Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari tashkilotni boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi


Ergonomik ta’minot (sharoit) – ish joylariga, axborot modellariga, xodimning ish faoliyatiga nisbatan turli ergonomik talablardan iborat hujjatlar, ularni amalga oshirish usullari to‘plamidir


Download 1.25 Mb.
bet6/7
Sana21.06.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1639840
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot

Ergonomik ta’minot (sharoit) – ish joylariga, axborot modellariga, xodimning ish faoliyatiga nisbatan turli ergonomik talablardan iborat hujjatlar, ularni amalga oshirish usullari to‘plamidir.

Maqsad – xodim ishining yuqori samaradorligini ta’minlash.

Axborot tizimi tuzilmasi

Huquqiy ta’minot – axborot tizimining huquqiy maqomi va uni ishga tushirishni belgilovchi huquqiy me’yorlar majmuidir. Axborotni olish qayta o‘zgartirish va foydalanish tartibi belgilab qo‘yiladi. Huquqiy ta’minotning asosiy maqsadi qonunchilikni mustaxqamlash sanaladi. Huquqiy ta’minot tarkibiga qonunlar, farmoyish, hukumat organlari qarorlari, buyruqlari, yo‘riqnomalari va vazirliklar, idoralar, mahalliy hukumat organlarining boshqa me’yoriy hujjatlari kiradi.

Lingvinistik ta’minot – axborot tizimi xodimlari va texnik, dasturiy va axborot ta’minoti xodimlarining muloqot tili majmui (til vositasi), shuningdek, axborot tizimida foydalaniladigan atamalar majmui.

Axborot tizimi tuzilmasi

Axborot tizimining funksional qismi axborot tizimining vazifa va topshiriqlari bajarilishini ta’minlaydi. Amalda bu yerda tashkilotni boshqarish tizimining modeli saqlanadi. Mazkur tizim doirasida boshqaruv maqsadlarining funksiyalarga, funksiyalarning esa axborot tizimi quyi tizimiga o‘zgarishi ro’y beradi. Quyi tizimlar vazifalarni amalga oshiradi. Ular tizimning biror bir belgisiga ko‘ra ajratib ko‘rsatilgan qismidir. Odatda axborot tizimida funksional qism funksional belgilariga ko‘ra quyi tizimlarga bo‘linadi:

  • boshqaruv darajasi (oliy, o‘rta, quyi);
  • boshqariladigan resurs turi (moddiy, mehnat, moliyaviy va hokazo);
  • qo’llanish sohasi (bank, jamg‘arma bozori va hokazo);
  • boshqaruv ishi va davri.
  • Shuni qayd etish lozimki, avtomatlashtirilgan axborot tizimining funksional qismi tarkibi va mazmuni ma’lum bir ob’ektga bog’liq. Axborot tizimining ta’minlovchi qismi tarkibi va mazmuni turli ob’ektlar uchun bir xilda bo‘ladi.


Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling