Avtomatika sxemalari va ularning vazifalari
AVTOMATLASHTIRISH TEXNIK VOSITALARI
Download 249.86 Kb.
|
AVTOMATLASHTIRISH TEXNIK VOSITALARI
Нozirgi davrda xalq xo‘jaligi sohalarini avtomatlashtirish jarayonlarida 3000 dan ortiq fizik kattaliklar va texnologik ko‘rsatkichlarni nazorat qilish kerak bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligini avtomatlashtirishda barcha nazorat qilinadigan kattaliklar va ko‘rsatkichlar asosan besh guruxga bo‘linadi: teploenergetik ko‘rsatkichlar; elektroenergetik ko‘rsatkichlar; mexanik ko‘rsatkichlar; kimyoviy tarkibi va fizikaviy tuzilishi. Teploenergetik ko‘rsatkichlarga: xarorat, bosim, satx va sarf kabi kattaliklar, elektroenergetik ko‘rsatkichlarga: o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok va kuchlanish, aktiv reaktiv va to‘la quvvat, quvvat koeffitsiyenti, chastota, izolatsiya qarshilig, mexanik ko‘rsatkichlar: burchak tezlanish, deformatsiya, kuch, aylanish momentlari, detallar soni, materiallar qattiqligi, tebranish, massa, kimyoviy ko‘rsatkichlar:konsentratsiya, kimyoviy tuzilishi va tarkibi va fizikaviy kattaliklar: namlik, elektr o‘tkazuvchanlik, zichlik, yumshoqlik, yoritilganlik va kabilar kiradi. Nazorat qilinadigan kattaliklar bilan o‘zgartirgichlar va signallarning strukturaviy bog‘lanish sxemasi 1.1- rasmda keltirilgan. Bajariladigan vazifalariga qarab avtomatlashtirishni quyidagilarga ajratish mumkin: avtomatik nazorat, avtomatik ximoya, avtomatik boshqarish, avtomatik rostlash. Avtomatik nazorat o‘z navbatida avtomatik signalizatsiya, avtomatik o‘lchash, avtomatik saralash va avtomatik axborotni yig‘ishga ajratiladi. Avtomatik signalizatsiya xizmatchilarni, texnologik jarayon ko‘rsatkichlari chegaraviy ko‘rsatkichlarga yaqinlashganlik haqida axborot beradi. Avtomatik o‘lchash texnologik jarayonni asosiy ko‘rsatkichlarini maxsus asboblarga uzatib berishga xizmat qiladi. Avtomatik saralash maxsulotni og‘irlik o‘lchamlari, rangi va boshqa fiziko-mexanikaviy xususiyatlariga qarab ajratishga xizmat qiladi. Avtomatik axborotni yig‘ish texnologik jarayon o‘tishi, maxsulotni sifati, soni va boshqa ko‘rsatkichlari xaqida ma‘lumot yig‘ishda xizmat qiladi. Avtomatik ximoya normal va xalokat xolatlarida qo‘llaniladi. Bu holda himoya vositalari jarayonni to‘xtatib yoki avtomatik ravishda ushbu xolatlarni chetlashtirishga xizmat qiladi. Download 249.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling