Avtomatlashgan sistema bank tizimida
Download 1.07 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bank tizimi axborot arxitekturasining asosiy vazifalari
- Foydalanilgan adabiyotlar
- 4. Bank siri to`g`risidagi qonun , Toshkent, 2003y.
Bankning avtomatlashtirilgan axborot boshqaruv tizimining tuzilishi.Company nameReja:
Bank jarayonlarini avtomatlashtirish axborot texnologiyalariAyni damda bank faoliyati samaradorligining zaruriy ko’rsatkichlariga (shartlari) erishishning yagona va birmuncha samarali yo’li masshtabli va adekvat talablar, maqsad hamda masalalarga puxta o’ylangan yangi texnologiyalar kompyuter axborot texnologiyalarini joriy qilinishidir. Hozirgi vaqtda bank faoliyatida intensiv va total yo’naltirilgan elektron usullar nafaqat bank operatsiyalariga (operatsion faoliyat), balki bank faoliyatidagi barcha jarayonlarga (shu jumladan, menedjerlik faoliyatiga ham) axborot texnologiyalarini qo’llash orqali xususiyatlanadi.Bu moliyaviy tranzaktsiyalarni amalga oshirishda tezlik, adaptivlik va geografik tarqalganlik bankning faoliyat yuritishi va ulgurishi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan mezonga aylangan moliya industriyasi texnologik jarayonlarining umumiy intensifikatsiyasi bilan ifodalandi. Davrlar mobaynida shakllantirilgan bank ishi tajribasi uning asosiy funktsiyalarini ta’minlashning maxsus shaklini aniqlab berdi – mijozlarning pul mablag’lari hisobini olish va bu mablag’larni bankda bo’lish vaqti davomida o’z javobgarligiga olish, maxsus hisob ro’yxatini yuritish.Bular mijozlar pul mablag’lari bilan operatsiyalarni amalga oshirish va real vaqt lahzasida bu mablag’lar holatini aks ettirish asoslarini tashkil qiladi. Amaliy jihatdan olganda hisob raqamlari alohida axborot birliklarini o’zida ifoda qiladi. Hozirgi vaqtda bank avtomatlari o’zida bevosita bank tizimiga jamlangan ma’lum darajada oraliq va butun bir biznes natijani aniqlab beruvchi va ustuvorlangan texnologik omillarni (apparatli, dasturiy resurslar va kommunikatsiya vositalarini birlashtirgan) o’zida ifoda qiladi.Avtomatlashgan moliyaviy-iqtisodiy tahlil nuqtai nazaridan bank biznes doirasining (biznes muhit) biznes-aktivi sifatida qaraladi. Avtomatlashgan biznes-aktiv sifatida biznes faoliyat - maqsad va masalalarning o’zgarishiga mos holda sifat va miqdoriy ko’rsatkichlarni, doimiy boshqaruv va holatini nazorat qilish hamda ular tarkibini optimallash,tahrir qilishlar kabi doimiy boshqaruvni talab qiluvchi bank ishlab chiqarish resurslarini, shuningdek qaytarish ko’rsatkichlari va ulardan foydalanish samaradorligini (shu bilan birga investitsiyalarni qaytarish – ROI) baholashni ifodalab beradi. Avtomatlashgan biznes-doira (biznes muhit) sifatida bank operatsiyalarini amalga oshirish shartlarini aniqlab beradi. Bunday yondashuvdagi ko’rib chiqish avtomatlashgan bankdagi biznes jarayonlar bilan o’zaro bog’liqligi, uni biznes jarayonning asosiy tavsiflariga ta’sirini hisobga olishga imkon beradi.Bunday holda avtomatlashgan bank biznes faoliyatini quvvatlovchi va amalga oshiruvchi instrumentariy sifatida emas, balki funktsional va boshqa ko’rsatkichlariga ta’sir qiluvchi (salbiy yoki hamkor), ijobiy harakat ko’rsatishi mumkin bo’lgan tashqi omil sifatida qaraladi. Bank tizimi axborot arxitekturasining asosiy vazifalari:
Foydalanilgan adabiyotlar:1. Banklar va bank faoliyati to`g`risidagi qonun , Toshkent,1996y.2. Markaziy bank to`g`risidagi qonun , Toshkent, 2002y.3. Fuqarolarning davlat pensiya ta`minoti to`g`risidagi qonun , Toshkent, 2007y.4. Bank siri to`g`risidagi qonun , Toshkent, 2003y.5. Valyutani tartibga solish to`g`risidagi qonun, Toshkent, 2003y.6. Davlat budjetining g`azna ijrosi to`g`risidagi qonun , Toshkent, 2007y.Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling