Kirish. 3 Asosiy qism


Sig’im datchiklari va ularning qo’llanish sohalari


Download 0.83 Mb.
bet5/9
Sana05.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#225410
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
datchik

2.3.Sig’im datchiklari va ularning qo’llanish sohalari.

Sig’im datchiklarida xilma-xil kirish kattaliklarni (chiziqli va burchak xarakatlarni, mexanik kuchlanish, satx va kabilar) sig’im o’zgarilishiga aylantiriladi. Amalda sig’im datchiklari kondensatorlardan yasaladi. O’lchaydigan kattaliklariga qarab sig’im datchiklari (2.10-rasm) yuzasi o’zgaruvchan, oraliq masofasi o’zgaruvchan va dielektrik singdiruvchanligi o’zgaruvchan turlariga bo’linadi.



Тekis kondensatorning sig’imi quyidagi tenglama orqali ifodalanadi: C=ε0εS/δ, (2.13)

bu yerda: ε0=8,85⋅10-12 F/m - vakuumning dielektrik singdiruvchanligi; ε-kondensatorning plastinalararo muhitining dielektrik singdiruvchanligi; S - plastinalarning yuzasi; δ- plastinalararo masofa. Oraliq masofasi o’zgaruvchan datchiklar (2.10, a-rasm) 0,1...0,01 mkm aniqliqda chiziqli xarakatlarni, yuzasi o’zgaruvchan datchiklar (2.10, v-rasm) chiziqli va burchak xarakatlarni nazoratida va dielektrik singdiruvchanligi o’zgaruvchan (2.10, s - rasm) namlik, sath, kimyoviy tarkib kabi kattaliklarni o’lchashda qo’llaniladi. O’lchash aniqligini va sezgirligini oshirish maqsadida sig’im datchiklari ko’priksimon sxemalarga ulanadi. Yuqorida ko’rib chiqilgan prinsip asosida sig’im manometrlari ishlaydi. O’lchash aniqligini va sezgirligini oshirish maqsadida sig’im datchiklari

ko’priksimon sxemalarga ulanadi. Yuqorida ko’rib chiqilgan prinsip asosida sig’im manometrlari ishlaydi. (2.11-rasm). O’lchanayotgan bosim asbobga quvur 1 orqali uzatilib, membrana 2 orqali

qabul qilinadi. Membrana o’z navbatida plastina 3 bilan kondensatorni hosil qiladi. Kondensator sxemaga klemma 4 lar yordamida ulanadi. Bosim ta’sirida membrana egilib plastinaga yaqinlashadi va kondensatorning sig’imini o’zgartiradi. Shunday qilib kondensator sig’imi o’lchanayotgan bosimga proporsionaldir.



Sig’im datchiklarining afzalliklari: soddaligi, ixchamligi, arzonligi va kichik inersionligi. Kamchiliklari: chiqish signalining quvvati pastligi, o’lchov natijalari atrof muhit ko’rsatkichlariga bog’liqligi, ulaydigan simlar va qurilma metall qismlarning sig’imlari turlicha ta’sir qilib, detallarning o’zaro joylashishiga bog’liq.


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling