Avtomatlashgan sistema bank tizimida


Download 1.83 Mb.
bet3/4
Sana15.06.2023
Hajmi1.83 Mb.
#1481562
1   2   3   4
Bog'liq
Babajonov Zafar 1

Bankka yangi axborot texnologiyalari joriy qilish vaziyatida bankdagi mavjud axborot texnologiyalarining joriy vaqtdagi holati, qo’llanishi, uni rivojlantirish va foydalanishni aniqlab beruvchi rasmiy holda hujjatlashtirilgan.


Maromiga etkazilgan hujjat nusxalari bankning axborotlashtirish qo’mitasiga taqdim etilishi lozim. Hujjatlarni taqdim etish shakli: qog’oz va umumqabul qilingan formatlardagi (masalan, MS Word) elektron tashuvchilardagi nusxasi majburiydir.

Axborot texnologiyalari o’zida bank texnologiyalari ustidan samarali ijroiy rahbarlik va nazoratkuzatish uchun zarur bo’lgan axborotlarni o’z ichiga olgan xulosalarni ifoda etib, alohida olingan ichki yoki banklararo darajadagi axborot texnologiyalari va tizimlari uchun boshqaruv axborotlarini tarqatish hamda ayirboshlashda sezilarli samaralar berishi lozim.

Yuqorida keltirilgan toifalarni inventarizatsiya qilinayotgan paytdagi ularni holati axborot texnologiyalarida aks ettirilishining muhim sharti bo’lib hisoblanadi. Bu esa, o’z navbatida, bank asosiy biznes maqsadlariga erishishda axborot texnologiyalari qo’llanishi natijalarini tahlil qilish yo’nalishlariga bevosita o’z ta’sirini ko’rsatadi.


Masalan, bankda faoliyat yuritayotgan ATiz/ATlar ko’rib chiqiladigan bo’linsa, u holda investitsiyalarni qaytarilishidan ko’ra ularni ekspluatatsiya qilish bilan bog’liq bo’lgan operatsion harajatlarni tahlil qilishga e’tibor qaratilsa mantiqan to’g’ri bo’ladi.

Avtomatlashgan bankning ichki va tashqi maqsadlari uchun ham birdek foydalanilishi mumkin. Bunda strategik muhim axborotlar (shuningdek tashqi sharoitlar o’zgarishiga sezgir bo’lgan), masalan, kirimlar/chiqimlar, egalik qilish-etkazib berish-sotib olish (vositalar, uskunalar va boshqalar) – keng tashqi ko’rib chiqishlarga mo’ljallangan taqdim etiluvchi, axborot texnologiyalariga tegishli materiallaridan o’chirib tashlanishi lozim degan qoidaga amal qilish kerak.


Download 1.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling