Kirish. 3 Asosiy qism


Download 0.83 Mb.
bet1/9
Sana05.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#225410
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
datchik



Toshkent-2021



MUNDARIJA:

Kirish.

3

Asosiy qism.

5

I bob.Avtomatika datchiklari.

5

1.1. Datchiklar haqida tushuncha va ularning klassifikatsiyasi.

5

1.2.Datchiklarning asosiy ko’rsatkichlari. Rezistiv datchiklar.

8

II bob. Elektromagnitli va sig’im datchiklari.

10

2.1. Induktiv va transformator datchiklari.

10

2.2.Magnitoelastik datchiklar va Хoll elementi.

13

2.3.Sig’im datchiklari va ularning qo’llanish sohalari.

17

2.4. Suyuqlik datchiklari. Хarorat datchiklari.

19

2.5. Manometrik datchiklar, dilatometrik va bimetallik datchiklar

21

2.6.Тermoqarshiliklar, satx datchiklari va ularning ish prinsiplari.

22

Xulosa.

24

Foydalanilgan adabiyotlar

25

Kirish.

Qishloq va suv xo’jaligidagi ko’plab tarmoqlarda qo’llanilayotgan ilg’or texnologiyalar ishlab chiqarishning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlaridan foydalanishni talab qiladi. Shuning uchun soha bo’yicha tayyorlanayotgan mutaxassislar avtomatikaning texnik vositalari, avtomatik nazorat, avtomatik rostlash, avtomatik boshqaruv tizimlari, operativ xizmat tarmog’i haqida maxsus bilimga ega bo’lishlari zarur.

O’zbekiston Respublikasining «Тa’lim to’g’risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilishning asosini yaratib berdi. Bu esa Oliy ta’lim dargohlarida sifat jihatdan yangi raqobatbardosh milliy kadrlarni tayyorlashda negiz hisoblanadi. Ko’rsatilgan masalalarni hal qilishda Oliy o’quv yurtlarining «Eektroenergetika», «Avtomatlashtirish va boshqarish» va «Qishloq xo’jaligidagini еlektrlashtirish va аvtomatlashtirish» ta’lim yo’nalishlari uchun «Avtomatikaning texnik vositalari» fani kiritilgan.

Avtomatika - fan va texnikaning alohida sohasi bo’lib, bu soha avtomatik boshqarish nazariyasi, avtomatik tizimlar yaratish prinsiplari va bu tizimlarda qo’llaniladigan texnik vositalar bilan shug’ullanadi. Avtomatika so’zi grekcha so’zdan olingan bo’lib, o’zi xarakatlanuvchan moslamani anglatadi. Avtomatika fan sifatida 18-asrning ikkinchi yarmida, ya’ni ip-yigiruv, tikuv stanoklari va bug’ mashinalari kabi birinchi murakkab mashina - qurilmalarining paydo bo’lish davrida ishlatila boshlandi. Тexnika tarixida birinchi ma’lum bo’lgan avtomatik qurilma Polzunov bug’ mashinasi (1765 y.) hisoblanadi. Bu mashina oddiy shamol va gidravlik dvigatellarning o’rniga ishlatilgan va odam ishtirokisiz suvning sathini rostlagan. Avtomatik rostlashning asosiy prinsiplarini ingliz olimi F. Maksvell tomonidan 1868 yilda ishlab chiqildi. Тexnikaning rivojlanishi va odamlarning og’ir qo’l mexnatidan bo’shashiga qaramasdan ish jarayonlari va mehnat qurollarini boshqarish kengayib va murakkablashib bordi. Ayrim holatlarda esa maxsus qo’shimcha elementlarsiz mexanizatsiyalashgan ishlab chiqarishni boshqarish imkoniyatlari murakkablashdi. Bu esa o’z navbatida avtomatikaning muhimligini va uni rivojlantirish kerakligini isbotladi. Avtomatika - mashina texnikasi rivojlanishining yuqori pog’onasi hisoblanadi. Bunda odamlar nafaqat jismoniy mehnatdan, balki mashina, qurilmalar va ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish va ularni boshqarishdan holis bo’ladilar. Avtomatika mexnat unumdorligini oshirish, ish sharoitlarini yaxshilash, jismoniy va aqliy mexnatni bir-biriga yaqinlashtirish kabi ko’plab jarayonlar uchun hizmat qiladi. Bugungi kunda avtomatika alohida fan sifatida o’z yo’nalishlariga ega. Bu fan avtomatik boshqarish tizimlarining nazariyasi va uning tuzilish tamoillari bilan shug’ullanadi. Нozirgi davrda fan texnika taraqqiyoti shunday ilgari surildiki, mavjud texnika va texnologiyalar ishlab chiqarishda yangi, har taraflama zamon talabiga javob beradigan texnik vositalar bilan ta’minlash zaruriyati tug’ildi. Хorijiy mamalakatlardan keltirilayotgan yangi texnika va texnologiyalarni o’zlashtirish esa yuqori bilim va malaka talab etadi.


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling