Автоматика асослари ва микропроцессор техникаси


Download 1.23 Mb.
bet50/63
Sana29.01.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1138202
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   63
Bog'liq
avtomatika maruza matni

Mantiqiy komandalar:


Mantiqiy komandalar operandlar ustida mantiqiy (bitlar bo‘yicha) operatsiyalarni bajaradi, ular operandlar kodlarini yagona son sifatida emas, balki alohida bitlar to‘plami sifatida qaraydi. SHu xususiyati bilan ular arifmetik komandalardan farq qiladi. Mantiqiy komandalar quyidagi asosiy operatsiyalarni bajaradi:

  • mantiqiy VA mantiqiy YOKI, 2 moduli bo‘yicha qo‘shish (YOKI dan tashqari);

  • operand va bitlarni tekshirish;

  • protsessor holatlar registri (RSW) bitlarini (bayroqcha) o‘rnatish va tozalash.

Mantiqiy operatsiyalar komandalari ikki kiruvchi operandlardan asosiy mantiqiy funksiyalarni bitlar bo‘yicha hisoblash imkonini beradi. Bundan tashqari, VA operatsiyasi (AND) berilgan bitlarni majburiy tozalash uchun foydalaniladi. YOki (OR) operatsiyasi berilgan bitlarni majburiy o‘rnatish uchun, qo‘llaniladi. «YOKI dan tashqarii» (XOR) operatsiyasi berilgan bitlarni inversiyalash uchun foydalaniladi. Komandalar ikkita kiritish operandini talab etadi va bitta chiqarish operandini shakllantiradi.
Siljish komandalari operand kodini o‘ngga (kichik razryad tomoniga) ѐki chapga (katta razryadlar tomoniga) bitlab siljitish imkonini beradi.
Siljish turi (mantiqiy, arifmetik ѐki davriy) katta bit (o‘ngga siljishida) ѐki kichik bitning (chapga siljishda) yangi holati qanday bo‘lishini aniqlaydi, yana shuningdek katta bitning (chapga siljish) va kichik bitning (o‘ngga siljish) oldingi holati qaerdadir saqlanishi ѐki yo‘qligini aniqlaydi.
Davriy siljishlar operand kodi bitlarini doira bo‘yicha siljitishga imkon beradi (o‘ngga siljishida soat strelkasi bo‘yicha, ѐki chapga siljishida soat strelkasiga teskari yo‘nalishda).
Operand va bitlarni tekshirish komandalari protsessor holatlar registrlarini tanlangan bitlar ѐki faqat butun operandlar qiymatlariga bog‘liq ravishda bitlarni o‘rnatish ѐki tozalash uchun qo‘llaniladi. Operandlarni tekshirish komandasi (TST) butun operand kodlarini nolga va belgiga (katta bit qiymatiga) tengligini tekshiradi, u faqat bitta kiritish operandini talab etadi. Bitni tekshirish komandasi (VTT) faqat alohida bitlarni tekshiradi.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling