Tozalash komandasi (CLR) xotira yacheykasi ѐki registrga ikkinchi kodni ѐzish uchun qo‘llaniladi.
Bu komandalar nolinchi kodni uzatish-ko‘chirish komandalari bilan almashtirishi mumkin, lekin odatda maxsus tozalash komandalari uzatish-jo‘natish komandalaridan qaraganda tezroq bajariladi. Tozalash komandalari ba’zida mantiqiy komandalar guruhi tarkibiga tegishli bo‘ladi, lekin bu bilan ularning asosiy qiymati (mohiyati) o‘zgarmaydi.
Inkrement (bir birlikka oshirish, INC), va dekrement (bir birlikka kamaytirish, DEC) komandalari ham qo‘llanishga juda qulay bo‘ladi. Umumiy prinsipga ko‘ra ularni bir birlik bilan qo‘shish va bir birlik bilan ayirish komandalari bilan almashtirish mumkin, lekin inkrement va dekrement qo‘shish va
ayirishdan ko‘ra tezroq bajariladi. Bu komandalar bir vaqtning o‘zida chiqarish operandi ham bo‘lib hisoblanuvchi bitta kiritish operandini talab etadi.
Taqqoslash komandasi (SMR) ikki kiritish operandlarini taqqoslash uchun qo‘llaniladi. Mohiyatiga ko‘ra bu komanda ushbu ikki operandlarning farqini hisoblaydi, lekin chiqarish operandini shakllantirmasdan, faqatgina bu ayirish natijasiga ko‘ra protsessor holatlar registri (RSW) bitlarini o‘zgartiradi. Taqqoslash komandasidan keyingi komanda (odatda bu o‘tishlar komandasi bo‘ladi) protsessor holatlar registridagi bitlarni tahlil qiladi va ularning mohiyatiga bog‘liq holda harakatni amalga oshiradi. Ba’zi bir protsessorlarda xotirada joylashgan ikki ketma-ket operandlarni zanjiriy taqqoslash komandalari ishlatiladi.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling