Mavzu: Avtomatika sxemalari va ularning vazifalari
Reja:
Kirish
Avtomatlashtirish texnik vositalari
Avtomatika elementlari va ularning asosiy ko’rsatkichlari
Avtomatikaning boshqarish sxemalari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Turli jarayonlarni avtomatlashtirishga imkon beruvchi asbob va qurilmalar. Vazifasi: a) texnologiya jarayonidagi parametrlarning o‘zgarishi haqida nazorat signallarini qabul qilish, b) axborotni uzatish, v) axborotni o‘zgartirish va saqlash, uni dasturdagi axborot bilan taqqoslash va buyruq axborotini tuzish (axborotni ishlab chiqish), g) buyruq axborotini tex-nologik jarayonga tatbiq qilish. Nazorat axborotni qabul qilish vositalari (as-boblar, qurilmalar, datchiklar) nazorat qilinuvchi parametr ta’sirini sezuvchi va shu parametrni mexaniq issiqlik, op-tik va elektr parametrlarga aylantirib beruvchi organlardan iborat. Axborotni uzatish vositalari – aloqa liniyalari. Datchiklardan chikadigan signallar aloqa liniyalari orqali uzatiladi. Sig-nallarni uzoq masofaga uzatish uchun datchikdan chiqadigan signallar maxsus o‘zgartirgichlar yordamida uzatishga mos shaklga keltiriladi. Axborotni ishlab chiqish vositalari – registratorlar (qayd qilgichlar), signalni o‘zgartiruvchi qurilmalar, hisoblash jihozlari va mashinalari, boshqarish va taqsimlash qurilmalari, kommutatsiya (o‘zgartirish) uskunalari. Buyruq (komanda) axborotini uzatish vositalari, asosan, nazorat ax-borotni uzatish vositalariga o‘xshaydi. Axborotni texnologiya jarayoniga tatbiq etuvchi qurilmalar – buyruq signalini kuchaytiruvchi, uni ijro etuvchi elementlar va rostlovchi organlardan iborat.
Avtomatika - fan va texnikaning alohida sohasi bo’lib, bu soha avtomatik
boshqarish nazariyasi, avtomatik tizimlar yaratish prinsiplari va bu tizimlarda
qo’llaniladigan texnik vositalar bilan shug’ullanadi. Avtomatika so’zi grekcha
so’zdan olingan bo’lib, o’zi xarakatlanuvchan moslamani anglatadi. Avtomatika fan sifatida 18-asrning ikkinchi yarmida, ya’ni ip-yigiruv, tikuv stanoklari va bug’
mashinalari kabi birinchi murakkab mashina - qurilmalarining paydo bo’lish davrida ishlatila boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |