Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining ishlash texnologiyasi
Download 37.26 Kb.
|
12 qtisod
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot konturi.
Boshqarish — bu o‗ta muhim funksiya, usiz hech bir tashkilot maqsadga
yo‗naltirilgan faoliyat yurita olmaydi. Boshqarishning maqsadi raqobat kurashida omon qolish, ko‗proq foyda olish, muayyan bozorlarga chiqish va hokazolardir. Boshqarish muayyan bir tashkilotning o‗ziga xos faoliyatiga bog‗liq holda
muvozanatni saqlash, takomillashtirish va samaradorlikka erishishni ta‘minlashga yo‗naltirilgan jarayondir. Boshqarishni amalga oshirish alohida vazifa sanaladi. Uni bajarish uchun tashkilotning ayrim elementlari ixtisoslashadi. Shu bois ham tashkilot doirasida boshqariladigan jarayon (boshqarish obyekti) va boshqaruvchi qism (boshqaruv organi)ni ajratib ko‗rsatish mumkin. Ularning yig‗indisi boshdaruv tizimi sifatida belgilanadi. Boshqariladigan obyekt kirish oqimlarini (masalan, xom-ashyo, materiallar) chiqish mahsulotlariga (tayyor mahsulot) aylantirish bo‗yicha operatsiyalar yig‗indisini bajaradi. Boshqaruvchi qism oldiga qo‗yilgan maqsadga erishish jarayonida boshqariluvchi obyektni tashkil etish uchun zarur bo‗lgan operatsiyalar yig‗indisini bajaradi. Axborot konturi. Boshqaruvchi qism boshqariluvchi jarayonga muayyan ta‘sir ko‗rsatadi. Boshqaruvchi qism boshqaruvni amalga oshirishi uchun unga boshqariladigan jarayonni boshqarish maqsadida aniq holatini qiyoslash talab etiladi, chunki shu bois boshqariladigan jarayon boshqaruvchi qismga ta‘sir ko‗rsatadi. Ikkala qismning bir-biriga o‗zaro ta‘siri axborotni uzatish shaklida amalga oshiriladi. Shu tariqa boshqaruv tizimida doimo yopiq axborot konturi mavjud bo‗ladi. Download 37.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling