Автоматика асослари ва микропроцессор техникаси
Download 1.23 Mb.
|
avtomatika maruza matni
O‘tish komandalari:O‘tish komandalari barcha bo‘lishi mumkin bo‘lgan davrlar, shoxlanishlar, dastur osti dasturlarini chaqrishlar va boshqalarni tashkil etish uchun mo‘ljallangan (ular dastur bajarishi tartibi ketma-ketligini buzadi). Bu komandalar komandalar registr-schetchigiga yangi qiymatni ѐzadi va xudi o‘sha qiymatlar bilan protsessorning keyingi navbatdagi komandasiga emas, balki dastur xotirasidagi boshqa istalgan komandaga o‘tishni chiqaradi. Ba’zi o‘tish komandalari qaysi nuqtada o‘tish bajarilgan bo‘lsa yana o‘shanga qaytishni ko‘rsatadi, ba’zilarida bu holat qaralmaydi. Agar qaytish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, protsessorning joriy parametrlari stekda saqlanadi. Agar qaytish ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, protsessorning joriy parametrlari saqlanmaydi. Qaytishsiz o‘tish komandalari ikki guruhga bo‘linadi: shartsiz o‘tish komandalari; shartli o‘tish komandalari. Bu komandalarni belgilashda Branch (shoxlanish) va Jump (sakrash) buyruqlaridan foydalaniladi. SHartsiz o‘tish komandalari hech nimaga bog‘liq bo‘lmagan holda yangi adresga o‘tishni chaqiradi. Ular ko‘rsatilgan aralashish kattaligiga (oldinga ѐki orqaga) o‘tishini ѐki ko‘rsatilgan xotira adresiga o‘tishni chaqirishi mumkin. Aralashtirish kattaligi ѐki adresning yangi qiymati kiritish operandi sifatida ko‘rsatiladi. SHartli o‘tish komandalari o‘tishlarni har doim ham emas, balki faqat berilgan shartning bajarilishida chaqiradi. Protsessor holatlari registrlaridagi bayroqchalar qiymati odatda bu shartlar sifatida qaraladi. YOki boshqacha aytganda, bayroqchalar qiymatini almashtiruvchi oldingi operatsiya natijasi o‘tish sharti hisoblanadi. Barcha ushbu shartlar 4 tadan 16 tagacha bo‘lishi mumkin. SHartli o‘tish komandalariga bir necha misol keltiramiz: nolga teng bo‘lganda o‘tish; nolga teng bo‘lmaganda o‘tish; qayta to‘ldirish mavjud bo‘lganda o‘tish; qayta to‘ldirish mavjud bo‘lmaganda o‘tish; noldan katta bo‘lganda o‘tish; nolga teng ѐki kichik bo‘lganda o‘tish. Agar o‘tish sharti bajarilsa, komandalar schetchik-registriga yangi qiymat yuklanadi. Agar o‘tish sharti bajarilmasa, komanda schetchigi faqat kengaytiriladi va protsessor komandaning keyingi tartibi bo‘yicha operatsiyani tanlaydi va amalga oshiradi. Bir necha shartli va shartsiz o‘tish komandalarining birgalikda qo‘llanilishi protsessorning istalgan murakkablikdagi shoxchalangan (tarmoqlangan) algoritmlarini bajarish imkonini beradi. Misol uchun 8,1-rasmda ketma-ket birikmali ikkita shoxchaga shakllanish ko‘rsatilgan. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling